Ta'lim nazorati
110K subscribers
4.1K photos
955 videos
457 files
6.1K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15 yillik stajga ega oliy toifali pedagoglarga umrbod oliy toifali degan sertifikat beriladimi?

Bugun, 28-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etildi.

Unda quyidagi savollarga ham javob qaytarildi:

Vazirlar Mahkamasining qarori va MMTV ning ikki qayta bayonotiga koʻra oliy toifam umrbod saqlandi. Menga UMRBOD OLIY TOIFALI degan sertifikat qachon va qay tartibda beriladi?

15 yillik staj va 2022-yil 2-avgustgacha oliy toifada umrbod qolganlarning sertifikatini platformaga joylash masalasi nima bo‘lyapti? Bu toifadagi ustozlarni joylardagi mas`ullar tomonidan attestatsiya jalb etish masalasi ko‘p uchramoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

🖥 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Diqqat

❗️Attestatsiya ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!

2024-yilning 1-yarmida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish istagida boʻlgan pedagoglardan oʻz murojaatlarini 29-fevral kuni soat 24.00 ga qadar yuborish mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Agar hozirgi paytga qadar “murojaatingiz qabul qilindi” degan SMS xabarni olmagan boʻlsangiz shaxsiy kabinetingizga kirib tekshirib koʻrishni tavsiya qilamiz.

Ishchi guruhlar tomonidan sababi koʻrsatilgan boʻlsa, bugun soat 24:00 ga qadar tahrirlash imkoniyatiga egasiz.

Shuningdek, murojaat yuborilgandagi soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlarni ham tekshirib ko’rishni unutmang!

Chunki, malaka (test) sinovlariga kirishda aynan ushbu soʻrovnoma va shaxsingiz tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) talab qilinadi.

Yuqoridagi audioda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Safarali Xamrayev bu haqida batafsil maʼlumot bergan.

Ushbu xabarni attestatsiyada ishtirok etadigan ustozlarga yuborib qoʻying!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Baxtim shul – O‘zbekning Zulfiyasiman!"

Bugun, 1-mart kuni o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 109-yilligi nishonlanadi.

Zulfiyaning betakror isteʼdodi, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi mehnatlari har birimiz uchun ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Videorolik Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan tayyorlangan.

🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/Ar3U0ioVy_M

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 3-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 13:30 dan boshlab (test sinovi 15:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Видео_йўриқнома

🔊 Qadrli kuzatuvchilar!

Ayni damda eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirish bo'yicha ko‘plab savol va murojaatlar kelib tushmoqda.

❗️ Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutaxassislari tomonidan video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

➡️ Mazkur yo‘riqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pedagoglar attestatsiyasi bahorgi taʼtil vaqtida boshlanishini rejalashtirilmoqda

2024-yilning birinchi yarimda oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha onlayn repetitsiyalar 10-mart sanasidan boshlab oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Attestatsiyaning asosiy sinovlari esa mart oyining oxirida, bahorgi taʼtil paytlarida boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Aniq jadval 10-mart sanasiga qadar eʼlon qilib boriladi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Safarali Xamrayev onlayn muloqot davomida ham maʼlumot bergan edi.

Onlayn repetitsiyalar va test sinovlari oʻtkazish jadvali kanalimiz (@uztdi)da eʼlon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Axborot xati .pdf
314.1 KB
Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 25-mart kuni “Natijaga yoʻnaltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabulini eʼlon qiladi.

Qabul 2024-yil 10-martga qadar davom etadi.

Batafsil maʼlumot axborot xatida.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilaridan mart-aprel oylarida sport sinovlari qabul qilinadi

Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida joriy yilning mart-aprel oylarida 10 ming 284 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-18 yoshdagi o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinadi.

Hozirda tibbiy-ko'rikdan o'tgan o'quvchilardan my.sport.uz platformasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish uchun arizalar qabuli boshlangan.

Shoshiling, Siz ham o'zingizning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik, tezlik imkoniyatlaringizni sinovdan o'tkazing, sport sinovlarini topshiring va imtiyozlarga ega bo'ling.

G’oliblar va sinovlarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi: 👉 https://t.iss.one/uztdi/8130

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida ishtirok etish yuzasidan batafsil ma'lumotni Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilaridan olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Oʻqituvchilarning yangi metodikalar boʻyicha malakasini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan brifing

🔹 Shavkat Xoʻjaqulov, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi

📹 Youtube (HD)da ko‘rish: https://youtu.be/0takBS-TJ7g

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ommalashtirish haqida videoyo'riqnoma (1-qism)

📹 Ushbu qismda ommalashtirish haqida umumiy tushunchalar va nizom haqida ma'lumotlar berilgan.

Yangi tartib bo’yicha, metodik ishlar uchun ovoz yig’ish amaliyoti bekor qilindi. Uning o’rniga ommalashtirish.uz platformasiga yuborilgan ishlar Respublika taʼlim markazi va Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim.

❗️Oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.

Metodik ishlar 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashida tasdiqlanishi kerak.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#2qism #videoyoriqnoma

Ommalashtirish haqida videoyo'riqnoma (2-qism)

📹 Ushbu qismda ommalashtirish.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish va Telegram botdan qanday qilib tasdiqlash kodi olish haqida ma’lumot berilgan.

📤 Quyidagi hujjatlar ommalashtirish.uz platformasiga jaylashtiriladi:

– metodik ishiga ijobiy xulosa to‘g‘risida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;
– ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ish (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;
– oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

Metodik ishlar quyidagi bosqichlarda ommalashtiriladi: maktab, tuman (shahar), viloyat miqyosida hamda respublika miqyosida.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida,

66-80 ball bilan viloyat miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.

75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Maktab miqyosida ommalashtirilgan metodik ish uchun sertifikat berilmaydi va maktab miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarori asos hisoblanib, uch yilga amal qiladi.

Tuman, viloyat va respublika miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan kundan boshlab uch yil amal qiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uddaburon” talabgorlar imtihondan chetlatildi

📝 2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonida 25 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

📱 Mazkur raqam boshqa imtihonlardagi qoidabuzarliklar sonidan anchagina ko‘p bo‘lib, ularning barchasi telefon va aloqa vositalari bilan bog‘liq. Jumladan:

12 nafar talabgor imtihon o‘tkaziladigan binoga telefon yoki aloqa vositalarini olib kirishga uringani uchun;

13 nafar talabgor imtihon vaqtida telefon yoki aloqa vositalaridan foydalangani uchun chetlatilgan.

Shuningdek, telegram kanallarda rasmi tarqatilayotgan biologiya fanidan savollar aks etgan 8311323 raqamli test topshiriqlari kitobi Surxondaryo viloyatida imtihon ishtirok etgan talabgorga tegishli bo‘lib, mazkur talabgor ham imtihonda taqiqlangan vositalardan foydalangani aniqlanib, jarayondan chetlatilgan.

📷 Bunda talabgor imtihonga aloqa qurilmasi bilan birga kiyimga maxsus joylashtirilgan mini kamera bilan kirgan bo‘lib, test topshiriqlari kitobi ushbu mini kamera bilan rasmga tushirilgan.

Hurmatli talabgorlar! Turli qing‘ir yo‘llar bilan sertifikatga ega bo‘lishni emas, balki imtihonlarga puxta tayyorlangan holda o‘z bilimingiz bilan sertifikat olishni maqsad qiling.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Tog‘ri universitetni tanlash eng muhim qarorlardan biridir!

🌟 Bugungi kunda O‘zbekistonda 200 dan ortiq universitetlar, 5 mingdan ziyod yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berib kelmoqda.

⌛️ Bunday vaqtda abituriyentlar universitetlarni tubdan o‘rganishi va o‘ziga eng ma’qul ta’lim muassasasini aniqlashi kelajagi uchun juda muhim!

👉 Bu borada mentalaba.uz platformasi abituriyentlar uchun yordam beradi.

🏆 O‘z kelajagingizga befarq bo‘lmang!

Mentalaba.uz abituriyentlar uchun imkoniyatlar portali!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM