⚡️ Test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi
🔰 2024-2025-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi.
✅ Test topshiriqlari soni va baholash mezoni:
▶️ Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:
🔹 har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 33 ball.
1️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:
🔸 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔸 har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
🔸 maksimal ball — 93 ball.
2️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:
🔹 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 63 ball.
📚 Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.
🔗 Ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
✅ 2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.
🇬🇧 Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.
▶️ Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
❕ Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
✅ 2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.
🇬🇧 Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.
▶️ Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sertifikati bor ona tili va adabiyot hamda tarix fani oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlash rejalashtirilmoqda
2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoniga koʻra ushbu fanlar boʻyicha milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarga 20 foiz ustama toʻlab kelinayotgan edi.
Quyida 2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan milliy sertifikatlar imtihonlari muddatlari koʻrsatgan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅ @uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
@Oylikhisoblaydigan_bot — yordamida milliy sertifikat olsangiz, oylik maoshingiz qancha bo‘lishini hoziroq hisoblab ko‘rishingiz mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@Oylikhisoblaydigan_bot — yordamida milliy sertifikat olsangiz, oylik maoshingiz qancha bo‘lishini hoziroq hisoblab ko‘rishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Ta'lim nazorati
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
✅ 2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.…

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi eʼlon qilindi.
Unga koʻra,
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi qoʻshimcha 1 000 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida joriy qilinib, fanlardagi amaliy mashgʻulotlar ulushi 60 foizgacha oshiriladi.
Shuningdek, milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Muhokama ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/93447

⚡️ Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov
📣 Bilimni baholash agentligi 2024-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi.
✅ Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.
2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.
📌 Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
📆 Buning uchun talabgorlar 2024-yil 20-yanvardan 20-fevralga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📣 Bilimni baholash agentligi 2024-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi.
✅ Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.
2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.
📌 Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
📆 Buning uchun talabgorlar 2024-yil 20-yanvardan 20-fevralga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun yangi imkoniyatlar
“Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-49-son, 31.01.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan:
➖nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard soʻmgacha boʻlgan kreditlar boʻyicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi;
➖nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki oʻzining bino va inshootlarida umumiy oʻrta taʼlim faoliyatini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyektlariga 5-yil muddatga ushbu taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;
➖2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslarga oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari binolarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning foyda soligʻini hisoblashda 2-yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

Pedagogning maqomi to’g’risida.pdf
5.7 MB
⚡️Pedagogning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasi ostida boʻladi — Qonun imzolandi
“Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir oʻquv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.
Qonunga koʻra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
➖ pedagogni kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilish;
➖ pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli boʻlmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
➖ pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablagʻ ushlab qolish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Kongratbay Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bundan ilgariroq K.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
Kongratbay Avezimbetovich 2009-2010 va 2017-2019-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida, 2010-2017-yillarda shu universitetda moliyaviy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor bo‘lgan, 2019-yilning mayidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
2019-yil noyabrida esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor etib tayinlangandi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Bundan ilgariroq K.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
Kongratbay Avezimbetovich 2009-2010 va 2017-2019-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida, 2010-2017-yillarda shu universitetda moliyaviy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor bo‘lgan, 2019-yilning mayidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
2019-yil noyabrida esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor etib tayinlangandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Guruh nazoratchilari uchun tanlov bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javob
Bilim va malakalarni baholash agentligi 2024-yilgi test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilgan edi.
Ushbu tanlov yuzasidan Telegram botimiz (@uztdibot) ga ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
Quyida ushbu savollarga javob beramiz.
❇️Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi.
📌 Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
📆 Buning uchun talabgorlar 2024-yil 20-fevralga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
❕ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.
✅ Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan maktab o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Guruh nazoratchisiga test sinovlarida ishtirok etganligi uchun qancha miqdorda va muddatda ish haqi to‘lanadi?
➖Guruh nazoratchisiga test sinovlarida ishtirok etganligi uchun to‘lov miqdori davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Guruh nazoratchilariga ish haqi har bir test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng ikki oy ichida to‘lanadi.
Guruh nazoratchisining test sinovlarida ishtirok etgan davrida doimiy ish joyidagi maoshi saqlanib qolinadimi?
➖Talabgorlar asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida guruh nazoratchiligiga jalb etiladi.
Guruh nazoratchilari bilan qancha muddatga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuziladi?
➖Guruh nazoratchilari bilan xizmat ko‘rsatish shartomasi imzolangan kundan boshlab kalendar yili oxirigacha tuziladi.
Guruh nazoratchisida yashash joyiga yaqinroq bo‘lgan test sinovi o‘tkaziladigan hudud (bino)larni tanlash imkoniyati bormi?
➖Vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqiladi. (Tanlash imkoniyati berilmaydi)
Yil davomida o‘tkaziladigan barcha test sinovlarida ishtirok etish majburiymi?
➖Majburiy emas
Oliy ma’lumotga ega, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan shaxslar guruh nazoratchisi sifatida tanlovda qatnashishi mumkinmi?
➖Mumkin

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga ikki oʻrinbosar tayinlandi
Avvalroq Dilshod Kenjayev va Uzoq Begimqulovlar ishdan olingandi.
Rajabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farhod Esanovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sardor Rajabov tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining, Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Vazirlikdagi faoliyatini boshlashdan avval esa sobiq DTM direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Farhod Boqiyev esa tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Undan avval esa AOKAning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan, 2020-yilning 17-yanvarida Senat aʼzoligiga saylangan edi.

Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilish mumkin?
Javob: Murojaat yuborishda foydalangan telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi yoki boʻlmasa, oʻzingiz SHAXSIY KABINETINGIZGA kirib “MUROJAAT HOLATI” bilan tanishishingiz mumkin.
Shaxsiy kabinetingizda murojaat holati haqida quyidagi yozuvlardan biri boʻladi
➖Yangi (shu holatda boʻlsa, oʻzingiz aniqlagan xatolarni tahrirlashingiz mumkin)
➖Koʻrib chiqilmoqda
✅Qabul qilindi
⛔️ Rad etildi (bunday holatda kamchiliklarni toʻgʻrilab murojaatni qaytadan yuborish mumkin)
❗️Navbatdagi-majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.
✅ Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to‘lov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.
❌ Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko‘rinmaydi va o‘rganib chiqilmaydi.
👉Parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma

PQ-53.pdf
4.6 MB
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (02.02.2024 №53) qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:
➖umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflarida tajriba-sinov tariqasida o‘quvchilarning tanlovidan kelib chiqib “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunar” yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etiladi (tayanch o‘quv reja asosida o‘qitish bilan bir qatorda);
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:
➖5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;
➖10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so’zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;
➖“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.
🔹2024-yil 1-mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi.
🔹2024-yil yakuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

❓Telegram botimiz(@uztdibot)ga kuzatuvchilarimiz tomonidan “Fiziklarga toifa testlarida qancha vaqt beriladi?" mazmunidagi savollar bilan yuborilmoqda.
✅ Javob: Toifa imtihonlarida aniq va tabiiy fanlarga 120 daqiqa, filologiya, ijtimoiy, amaliy fanlarga va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga 100 daqiqa ajratish rejalashtirilgan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅ @uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
✅ Javob: Toifa imtihonlarida aniq va tabiiy fanlarga 120 daqiqa, filologiya, ijtimoiy, amaliy fanlarga va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga 100 daqiqa ajratish rejalashtirilgan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8-buyruq metodik xizmat koʻrsatish.pdf
1 MB
MMTV ning 2024-yil 5-yanvardagi “Umumtaʼlim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 8-sonli buyrugʻi bilan:
➖umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilariga uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish tartibi;
➖umumiy oʻrta taʼlim maktabining Metodbirlashmalari toʻgʻrisidagi nizom;
➖Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom;
➖Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish Milliy markazlaridagi metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodistlarining malaka tavsiflari;
➖Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
➖umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilariga uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish tartibi;
➖umumiy oʻrta taʼlim maktabining Metodbirlashmalari toʻgʻrisidagi nizom;
➖Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom;
➖Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish Milliy markazlaridagi metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodistlarining malaka tavsiflari;
➖Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓Attestatsiya imtihonlari qancha vaqt davom etadi? Mazkur vaqt ichida tashqariga chiqish mumkinmi?
❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 4-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka (test) sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada bu haqida batafsil aytib o‘tilgan.
🔹Unga ko‘ra, malaka sinovlarida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari va pedagogik mahorat uchun 120 daqiqa hamda gumanitar fanlari va pedagogik mahorat uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
✅ Malaka sinovi o‘tkazish paytida talabgorlar har qanday sabab bilan auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, malaka sinovi to‘liq yakunlagan talabgorlar bundan mustasno (talabgorning sog‘lig‘i yomonlashgan hollarda auditoriya nazoratchisi va tibbiyot xodimlari kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.)
❌ Uzrsiz sabablarga ko‘ra auditoriyadan chiqqan talabgorlar qaytadan malaka (test) sinoviga qo‘yilmaydi.
❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovi jarayonida:
➖“tinglab tushunish” uchun — 30 daqiqa;
➖“o‘qish” uchun — 45 daqiqa;
➖“yozma ish” uchun — 30 daqiqa;
➖“gapirish” uchun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi.

Prezident Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham eʼtiroz bildirdi
Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.
Davlatimiz rahbari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham eʼtiroz bildirdi.
Professional taʼlim uchun masʼul idoralar koʻpayib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zarur.
Oliy taʼlimda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli eʼtibor qaratilmayapti.
Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.
Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.
Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu bois, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boʻyicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy taʼlimda keskin oʻzgarish qilish vazifasi qoʻyildi.

Prezident maktabgacha va maktab taʼlimidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusi rejalarni belgilab berdi.
Islohotlar natijasida maktabgacha taʼlimda qamrov 74 foizga yetdi. 2016-yilda bu koʻrsatkich 27 foiz edi. Bu yil davlat bogʻchalari quvvati yana 10 ming oʻringa, xususiy bogʻchalarda 50 ming oʻringa oshiriladi.
Lekin baʼzi chekka qishloqlarda bogʻcha hali yoʻqligi sababli hamma bolalar ham maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan, ayrim tumanlarda bogʻcha yetarli boʻlishiga qaramay, qamrovi oʻtgan yilga nisbatan biroz kamaygan.
Xususiy bogʻchalarda bolalar hisobini yuritish raqamlashtirilmoqda, lekin davlat bogʻchalarida bu jarayon hali boshlanmagan.
Shu munosabat bilan Maktabgacha taʼlim agentligiga bogʻchalarda byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha tizim yaratish topshirildi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Islohotlar natijasida maktabgacha taʼlimda qamrov 74 foizga yetdi. 2016-yilda bu koʻrsatkich 27 foiz edi. Bu yil davlat bogʻchalari quvvati yana 10 ming oʻringa, xususiy bogʻchalarda 50 ming oʻringa oshiriladi.
Lekin baʼzi chekka qishloqlarda bogʻcha hali yoʻqligi sababli hamma bolalar ham maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan, ayrim tumanlarda bogʻcha yetarli boʻlishiga qaramay, qamrovi oʻtgan yilga nisbatan biroz kamaygan.
Xususiy bogʻchalarda bolalar hisobini yuritish raqamlashtirilmoqda, lekin davlat bogʻchalarida bu jarayon hali boshlanmagan.
Shu munosabat bilan Maktabgacha taʼlim agentligiga bogʻchalarda byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha tizim yaratish topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda maktablar va maktab taʼlimiga 46 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratish rejalashtirilgan.
Lekin, matematika, oʻqish va tabiiy fanlar boʻyicha oʻtkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali koʻpligini aniq koʻrsatdi.
Yoki, 500 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy qilinib, haqiqiy bilim qay darajada ekani aniqlandi.
Hozirda 1-11-sinflarda xorijiy tilga ajratilgan 984 soat doirasida oʻquvchilarni yarmi ham “B1” darajaga ega boʻla olmayapti.
Shuningdek, ayrim hududlardagi malaka oshirish markazlarining faoliyati koʻrinmayapti.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Lekin, matematika, oʻqish va tabiiy fanlar boʻyicha oʻtkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali koʻpligini aniq koʻrsatdi.
Yoki, 500 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy qilinib, haqiqiy bilim qay darajada ekani aniqlandi.
Hozirda 1-11-sinflarda xorijiy tilga ajratilgan 984 soat doirasida oʻquvchilarni yarmi ham “B1” darajaga ega boʻla olmayapti.
Shuningdek, ayrim hududlardagi malaka oshirish markazlarining faoliyati koʻrinmayapti.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Davlatimiz rahbari maktablarda ogʻriqli masalalardan biri, bu – tarbiya va maʼnaviyat ekanligi taʼkidladi.
Oʻtgan yili voyaga yetmaganlar 3,5 mingta jinoyat sodir etgan. Shundan 2 ming 280 nafarini maktab oʻquvchilari tashkil qiladi.
Soʻrov maktab direktoridan boʻlyapti, lekin Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaga masʼul hokimlar har hafta bitta maktabga borib, oʻquvchilarni sharoiti va tarbiyasi bilan shugʻullanmayapti.
Shu munosabat bilan maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkazilishi belgilandi.

⚡️Professional va oliy taʼlimda kasbiy koʻnikmalarni belgilash va ularni baholash boʻyicha yangi tizim joriy qilinadi
Oʻtgan yili Davlat test markazi Bilim va malakalarni baholash agentligi sifatida qayta tashkil etildi. Lekin, agentlik haligacha abituriyentlarni imtihon qilish bilan cheklanmoqda.
Shu bois, professional va oliy taʼlimda kasbiy koʻnikmalarni belgilash va ularni baholash boʻyicha yangi tizim joriy qilinadi.
Umuman, ish beruvchilarda katta ehtiyoj, talabalarda salohiyat va xohish bor. Shuning uchun kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bogʻlaydigan tizim yaratiladi.
Endilikda Loyiha ofisi rahbari bir vaqtning oʻzida Kasbiy bilim va malakalarni rivojlantirish respublika kengashiga rahbar boʻladi. Bandlik vazirligi tizimidagi Mehnat tadqiqotlari instituti ham Loyiha ofisiga biriktiriladi.
Ular Oliy taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2024-yilda oʻzimizda zamonaviy konstruktor, texnolog, arxitektor, muhandis, energetik kabi ehtiyoj yuqori kasblar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan muhit olib kirishga masʼul boʻladi.

2023-2024-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar belgilandi
✅ Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.
🖥 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1-martdan 1-mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
❗️Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
➖ Bu muhim! Fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin.
Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.