Ta'lim nazorati
100K subscribers
4.02K photos
973 videos
437 files
5.98K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Metodik marafonning 3-kuni

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

Bugun, 8-yanvar kuni marafonning 3-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 Oʻquvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nodirbek Ismoilov, TRM mutaxassisi

👉 Таксономия Блума. Применение в начальной школе (taqdimot rus tilida) (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Yuliya Zemlina, Yunusobod tumani, 51-maktab oliy toifali katta o‘qituvchisi, p.f.f.d (PhD)

👉 Matematik savodxonlikda oʻquvchilarni yuqori natijaga yoʻnaltirish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Dilrabo Turanova, Toshkent shahar metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi matematika fani metodisti

👉 Boshlangʻich sinf o‘quvchilarida matematik savodxonlikni rivojlantirish (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Aymira Upaiyeva, Qoraqolpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani, 54-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

👉 Xalqaro baholash dasturlaridan tabiiy fanlarni oʻqitishda foydalanish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Erkin Xujanov, Nizomiy nomidagi TDPU “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, p.f.f.d. (PhD), dotsent

👉 Oʻzbek tili darslarida matn bilan ishlash orqali taʼlim samaradorligini oshirish (PIRLS, PISA) (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Durdona Lolayeva, Sergeli tumani, 300-IDU maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilandi

Prezidentning “Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga kiritilgan oʻzgarishlarga muvofiq, 2030-yil 1-yanvargacha maktabgacha va maktab taʻlimi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari bundan mustasno) 1 foiz miqdorida belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:

Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;

shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;

attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.


🔹Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim?

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev joriy yilgi attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozimligi haqida ma`lumot berdi.

Unga ko‘ra barcha pedagoglar toifa sertifikatida ko‘rsatilgan muddatga qarab hujjat topshirishlari lozim.

Toifa sertifikati 2019-yil iyulga qadar rasmiylashtirilgan bo‘lsa bu pedagoglar uchun birinchi yarim yillikdagi attestsiya majburiy hisoblanadi.

Agar toifa sertifikati 2019-yil avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi yarim yillikda o‘tkaziladigan attestatsiya majburiy hisoblanadi.

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev endilikda tugʻruq (dekret) taʼtilidagi maktab va bogʻcha oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkinligi maʼlum qildi.

Unga koʻra maktabdan beriladigan maʼlumotnoma bekor qilinganligi sababli endi tugʻruq (dekret) taʼtilidagi maktab va bogʻcha oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin. Faqat navbatdan tashqari sifati ariza berib toʻlov qilish lozim. Batafsil javob olish uchun audioni tinglab ko‘ring.

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Metodik marafonning 4-kuni

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

9-yanvar kuni marafonning 4-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 PISA xalqaro tadqiqotida matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha topshiriqlarning qiyinlik darajalari (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Umida Ishmamatova, Sergeli tumani, 6-maktab matematika fani oʻqituvchisi

👉 Oʻquvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirishda fanlararo integratsiya (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Gulruxsor Ergasheva, Toshkent davlat pedagogika universiteti, “Biologiya va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi professori, p.f.d.

👉 Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nozigul Bozorova, Buxoro viloyati Buxoro tumani, 23-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

👉 Oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish va ularni baholash (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Maqsud Boboyev, Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i

👉 O‘yin faoliyati orqali o‘quvchilar natijalarini yaxshilash (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nigora Ochilova, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani, 36-maktab maxsus pedagogi

👉 Inklyuziv sinflarda taʼlimning mazmuni, maqsad va vazifalari (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Dilfuza Djurayeva va Gulnoza Xasanova, Bektemir tumani, 290-maktab inklyuziv taʼlim sinfi oʻqituvchilari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2063-sonli xat. Hududlarga Al-Xorazmiy bo'yicha.pdf
2.1 MB
7-8-sinflar oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning tuman bosqichi oʻtkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 02-02/5-2063-sonli xatida oʻquvchilarni quyi sinflardan boshlab fan olimpiadalariga tayyorgarlik koʻrish amaliyotini kuchaytirish maqsadida, umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda nodavlat taʼlim muassasalarining 7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining tuman bosqichini 2024-yilning 1-fevral kuniga qadar oʻrnatilgan tartib asosida oʻtkazilishini taʼminlash soʻralgan.

Yuqoridagi xatga Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining tuman bosqichini oʻtkazish tartibi, baholash mezonlari ilova qilingan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar!

Axborot xurujlarini bartaraf etish bo‘yicha
tadqiqot uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Ushbu so‘rovnoma natijalari tadqiqot ishida statistik hisobotlar shaklida tahlil qilinadi.

Shundan kelib chiqqan holda savollarga obyektiv yondashishingizni so‘raymiz.

Sorovnomamizda ishtirok etayotganingiz uchun tashakkur bildiramiz.

So‘rovnomada qatnashish: https://forms.gle/4SEq18bPQkMYVrBLA
#savol_javob

Savol: “Men 2000-yilda maktabda ish faoliyatimni boshlaganman. 2021-yilda birinchi malaka toifasini oldim. 2026-yilda malaka toifa sertifikatim muddati tugaydi. Ungacha pedagogik stajim 26 yilga yetadi. 2026-yilda birinchi malaka toifam saqlanib qoladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev javob berdi:

"Ha albatta yangi tartib boʻyicha 25-yillik pedagogik staj boʻlsa amaldagi malaka toifasi saqlanib qoladi. Bunday holatda 2026-yilda birinchi malaka toifasini bir umrga saqlab qolish boʻyicha murojaat qilish lozim boʻladi. Ushbu murojaatga asosan bir umrlik birinchi malaka toifasi sertifikati beriladi."

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2018-yilda oliy toifa olganman, joriy yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga topshiraman. GMAT sertifikati attestatsiyaga imtiyoz beradimi?

Javob: Yoʻq ushbu sertifikat malaka toifasi olishda imtiyoz bermaydi.

Nizomga koʻra, kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun maktab o’quvchilari uchun qishki ta’tilning oxirgi kuni.

Ertaga, 11-yanvardan III chorak darslari boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

To‘ychiyev Olimjon Alijonovich Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlandi

Shu munosabat bilan u Prezident qaroriga ko‘ra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestatsiyada ishtirok eta olmaydi

Ayrim pedagoglar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Yangi tartib boʻyicha ishsiz pedagoglar ham oʻz ixtiyori bilan attestatsiyada ishtirok etishi mumkinmi?” degan savol bilan murojaat qilishgan.

Javob: Yoʻq ishtirok eta olmaydilar. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomning 1-bandi koʻra “Ushbu nizom davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi”.

Yaʼni malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#attestatsiya
#malaka_toifasi

2024-yildan amaliyotga joriy etilayotgan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagoglarga malaka toifalarini berish jarayonlaridagi asosiy o‘zgarishlar nimalardan iborat?

Malaka toifalarini berishning asosiy 3 ta yo‘nalishlari qaysilar?

Kimlar imtiyozli tarzda malaka toifasi seritifikatlarini olishlari mumkin?


👉 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va sertifikatlash bo‘limi bosh mutaxassisi Safarali Hamroyev “Mening yurtim” telekanali muxbirining shu kabi savollariga batafsil javob berib o‘tdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
425 ustama.pdf
212.3 KB
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-dekabrdagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan 2024-2025-oʻquv yilida pedagoglarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 576-son buyrugʻi bilan:

Malakali pedagog kadrlarga har oylik ustama hamda ilgʻor xodimlarga bir martalik pul mukofotlarini toʻlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlangan;

10-yanvarga qadar 2024-yilda vazir jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlardan kelib chiqqan holda, ushbu jamgʻarma hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan sonini belgilash yuzasidan tegishli takliflar kiritiladi.

Har oylik ustama hamda ilgʻor xodimlarga bir martalik pul mukofotlarini toʻlash tartibi haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil maʼlumot berib boramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?

"Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olishga nomzodlar qanday saralanadi? Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun nima qilish kerak ?” degan savol bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat yuborilgan.

Hukumat qaroriga (№425, 02.08.2022) koʻra vazir jamgʻarmasi uchun nomzodlarga kvotalar maktabning bitiruvchi-oʻquvchilari tomonidan tegishli oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida qayd etgan natijalariga muvofiq taqsimlanadi.

🔰 Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashgan taʼlim muassasalari agentligi taqdim etgan kirish imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan vazirlik 2024-yilda Vazir jamgʻarmasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni belgilanadi va bu kvota “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar)lar boʻyicha taqsimlanadi.

Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha hududiy kengashlar ushbu kvotaga asosan nomzodlarni vazirlikka taqdim etgan.

🤵 Qarorga koʻra, har bitta yoʻnalish boʻyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʻrniga koʻpi bilan uchta nomzodni taqdim etilishi mumkin.

Nomzodlar orasidan ustama toʻlanadigan pedagoglarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda — zarur hollarda, nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari oʻtkaziladi;

2️⃣-bosqichda — umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari vazirning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

🏅 Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun oʻquvchilaringiz OTM va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida yuqori ball olishi lozim.

📢 Oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat qilishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.

💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar uchun qulaylik!

Xabar berganimizdek, yanvar-iyun oylari attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun, 15-yanvardan boshlanadi.

❗️Bu muhim! pedkadr.uzedu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi videoyo‘riqnoma ko‘rsatmalari bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Eslatma!
Murojaatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 👉 https://pedkadr.uzedu.uz/ - platformasidan tashqari

📍Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 👉 my.gov.uz/uz

📍Davlat xizmatlari markazlari orqali ham yuborish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi ishga yangi kirgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi. Unga koʻra maktabdan 20 ballik maʼlumotnoma berish amaliyoti bekor qilindi.

Bu esa endi ishga kirgan pedagoglarga ham oʻz ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiya ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Nizoming 4-bandiga koʻra pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VM qarori 17-son 10.01.2024.pdf
1.2 MB
Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi

🔰 Vazirlar Mahkasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent "A +, A" darajaga ega bo'ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi.

📚 Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo'lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.

💻 Test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblanadi.

Sertifikat uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

📋 Seritifikatning amal qilish muddati 3 yilni tashkil qiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM