Ta'lim nazorati
111K subscribers
4.07K photos
953 videos
455 files
6.07K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Pedagoglar uchun Metodik marafonga start berilmoqda

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4-yanvar kuni umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafonga start berilmoqda.

Marafonning 1-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 O‘quvchilarda funksional savodxonlikni rivojlantirish;
👉 Oʻquvchilarning PISA 2022 tadqiqotida matematika bo‘yicha natijalari tahlili;
👉 Oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini oshirishda yozma nutq koʻnikmasini rivojlantirish;
👉 Oʻquvchilarni kelajakka qanday tayyorlaymiz?

💻 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://unicef.zoom.us/j/98880064659

ID: 988 8006 4659
Kod: 457684

📌 Onlayn vebinarlar soat 10:00 dan boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga amaldagi malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Attestatsiyaga quyidagi usullar bilan ariza topshirish mumkin. Arizalar qabuli hali boshlanmadi

Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra:
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan;

oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar:

🔹maktabgacha va maktab taʼlimi sohasi boʻyicha www.pedkadr.uzedu.uz platformasi

🔸oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasi boʻyicha www.pedagog.edu.uz platformasi orqali ariza yuborishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, barcha pedagoglar davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali murojaat qilish imkoniyat mavjud.

Avvalgi tartib boʻyicha barcha oʻqituvchilar Taʼlim inspeksiyasi sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan. Yangi tartib boʻyicha bu vazifa ikki vazirlik oʻrtasida taqsimlangani yangi platformalarni ishga tushirishda maʼlum vaqt talab qiladi. Hozirlikcha arizalar qabuli boshlanmagan.

Qarorga koʻra arizalarni qabul qilish 1-martga qadar davom etadi. Yaʼni arizalar qabul qilish uchun 2 oyga yaqin muddat bor.

Attestatsiya uchun arizalar qabuli boshlanish sanasi haqida kanalimiz (@uztdi) orqali qoʻshimcha xabar beramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish tartibi bekor qilinmagan

Ayrim pedagoglar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Navbatdan tashqari attestatsiya yangi qaror bilan bekor boʻldimi?” degan savol bilan murojaat qilishgan.

Javob: Yoʻq oʻz ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish tartibi bekor boʻlmagan.

Eslatib oʻtamiz, oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda amalda boʻlgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.

👉 @Oylikhisoblaydigan_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Metodik marafonning ikkinchi kuni boshlandi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

Bugun, 5-yanvar kuni marafonning 2-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 Matematik savodxonlikni rivojlantirishning oʻziga xos jihatlari; (10:00)
👉 Oʻzbekiston oʻquvchilarining PIRLS-2021 va PISA-2022 tadqiqotlarida erishgan natijalari; (10:00)
👉 O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda - tadqiqot vosita sifatida; (10:00)
👉 Oʻquvchilarning kognitiv fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; (11:00)
👉Oʻquvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirishda taʼlimiy oʻyinlar va metodlar; (11:00)
👉Boshlangʻich sinflarda ona tilini 4K modeli asosida oʻqitish. (11:00)

Ulanish uchun mavzuni ustiga bosib, e`londagi havola orqali kirish mumkin.

Boshlanish vaqti: 5-yanvar soat 10:00

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yo'riqnoma.pdf
1.3 MB
Onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Bugun, 5-yanvar kuni 6-sinf o‘quvchilari uchun matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha olimpiada o‘tkazilmoqda.

Ertaga, 6-yanvar kuni 7-va 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

👉Tizimga kirish uchun havola oo.uzedu.uz

O'quvchilar ro'yxatdan o'tishda bir narsaga e'tibor qaratishlari zarur: Ya'ni, login yozayotganda imkon qadar avval takrorlanmagan login bo'lishi muhim.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkin.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Metodik marafonning 3-kuni

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

Bugun, 8-yanvar kuni marafonning 3-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 Oʻquvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nodirbek Ismoilov, TRM mutaxassisi

👉 Таксономия Блума. Применение в начальной школе (taqdimot rus tilida) (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Yuliya Zemlina, Yunusobod tumani, 51-maktab oliy toifali katta o‘qituvchisi, p.f.f.d (PhD)

👉 Matematik savodxonlikda oʻquvchilarni yuqori natijaga yoʻnaltirish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Dilrabo Turanova, Toshkent shahar metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi matematika fani metodisti

👉 Boshlangʻich sinf o‘quvchilarida matematik savodxonlikni rivojlantirish (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Aymira Upaiyeva, Qoraqolpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani, 54-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

👉 Xalqaro baholash dasturlaridan tabiiy fanlarni oʻqitishda foydalanish (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Erkin Xujanov, Nizomiy nomidagi TDPU “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, p.f.f.d. (PhD), dotsent

👉 Oʻzbek tili darslarida matn bilan ishlash orqali taʼlim samaradorligini oshirish (PIRLS, PISA) (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Durdona Lolayeva, Sergeli tumani, 300-IDU maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilandi

Prezidentning “Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga kiritilgan oʻzgarishlarga muvofiq, 2030-yil 1-yanvargacha maktabgacha va maktab taʻlimi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari bundan mustasno) 1 foiz miqdorida belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:

Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;

shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;

attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.


🔹Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim?

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev joriy yilgi attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozimligi haqida ma`lumot berdi.

Unga ko‘ra barcha pedagoglar toifa sertifikatida ko‘rsatilgan muddatga qarab hujjat topshirishlari lozim.

Toifa sertifikati 2019-yil iyulga qadar rasmiylashtirilgan bo‘lsa bu pedagoglar uchun birinchi yarim yillikdagi attestsiya majburiy hisoblanadi.

Agar toifa sertifikati 2019-yil avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi yarim yillikda o‘tkaziladigan attestatsiya majburiy hisoblanadi.

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev endilikda tugʻruq (dekret) taʼtilidagi maktab va bogʻcha oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkinligi maʼlum qildi.

Unga koʻra maktabdan beriladigan maʼlumotnoma bekor qilinganligi sababli endi tugʻruq (dekret) taʼtilidagi maktab va bogʻcha oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin. Faqat navbatdan tashqari sifati ariza berib toʻlov qilish lozim. Batafsil javob olish uchun audioni tinglab ko‘ring.

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Metodik marafonning 4-kuni

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

9-yanvar kuni marafonning 4-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 PISA xalqaro tadqiqotida matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha topshiriqlarning qiyinlik darajalari (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Umida Ishmamatova, Sergeli tumani, 6-maktab matematika fani oʻqituvchisi

👉 Oʻquvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirishda fanlararo integratsiya (10:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Gulruxsor Ergasheva, Toshkent davlat pedagogika universiteti, “Biologiya va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi professori, p.f.d.

👉 Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nozigul Bozorova, Buxoro viloyati Buxoro tumani, 23-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

👉 Oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish va ularni baholash (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Maqsud Boboyev, Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i

👉 O‘yin faoliyati orqali o‘quvchilar natijalarini yaxshilash (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Nigora Ochilova, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani, 36-maktab maxsus pedagogi

👉 Inklyuziv sinflarda taʼlimning mazmuni, maqsad va vazifalari (11:00)

🎙 Trener-oʻqituvchi: Dilfuza Djurayeva va Gulnoza Xasanova, Bektemir tumani, 290-maktab inklyuziv taʼlim sinfi oʻqituvchilari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2063-sonli xat. Hududlarga Al-Xorazmiy bo'yicha.pdf
2.1 MB
7-8-sinflar oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning tuman bosqichi oʻtkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 02-02/5-2063-sonli xatida oʻquvchilarni quyi sinflardan boshlab fan olimpiadalariga tayyorgarlik koʻrish amaliyotini kuchaytirish maqsadida, umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda nodavlat taʼlim muassasalarining 7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining tuman bosqichini 2024-yilning 1-fevral kuniga qadar oʻrnatilgan tartib asosida oʻtkazilishini taʼminlash soʻralgan.

Yuqoridagi xatga Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining tuman bosqichini oʻtkazish tartibi, baholash mezonlari ilova qilingan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar!

Axborot xurujlarini bartaraf etish bo‘yicha
tadqiqot uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Ushbu so‘rovnoma natijalari tadqiqot ishida statistik hisobotlar shaklida tahlil qilinadi.

Shundan kelib chiqqan holda savollarga obyektiv yondashishingizni so‘raymiz.

Sorovnomamizda ishtirok etayotganingiz uchun tashakkur bildiramiz.

So‘rovnomada qatnashish: https://forms.gle/4SEq18bPQkMYVrBLA
#savol_javob

Savol: “Men 2000-yilda maktabda ish faoliyatimni boshlaganman. 2021-yilda birinchi malaka toifasini oldim. 2026-yilda malaka toifa sertifikatim muddati tugaydi. Ungacha pedagogik stajim 26 yilga yetadi. 2026-yilda birinchi malaka toifam saqlanib qoladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev javob berdi:

"Ha albatta yangi tartib boʻyicha 25-yillik pedagogik staj boʻlsa amaldagi malaka toifasi saqlanib qoladi. Bunday holatda 2026-yilda birinchi malaka toifasini bir umrga saqlab qolish boʻyicha murojaat qilish lozim boʻladi. Ushbu murojaatga asosan bir umrlik birinchi malaka toifasi sertifikati beriladi."

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2018-yilda oliy toifa olganman, joriy yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga topshiraman. GMAT sertifikati attestatsiyaga imtiyoz beradimi?

Javob: Yoʻq ushbu sertifikat malaka toifasi olishda imtiyoz bermaydi.

Nizomga koʻra, kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun maktab o’quvchilari uchun qishki ta’tilning oxirgi kuni.

Ertaga, 11-yanvardan III chorak darslari boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

To‘ychiyev Olimjon Alijonovich Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlandi

Shu munosabat bilan u Prezident qaroriga ko‘ra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestatsiyada ishtirok eta olmaydi

Ayrim pedagoglar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Yangi tartib boʻyicha ishsiz pedagoglar ham oʻz ixtiyori bilan attestatsiyada ishtirok etishi mumkinmi?” degan savol bilan murojaat qilishgan.

Javob: Yoʻq ishtirok eta olmaydilar. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomning 1-bandi koʻra “Ushbu nizom davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi”.

Yaʼni malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM