Ta'lim nazorati
97.2K subscribers
4.01K photos
970 videos
432 files
5.95K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz qaysi tabaqadagi o‘quv reja asosida malaka oshirasiz?

Xabaringiz bor, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan joriy yilning 4 – 15-dekabr kunlari maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari diagnostikadan o‘tkazilgan edi.

Diagnostika natijalari tahlil qilindi hamda pedagoglar ehtiyojlaridan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqildi.

Kelgusi 3 yil davomida pedagoglar qaysi tabaqadagi o‘quv reja va taʼlim shakllarida malaka oshirishi haqida yuqoridagi video yo‘riqnoma orqali bilib olishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi

2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda:

malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi;

maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlim nazorati (@uztdi) kanalidagi xabarlar yil davomida 53 million marta o‘qildi. Obunachilarimizga katta rahmat!

TGStat xizmati Taʼlim nazorati (@uztdi) kanalining 2023-yil uchun statistikasini taqdim etdi.

📊 Unga koʻra:
yil davomida 1 899 ta post qoldirilgan;
kanaldagi postlar jami 53.2 mln marta koʻrilgan (oʻtgan yilda 47 mln marta edi )
kanaldagi postlarni odamlar yil davomida turli guruhlarga va oʻzaro bir-biriga 455 ming martadan ortiq ulashgan (forvard qilgan);
1464 ta kanal bizdan iqtibos olgan (oʻtgan yili 907 ta boʻlgan);
6100 ta kanal bizni eslagan boʻlsa (oʻtgan yili 3469 ta), repostlar soni 1 600 tani tashkil etgan.

❗️Fursatdan foydalanib, bizni kuzatib borayotgan barcha obunachilarimizga minnatdorchilik bildiramiz!

2024-yilda kanalimiz orqali Siz uchun dolzarb va qiziqarli maʼlumotlarni koʻproq berib borishga astoydil harakat qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi


📺Youtube(HD)da ko‘rish: https://youtu.be/YQy_TuBcSNA

Trm.uz|TelegramI Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
#infografika #TRM #sarhisob

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PQ-128-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Yuqoridagi infografikada TRM tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berilgan.

Trm.uz|TelegramI Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston xalqiga yo’llagan yangi yil tabrigida ma’lum qildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Onlayn olimpiadalar davom etadi!

2024-yil 3—10-yanvar kunlari  matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkin.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

👉 olympiad.uzedu.uz

📌 Onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bola tugʻilganidan boshlab maktabga onlayn hisobga qoʻyiladi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

bola tugʻilganidan soʻng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida onlayn hisobga qoʻyiladi;

🖥
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining har oʻquv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.

📋2024-yil 1-yanvardan maktab direktorlarini har 5-yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi.

Bunda, sertifikatsiyadan oʻta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
692-qaror.pdf
973.1 KB
⚡️Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi

2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda:

malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi;

maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi

Hukumat qarori bilan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlash amaliyotini joriy etish choralarini koʻrish vazifasi belgilandi.

Ushbu qaror bilan joriy etiladigan yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma`lumot berib boramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich boʻyicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

Bunda: maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim pedagog kadrlari boʻyicha:

birinchi bosqichda — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi;

ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanadi.

Oʻrta maxsus va professional taʼlim pedagog kadrlari boʻyicha:

birinchi bosqichda — pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi;

Ikkinchi bosqichda — oʻquv fani boʻyicha bilim darajasi baholanadi;

Ushbu qaror bilan joriy etiladigan yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma`lumot berib boramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Attestatsiya uchun maktabdan 20 ballik maʼlumotnoma berish amaliyoti bekor qilindi

Hukumat qarori bilan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning

birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirigʻi beriladi.

Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Ushbu qaror bilan joriy etiladigan yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma`lumot berib boramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar uchun Metodik marafonga start berilmoqda

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4-yanvar kuni umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafonga start berilmoqda.

Marafonning 1-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 O‘quvchilarda funksional savodxonlikni rivojlantirish;
👉 Oʻquvchilarning PISA 2022 tadqiqotida matematika bo‘yicha natijalari tahlili;
👉 Oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini oshirishda yozma nutq koʻnikmasini rivojlantirish;
👉 Oʻquvchilarni kelajakka qanday tayyorlaymiz?

💻 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://unicef.zoom.us/j/98880064659

ID: 988 8006 4659
Kod: 457684

📌 Onlayn vebinarlar soat 10:00 dan boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga amaldagi malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Attestatsiyaga quyidagi usullar bilan ariza topshirish mumkin. Arizalar qabuli hali boshlanmadi

Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra:
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan;

oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar:

🔹maktabgacha va maktab taʼlimi sohasi boʻyicha www.pedkadr.uzedu.uz platformasi

🔸oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasi boʻyicha www.pedagog.edu.uz platformasi orqali ariza yuborishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, barcha pedagoglar davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali murojaat qilish imkoniyat mavjud.

Avvalgi tartib boʻyicha barcha oʻqituvchilar Taʼlim inspeksiyasi sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan. Yangi tartib boʻyicha bu vazifa ikki vazirlik oʻrtasida taqsimlangani yangi platformalarni ishga tushirishda maʼlum vaqt talab qiladi. Hozirlikcha arizalar qabuli boshlanmagan.

Qarorga koʻra arizalarni qabul qilish 1-martga qadar davom etadi. Yaʼni arizalar qabul qilish uchun 2 oyga yaqin muddat bor.

Attestatsiya uchun arizalar qabuli boshlanish sanasi haqida kanalimiz (@uztdi) orqali qoʻshimcha xabar beramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish tartibi bekor qilinmagan

Ayrim pedagoglar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Navbatdan tashqari attestatsiya yangi qaror bilan bekor boʻldimi?” degan savol bilan murojaat qilishgan.

Javob: Yoʻq oʻz ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish tartibi bekor boʻlmagan.

Eslatib oʻtamiz, oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda amalda boʻlgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.

👉 @Oylikhisoblaydigan_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Metodik marafonning ikkinchi kuni boshlandi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon oʻtkazilmoqda.

Bugun, 5-yanvar kuni marafonning 2-kunida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

👉 Matematik savodxonlikni rivojlantirishning oʻziga xos jihatlari; (10:00)
👉 Oʻzbekiston oʻquvchilarining PIRLS-2021 va PISA-2022 tadqiqotlarida erishgan natijalari; (10:00)
👉 O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda - tadqiqot vosita sifatida; (10:00)
👉 Oʻquvchilarning kognitiv fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; (11:00)
👉Oʻquvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirishda taʼlimiy oʻyinlar va metodlar; (11:00)
👉Boshlangʻich sinflarda ona tilini 4K modeli asosida oʻqitish. (11:00)

Ulanish uchun mavzuni ustiga bosib, e`londagi havola orqali kirish mumkin.

Boshlanish vaqti: 5-yanvar soat 10:00

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yo'riqnoma.pdf
1.3 MB
Onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Bugun, 5-yanvar kuni 6-sinf o‘quvchilari uchun matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha olimpiada o‘tkazilmoqda.

Ertaga, 6-yanvar kuni 7-va 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

👉Tizimga kirish uchun havola oo.uzedu.uz

O'quvchilar ro'yxatdan o'tishda bir narsaga e'tibor qaratishlari zarur: Ya'ni, login yozayotganda imkon qadar avval takrorlanmagan login bo'lishi muhim.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkin.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM