Ta'lim nazorati
97.6K subscribers
4.04K photos
974 videos
443 files
6.01K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Matematika Saralash UZB.pdf
659.4 KB
2023-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Matematika fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari bilan tanishing.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fizika baholanishi.pdf
1.9 MB
Fizikadan xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqich topshiriqlari

2023-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Fizika fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari bilan tanishing.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimyo yechimlari va baholanishi.pdf
1 MB
2023-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Kimyo fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari bilan tanishing.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biologiya yechimlari va baholanishi.pdf
244.6 KB
2023-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Biologiya fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari bilan tanishing.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari

Joriy yilning 10-noyabr kuni xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning I bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Saralash olimpiadasi ishtirokchilariga sinfidan qat’i nazar, fanlar yo‘nalishida xalqaro fan olimpiadalari standartlari asosida bir xil nazorat materiallari taqdim etildi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga 4 soat vaqt berildi.

2023-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Biologiya fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich topshiriqlari hamda baholash mezonlari bilan tanishing
:

🧮 Matematika;

💡 Fizika;

🧪
Kimyo;

🍀
Biologiya.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi

Prezidentning “Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–190-son qaroriga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida, kamida to'rt tasmali yo'llardagi piyodalar o'tish joylarida hamda yo'l-transport hodisalar o'choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o'tkazmaslik va fuqarolarning yo'lni belgilanmagan joydan kesib o'tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi.

Eslatib o'tamiz, “Yoʻl harakati qoidalari”ga Oʻzbekistonda maktablar va maktabgacha taʼlim muassasalari atrofidagi yoʻllarda transport vositalarining tezligi 30 km/soatdan oshmasligi kerak.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hokim oʻrinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltaklagan holatni keskin qoralaydi va majuriy obunaga mutlaqo qarshi

Kun.uz saytida eʼlon qilingan maqolada Bogʻdod tumani pedagogika kolleji zimmasiga yuklangan 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagan muassasa direktori tuman hokimining oʻrinbosari tomonidan kaltaklangani aytilgan. Voqea 14-noyabr kuni Fargʻona viloyati Bogʻdod tumani hokimligi yigʻilishida roʻy bergan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi professional taʼlim tizimiga masʼul sifatida holatni tashvishli deb baholaydi va keskin qoralaydi. Vazirlik hokim oʻrinbosarining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishi va bu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi uchun zarur choralar koʻrilishi kerak deb hisoblaydi.

Shuningdek, vazirlik gazeta va jurnallarga majburiy obuna tashkil etilishiga mutlaqo qarshi boʻlib, bunday holatlarga qarshi kurash, oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, professor-oʻqituvchilar, oʻquvchi-talabalar hamda boshqa xodimlar oʻrtasida doimiy tushuntirish ishlari olib borilishini maʼlum qiladi.

Agar taʼlim muassasalarida gazeta-jurnallarga majburiy obuna holatlari aniqlansa, qonun doirasida zarur choralar koʻrilishi haqida ham ogohlantirilgan.

Taʼlim muassasalari oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, muassasaga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida istagan va zarur deb hisoblagan bosma nashrlarga ixtiyoriy ravishda obuna boʻlishlari mumkin. Bunda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va oʻquvchi-talabalarni majburiy obuna qildirish qatʼiy taqiqlanadi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 29-oktabr kuni o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25-26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27-30-noyabr va 1-, 4-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin pasport yoki ID-karta bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni davlat universitetiga faqat yozda ko‘chirish mumkin

Nodavlat yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlaridan mamlakatimiz davlat OTMga oʻqishni koʻchirish amaldagi tartibga muvofiq, faqat iyul-avgust oylarida tashkil etiladi.

Qishki davrda esa faqat davlat OTMlari uchun 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishni koʻchirishga ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun;

davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalar 20-dekabrdan 20-yanvar kuniga qadar
hududiy Ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi

2023-yil 18-noyabr kuni o‘tkazilgan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limidan bilishlari mumkin.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq eng yuqori ballning kamida 30 % ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

▶️ Ya’ni, test sinovi natijalariga ko‘ra 74,7 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishingizni ko‘chirish (Перевод) uchun yaxshi universitet qidiryapsizmi?

Education maslahat markazi Sizga bu borada yordam beradi!

O’qishni ko’chirish (Перевод):

➡️ davlat oliy ta’lim muassasalari;
➡️ nodavlat oliy ta’lim muassasalari;
➡️ qo’shma ta’lim dasturlaridan;
➡️ xorijiy, xususan, MDH davlatlari oliy taʼlim muassasalaridan mumkin.

Bunda Siz quyidagi sifatlarga ega oliygohda o‘qish imkoniga ega bo‘lasiz:

Hech qanday to‘lovlarsiz;
Toshkent shahrida joylashgan;
Davlat litsenziyasiga ega;
Toshkentdagi eng arzon kontrakt — 9 mln so‘m;
Namunadagi diplom.

☎️ Yanada batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun hoziroq Biz bilan bog‘laning:
Operator1 |+998339992409
Operator2 |+998501033923
Operator3 |+998501033913            
Operator4 |+998501083933

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Konstitutsiya-bosh qomusimiz" onlayn olimpiadasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Davlat va huquq asoslari fanidan "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.

Olimpiadada 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

8-sinf o‘quvchilari uchun - 4️⃣-dekabr;
9-sinf o‘quvchilari uchun - 5️⃣-dekabr;
10-sinf o‘quvchilari uchun - 6️⃣-dekabr;
11-sinf o‘quvchilari uchun - 7️⃣-dekabr
kunlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ushbu onlayn olimpiadada ishtirok etishlari mumkin. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.

📥Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 22:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM