Ta'lim nazorati
103K subscribers
4.01K photos
966 videos
424 files
5.93K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#talabaga_yengillik

⚡️1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni joriy o‘quv yilida istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish lozimligi belgilangan.

Shu bilan birga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturiga asosan maktablarda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab, har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy tilga o‘rgatish amaliyoti 7- sinfdan bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yila boshlandi.

Biroq, hududlarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha ishga jalb etilgan pedagog kadrlar aksar holatlarda birinchi xorijiy til bo‘yicha ham mutaxassis bo‘lib, ikkinchi xorijiy til bo‘yicha talab qilingan sertifikatlarga ega emas, tegishli ikkinchi xorijiy til bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan kadrlar esa o‘qituvchi sifatida qayta tayyorlovdan o‘tishi talab etilgani sababli ularni ishga qabul qilishda muammolar yuzaga kelayotgan edi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan, mazkur muammolar hal etilgunga qadar maktablarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida joriy o‘quv yilida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi etib ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi.

Belgilangan talablar asosida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchilarini ishga qabul qilish keyingi 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yilning_eng_yaxshi_oqituvchisi.pdf
4.4 MB
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov shu yilning 22-sentyabr – 20-oktyabr kunlari oralig‘ida o‘tkazilib, 3 bosqichda tashkil etiladi.

Tanlov g‘oliblari 25 million so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, 2-o‘rin sohiblariga (2 nafar) monoblok, 3-o‘rin sohiblariga (2 nafar) noutbuk hamda nominatsiyalar g‘oliblariga turli xil esdalik sovg‘alari tadqim etiladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Akfa University 10-11-sinf oʻquvchilari 2-kursga qabul qilinishi yuzasidan munosabat bildirdi

Central Asian University — sobiq Akfa University 10-11-sinf oʻquvchilarining univeristetga qabul qilinishi bilan bogʻliq xabarlarga munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, bundan ikki yil avval Akfa universitetining sobiq rektori tomonidan “Study for the success” MChJni Universitet ta’sischisidan yashirin holda, firibgarlik yo’li bilan o’ziga qo’shimcha mablag’ ishlash maqsadida jalb qilgan, amaldagi qonunlarga xilof yo’l bilan ushbu MChJ nomidan ota-onalar bilan shartnomalar tuzgan.

Shartnomaga muvofiq ota-onalarga ularning farzandlari maktabning 10-11 sinflarida o‘qish bilan bir vaqtning o‘zida Akfa universitetining 1-bosqichini o‘qib tugatishi va maktabni bitirishi bilanoq Universitetning 2-bosqichiga qabul qilinishi MChJ tomonidan va’da qilingan va ota-onalar ushbu xizmat evaziga MChJ hisob raqamiga muayyan to‘lovlarni qilishgan.

Shuningdek, MCHJning hisob raqamiga tushgan pul mablag’lari B.Djalilovning turmush ortog’iga tegishli bo’lgan MCHJ tomonidan o’zlashtirib yuborilgan.

💬 “Biroq, ushbu MChJning Akfa universitetiga hech qanday aloqasi yo‘q. O‘quvchilarni maktabda o‘qib turgan vaqtida universitet dasturlariga qabul qilish ham qonunchilikka zid. MChJ ta’sis hujjatidan ko‘rinib turibdiki, u sobiq rektorning yaqin qarindoshi tomonidan ta’sis etilgan, kontakt ma’lumotlari ham unga tegishli, o’zini banklarning birida alohida hisob raqamlari mavjud,” – deyiladi universitet bayonotida.

Ushbu ish yuzasidan xuquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan tuman prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, jabrlanuvchilar tuman prokuraturasiga tegishli shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkinligi ma’lum qilindi.

Universitet o‘z o‘rnida, B. Djalilovning qonunga xilof hatti-harakatlaridan jabrlangan va qo’lida shahodatnomalari (11 sinf) bor bolalarni tez kunlarda, o‘rnatilgan tartibda Universitetning 1-bosqichiga qo‘shimcha qabul qilishini ota-onalarga ma’lum qildi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorlikda oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi!

Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar 2023-yil 22-sentabrdan 29-sentabrga qadar ''tiltanlov_bot'' orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda joylashtirishlari lozim.

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

1-o‘ringa
“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 25 mln. so‘m pul mukofoti;

2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;

3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.

Tanlovda ishtirok etish shartlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlarga
www.uzedu.uz veb-sayti orqali ega bo‘lishingiz hamda videotaqdimotlarni ''tiltanlov_bot'' yordamida yuborishingiz mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.X. va M.R. fuqaro G.Gʻ. ni Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyishlari evaziga 1 300 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Quva tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Oʻ. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uning qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi universitetidagi oʻqishini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filialiga koʻchirib berishi evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:

oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani;

ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”;

VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”;

V — IX sinflarda “Texnologiya”;

X-XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fanlari;

taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Oʻzbek tili” fani;

taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kollej va texnikumlarga test sinovlarining yakuniy natijalari 3-oktabr kuni eʼlon qilinadi

2023-2024-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari joriy yil 26-29-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Sinovlar ikki smenada: 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.

Bir smenada 21 060 nafar, bir kunda esa 42 120 nafar abituriyent test jarayonida ishtirok etadi.

Shuningdek, alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklarga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha 2023-2024-oʻquv yili uchun 32 ta kollej va 19 ta texnikumda kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.

Texnikumlarda 25-sentyabr kunidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Test sinovi natijalarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, yakuniy tanlov natijalarini esa 3-oktyabr kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

📆 Ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi navbatdagi test sinovlarini 2023-yilning 4-choragida o‘tkazish rejalashtirilgan.

📋 Talabgorlar ona (ozbek) tili va adabiyot fanidan test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qish tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar royxati shakllantirildi.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1️⃣ “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣ “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
3️⃣ “Oltin Zanglamas” romani (Shuhrat).
4️⃣ “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
5️⃣ “Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).

👨🏻‍💻 Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. Ular bilan test spetsifikatsiyada tanishishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2023-yilning 2-yarmida o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot, fizika, matematika, tarix va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#kollej_texnikum

2023/2024-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari birinchi kuni bo‘lib o‘tdi

Imtihonlar ikki smenada: 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena 15:00 dan 18:00 gacha oʻtkazilib, ularda 37 ming nafardan ortiq abituriyent test jarayonida ishtirok etdi.

Sinovlar 29-sentabrga qadar davom etadi.

Eslatma: abituriyentlar test sinovi natijalarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, yakuniy tanlov natijalarini esa, 3-oktabr kuni bilishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi

Joriy yilning 1-6-oktyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

🕰 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

📥 Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023   #Kollej   #Texnikum
⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 26-sentabr kuni barcha hududlarda professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari boshlandi.

26-sentabr kuni 61 ta binoda ikki smenada o‘tkazilgan test sinovlarida jami 23 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.

💻 26-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.

📌 Bu yilgi reytingda O‘zbekistondagi 48 ta oliy ta’lim muassasasi Reporter maqomida reytingdan o‘rin oldi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 20 taga ko‘p degani.

➡️ Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.

☑️ Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

📌Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash boʻyicha maʼlumot taqdim etgan boʻlib, ulardan 769 tasi “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan
chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari muddatlari e`lon qilingan edi.

Joriy yilning 21-22-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sinovlarda ishtirok etish uchun 7-oktabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish mumkin. (To‘lov qilish 8-oktabrga qadar)

Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

👉
Test sinovlari formati

👉 Test namunlari

👉 Gapirish ko‘nikmasi

👉 Yoshi ko‘nikmasi

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Kollej #Texnikum

⚡️ Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 27-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 27-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Ma’lumot uchun: 27-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 27 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat universitet ham xalqaro reytingga kirishga da’vogar bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.

E’tiborlisi, unda ilk bor O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta‘lim muassasalaridan biri – Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ham "Reporter" maqomida o‘rin oldi.

Ushbu reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yoʻnalishdagi samaradorlik koʻrsatkichlari baholandi: oʻqitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash boʻyicha maʼlumot taqdim etgan boʻlib, ulardan 769 tasi “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar maqomiga ega boʻldi.

Toshkent kimyo xalqaro universiteti universitetning ilmiy-pedagogik jamoasi va talabalarini nufuzli reytingga kirish yo‘lidagi kichik g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM