Ta'lim nazorati
110K subscribers
4.1K photos
955 videos
457 files
6.1K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Super-kontrakt miqdorlari 2023.pdf
91.6 KB
Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)

Mazkur faylda 2023/24-o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100 foiz to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida yotoqxonaga qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (14.08.2023-yildagi 376-son)ga ko‘ra, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

👉 “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

👉 I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;

👉 bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;

👉 xalqaro fan olimpiadalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

👉 “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;

👉 oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

👉 talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

⚡️ Sobiq NamDU rektori Boymirzayev Karimjon Mirzaxmedovich “University of Business and Science” ga rektor etib tayinlandi

Karimjon Mirzaxmedovich — 1962-yilda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan.

1984-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Geografiya fanlari doktori (DSc), Dotsent.

Mehnat faoliyatini Namangan shahridagi maktabda o‘qituvchi sifatida boshlab, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri va keyinchalik Namangan davlat universitetida Dekan, Prorektor, Geografiya kafedrasi professori, NamDU akademik litseyi direktori hamda NamDU rektori kabi yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Karimjon Mirzaxmedovich 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat OTMlari talabalar ijara to‘lovining 50 foizini qoplab berishi kerak

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (24.09.2021 yildagi 605-son)ga muvofiq, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va ijarada yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

👉 ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmasligi;

👉 ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab berilishi;

👉 oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Direktorlar Kengashi 270-son buyrug'i.pdf
3.6 MB
⚡️ Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari Direktorlar kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida

Direktorlar kengashi toʻgʻrisida NIZOM

Direktor lavozimiga ochiq tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida TARTIB

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarining malaka tavsiflari

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari lavozimiga nomzodlarni ochiq tanlov asosida saralash va lavozimga tayinlash SXEMASI

🔖 Direktorlar kengashi ROʻYXATI

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Statistika
⚡️ Hududlar kesimida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

🗺 Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

🔹 Qashqadaryo viloyati — 20 759 nafar;
🔹 Samarqand viloyati — 20 421 nafar;
🔹 Farg‘ona viloyati — 18 822 nafar;
🔹 Toshkent viloyati — 15 347 nafar;
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14 428 nafar.

📍 OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

🔸 Buxoro viloyati — 28,32 %;
🔸 Navoiy viloyati — 24,03 %;
🔸 Xorazm viloyati — 23,95 %;
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,84 %;
🔸 Toshkent shahri — 22,18 %.

📈 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha bali 99 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

🔹 Buxoro viloyati — 107,3 ball;
🔹 Toshkent shahri — 105,2 ball;
🔹 Farg‘ona viloyati — 104,1 ball;
🔹 Namangan viloyati — 101,2 ball;
🔹 Xorazm viloyati — 100,0 ball.

⬆️ To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qiladi

🔸Mazkur tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliya va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ta’lim muassasalarida bakalavriat (kunduzgi o‘qish shakli) so‘nggi bosqichida hamda magistratura yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar tanlov asosida ishtirok etadi.

🔘Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti;
🔘Toshkent shahridagi Vebster universiteti;
🔘Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
🔘Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
🔘Toshkent moliya instituti;
🔘Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
🔘Toshkent shahridagi INXA universiteti;
🔘Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.

Stipendiatlarga qo‘yiladigan talablar:👇

🔘o‘quv jarayonida (so‘nggi o‘quv yili natijalariga ko‘ra) yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi (86% dan yuqori);
🔘davlat tilini mukammal bilishi;
🔘xorijiy tillarni (rus va ingliz) bilishi, eng kamida B2 darajasida.

Qo‘shimcha ustunlik beriladi:👇

🔘ASSA va boshqa xalqaro sertifikatlar;
🔘Python (numpy, pandas, matplotlib) dasturlash tilida ishlay olishi;
🔘Data parsing (beautiful soup, selenium) dasturida ishlay olishi;
🔘Power BI, Qlik platformalarida ishlay olishi;
🔘IELTS 7.0 darajasi;
🔘sohaga oid xalqaro yoki respublika olimpiadasi g‘olibi yoki sovrindorlari.

❗️Hujjatlar joriy yil 13 sentyabrga qadar qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni OTMning rektorati orqali olishingiz mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Superkontraktlar uchun shartnoma berish boshlandi

Abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali superkontraktda o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishlari mumkin.

Amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga superkontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud.

Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi.

Eslatma: Superkontraktlar uchun imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.

Tijorat banklari oʻz imkoniyatlariga koʻra tijoriy taʼlim kreditlari berishi mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi.

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06
balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06
balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06
balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

👉Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
247-maktab malaka tavsiflari.pdf
3.8 MB
⚡️Malaka tavsiflari yangilandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug'i bilan:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (2-ilova);

tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlari (3-ilova);

hamda vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari va muassasalar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlarining (4-ilova) malaka tavsiflari tasdiqlandi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ertaga kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi

2023-yil 10-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

🖥 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 10-sentabr — professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

👨🏻‍💻 Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Qabul parametrlari

KOLLEJ
Kunduzgi
Sirtqi
Kechki
Dual

TEXNIKUM
Kunduzgi
Sirtqi
Kechki
Dual

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Super-kontraktda 2-3-4-5-yoʻnalishlardan birini tanlasa bo‘ladimi?

Hozirgi
vaqtda faqat tanlangan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun imkoniyat berilgan.

Biroq o‘tgan yili Davlat qabul komissiyasi qaroriga koʻra, tanlagan beshala yoʻnalishiga ham oʻqishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yoʻnalishdan birini tanlab, super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beril super kontraktda oʻqishiga ruxsat berilgan edi.

👉 Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)

Joriy yilda ham ruxsat berilsa, kanalimiz (@uztdi) orqali xabar beriladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi

2023-yil 10-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

🖥 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 10-sentabr — professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

👨🏻‍💻 Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Qabul parametrlari

KOLLEJ
Kunduzgi
Sirtqi
Kechki
Dual

TEXNIKUM
Kunduzgi
Sirtqi
Kechki
Dual

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Imtiyozli ta’lim krediti kimlarga ajratiladi?

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

Imtiyozli ta’lim krediti qancha muddatga ajratiladi?

Rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. Agar talaba 1-kurs bo‘lsa 11 yil 7 oy muddatgacha kredit to‘lovlarini to‘lashi mumkin.

Imtiyozli ta’lim krediti qancha miqdorda ajratiladi?

Talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontraktda ko‘rsatilgan miqdorda

Imtiyozli ta’lim kredit foiz stavkasi qanday?

Ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasida (14 foiz) ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi. Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-avgustdagi 457-sonli qaroriga asosan xotin-qizlar uchun foizsiz (0 foiz stavkada) ajratiladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Super yoki tabaqalashtirilgan kontrakt har yili to'lanadimi

Super yoki tabaqalashtirilgan kontraktni faqat o'qishga kirgan yili bir marta to'lanadi. Keyingi yildan oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlanadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga:

talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;

ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

👉 Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
56,7 balldan kam to‘plaganlar ham super-kontraktda o’qishi mumkinmi?

Kecha kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi berildi.

Masalan, abituriyent pedagogika yo‘nalishiga topshirib, 54 ball to‘plagan. Bunda u birinchi o‘quv yili uchun kamida 102 mln 601 ming 760 so‘m to‘lashi kerak (2 x 51 300 880 so‘m) bo‘ladi.

To‘lanadigan ushbu miqdorni belgilashda kirish balliga qancha yetmagani hisobga olinmaydi.

Yanada osonroq hisoblash uchun, faylda ko’rsatilgan miqdorlarni 2 ga ko’paytiring.

👉 Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)

Tabaqalashrtirilgan kontrakt uchun 15-oktyabrgacha 100 foiz to’lov qilinganda 10 foiz chegirma beriladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10-sinf oʻquvchilari kasb-hunarlarga oʻrgatiladi

Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʻzi vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023/2024 oʻquv yilidan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarlarga oʻrgatish kurslari joriy etiladi;

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Pedagoglar ish haqi ikki barobar oshiriladi

Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.

Ushbu strategiyaning to‘rtinchi — Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bandiga ko‘ra:

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqi ikki barobar oshiriladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM