Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.01K photos
968 videos
426 files
5.94K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMga hujjat topshirganlar 5 ta yo‘nalishni qanday tanlaydi?

◾️Bu yil 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon olinadi. Ularga hujjat topshirgan abituriyentlar faqat shu OTMlar ichidan 5 ta yo‘nalish tanlashi kerak. Chet tilidan test olinadigan OTMdagi yo‘nalishni tanlash imkoni yo‘q. Sababi test va ijodiy imtihon formati va beriladigan ballar bir-biridan farq qiladi.

👉 Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlar ro‘yxati

Ijodiy imtihon qanday olinadi?
Ijodiy imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📚
Imtihonlar 11 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab va fors tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

📆 Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi. So‘ng abituriyent qolgan bloklar uchun bo‘lib o‘tadigan test sinovida qatnashadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashgan va Prezident maktablariga hujjat topshiradigan talabgorning hujjati onlayn tarzda topshirilgandan soʻng qancha vaqtda xabar joʻnatiladi?

Oʻquvchining hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.

Hujjatlarni tahrirlash uchun qancha muddat beriladi?

Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, oʻquvchilarga yuborilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarni oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.

Taqdim qilingan arizani qaytarib olsa boʻladimi?

Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tilni haqiqiy egalaridan o‘rganing

Dunyoning 50 dan ortiq mamlaktida 250 million odam fransuz tilida so'zlashadi. Ushbu til sizni o‘zingiz kutmagan ajoyibotlar olamiga olib kiradi.

Agar siz bu tilni o‘rganishni hali ham boshlamagan bo‘lsangiz, Alliance Française de Tachkent 🇫🇷 sizga bu borada yordam berishga tayyor.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Hoziroq qo‘ng‘iroq qilib o‘z joyingizni band qiling:
+99871 244 94 08
+99871 244 94 09

📍Toshkent, Labzak, Zulfiyaxonim ko'chasi, 112-uy

Telegram kanal: t.iss.one/AFtachkent

Курсы французского языка — это отличная возможность быстро прокачать свой уровень среди носителей

Французский язык входит в десятку самых популярных языков для изучения. На нем говорят жители более 50 стран. Это язык дипломатии, искусства, моды, гастрономии и виноделия.

Alliance Française de Tachkent🇫🇷 — престижный языковой центр французского языка с современным и технологичным интерьером с интересной методикой обучения. Наши преподаватели, прошедшие обучение во Франции, лучшие специалисты в городе.

Успей забронировать место, пока оно есть

Номера: +99871 244 94 08
+99871 244 94 09

📍 Ташкент, Лабзак, улица Зулфияхонима, дом 112

Телеграм канал: t.iss.one/AFtachkent
OTMga kirishda maksimal ball olish uchun chet tili sertifikati darajasi qanday bo‘lishi kerak?

◼️Bakalavriat ta’lim bosqichiga hujjat topshirayotgan abituriyentning chet tili sertifikati B2 bo‘lsa, unga chet tili blogidan maksimal ball beriladi. Undan pastroq sertifikatlar, masalan, B1 sertifikati qabul qilinmaydi.

Masalan, ingliz tili abituriyentning birinchi fani bo‘lsa, unda 93,0 ball, ikkinchi fani bo‘lsa, 63,0 ball naqd degani.

Nafaqat ingliz tili, balki nemis, fransuz, yapon va boshqa tillardan ham sertifikat olib foydalanish mumkin.

Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlarda ham shu darajadagi sertifikati bor abituriyentlarga maksimal ball beriladi.

Magistratura uchun-chi?

◽️OTMlarning magistraturasiga hujjat topshirish uchun chet tili sertifikati majburiy qilib qo‘yilgan. Ya’ni agar abituriyentning chet tili sertifikati bo‘lmasa, unda hatto hujjat topshirishga ham imkon bo‘lmaydi.

Bunda filologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun sertifikat darajasi kamida C1, boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun esa B2 bo‘lishi kerak.

❗️Eslatib o‘tamiz, bu yil magistraturaga faqat bir marta yoz oyida qabul bo‘ladi. Qishki qabul bo‘lmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 21-may kuni o‘tkazilgan tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abirutiyentlarni eng ko‘p qiziqtirgan savollarga javoblar

Oliy ta’lim muassasalariga qabul va kirish imtihonlari bo‘yicha dolzarb savollarga javoblar:

Kasbiy-ijodiy imtihoni bor yo‘nalish tanlansa, faqat bitta joyga topshira oladimi, boshqa yo‘nalishlarni tanlab bo‘lmaydimi?

Javob: 👉 https://t.iss.one/uztdi/6794

Kirish imtihonlari qanday sharoitda o‘tishi kerak?

Javob: 👉 https://t.iss.one/uztdi/6795

OTMga kirishda maksimal ball olish uchun chet tili sertifikati darajasi qanday bo‘lishi kerak?

Javob: 👉 https://t.iss.one/uztdi/6885

Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMga hujjat topshirganlar 5 ta yo‘nalishni qanday tanlaydi?

Javob: 👉 https://t.iss.one/uztdi/6882

Harbiy tavsiyanoma 5 ta oliy ta’lim muassasasiga ham o‘tadimi?

Javob: 👉 https://t.iss.one/uztdi/6880

Abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun qancha to‘lov qilishi kerak?

Javob: 👉 https://t.iss.one/uztdi/6867

Bu yil texnikumni bitirganlar suhbat asosida 2-kursga qabul qilinadimi?

Javob: 👉 https://t.iss.one/uztdi/6855

5 yillik stajga ega bo‘lganlarga OTMga kirish uchun o‘tgan yili berilgan tavsiyanoma joriy yilda ham amal qiladimi? Bu tavsiyanomani qaysi tashkilotlar beradi?

Javob: 👉 https://t.iss.one/uztdi/6850

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlarga ajratiladigan 2 mingta grant uchun ariza topshirganlar javobini qachon biladi?

◼️Bugun, 15 iyun – ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun ajratiladigan grant o‘rinlari uchun tavsiyanomaga ariza topshirganlar tavsiyanomalarini olishlari uchun oxirgi kun.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi har yili 15-iyungacha tavsiyanoma beriladigan nomzodlarga tavsiyanomalari yetkazishi va ular haqidagi ma’lumotlarni Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborishi kerak.

✔️ Ma’lumotlari elektron bazaga kiritilgani uchun tavsiyanomali xotin-qizlar OTMga hujjat topshirayotganda imtiyoz ma’lumotlarini kiritib o‘tirishi shart emas. Hamma ma’lumotlar elektron platformada avtomatik chiqadi. Agar abituriyentning tavsiyanomasi bo‘lsa ham, hujjat topshirayotganda tavsiyanoma ma’lumotlari chiqmasa, unda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga murojaat qilishi lozim.

❗️Eslatma: tavsiyanomaning amal qilish muddati 1 yil. O‘tgan yilgi tavsiyanomalar bu yilgi qabulda hisobga olinmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#akademik_litsey

⚡️2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.

👉Akademik litseylarga qabul kvotalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2023-yildan maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar elektron beriladi

◼️ 9- va 11-sinfni bitirayotgan o‘quvchilarga shahodatnomalar qog‘oz shaklda emas, elektron shaklda beriladi.

Bunda bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga kiritiladi va ushbu ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlanadi. Bitiruvchi haqidagi ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlangandan so‘ng shahodatnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi va unga QR-kod tasviri tushiriladi.

🗓 Shahodatnomalarni bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Bitiruvchi “Elektron shahodatnoma” platformasiga ID-karta, pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi va raqamini kiritib shahodatnomasini bepul yuklab oladi.

❗️Internet yetib bormagan olis va chekka hududlarda joylashgan ta’lim tashkilotlariga shahodatnomalar elektron platformadan yuklab olinib, chop etilgan holda taqdim etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muddatdan oldin oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan maktab bitiruvchilari statistikasi

✔️ 2022-2023-o’quv yilidagi bitiruvchilar - 382 273 nafar
✔️ Muddatidan oldin OTM qabul qilinganlar - 12 340 nafar

Shundan:
Xorijiy OTM kirganlar - 4 113 nafar
Xorijiy OTM O’zbekistondagi filialiga kirganlar - 3 853 nafar
Nodavlat OTM kirganlar - 4 374 nafar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥇Maktablarni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga OTMga kirishda imtiyoz beriladimi?

◼️ Yo‘q. Garchi maktab bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallar maktablarning barcha baholari a’lo bo‘lgan, yaxshi xulq-atvorli va jamaot ishlarida faol o‘quvchilariga berilsa ham, medallarning hech qanday imtiyozi yo‘q.

2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 41 ta turdagi imtiyozlar mavjud. Biroq ular orasida oltin va kumush medalli bitiruvchilar yo‘q.

❗️Ma’lumot uchun: oltin va kumush medallar har yili bitiruvchilarga 15-iyungacha tantanali ravishda topshirilishi kerak.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi va ularning taqsimoti qanday?

📚 Mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi:

1️⃣ oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
2️⃣ o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
3️⃣ qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

📌 Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni hamda Agentlik tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar va pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 15-30-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
pedagogik oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlagan bo‘lishi (magistraturaning 2-bosqich talabalari ham o'qituvchi sifatida tanlovda ishtirok etishi mumkin);
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
malaka toifalar haqidagi tasdiqlovchi hujjatlar;
pedagogik qayta tayyorlashdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (sertifikat) nusxalari (agar mavjud boʻlsa).

👥 Bo‘sh ish o‘rinlari

🖥Hujjatlarni 15-30-iyun (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari iyul oyida bo‘lib o‘tadi

🔰 Ma’lumki, 2023-yil mart oyidan boshlab xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish Bilim va malkalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirga qadar Agentlik tomonidan xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 4 marotaba test sinovlari o‘tkazildi.

📌 Agentlik tomonidan yil davomida 50 dan ortiq turdagi test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, iyun oyida 4 ta test sinovi o‘tkazilishi belgilangan.

☑️ Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlariga oz fursat qolgani sababli Agentlikda ish hajmi keskin ortgan.

📆
Shu sababli xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha navbatdagi test sinovlarini iyul oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

📣 Test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari iyun oyi yakuniga qadar eʼlon qilinadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qabul kvotalari.pdf
23.7 MB
Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi

“2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishi (F-31-son, 15.06.2023-y.) qabul qilindi.

Farmoyishga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:

🔹bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;

🔹magistratura bo‘yicha 8 923 nafar etib tasdiqlandi.

🗓
Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023-yil 20-iyungacha tasdiqlaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bakalavr_kvota_grant2023.pdf
27.8 MB
2023/2024-oquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga BAKALAVRIYATNING KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI davlat bo‘yicha buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish boyicha kvota

👉 Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistr__kvota_grant2023.pdf
22.9 MB
2023/2024-oquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari MAGISTRATURASIga davlat buyurtmasi asosida oqishga qabul qilish boyicha kvota

👉 Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri matbuot kotibi vazirlik faoliyatiga doir eng ko‘p berilayotgan savollarga javob berdi.

Unga ko‘ra:

👉 Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlarga ega pedagoglarga har oy qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi;

👉 Maktab rahbariyati o‘quv yilining oxirida “Bo‘shliqlar daftari”, “Tezislar” kabi hujjatlarni talab qilishi mumkin emas;

👉 O‘qituvchilar bitiruvchilarining o‘qishga hujjat topshirishi hamda kirishini ta’minlashga majbur emas.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Texnika yo‘nalishidagi matematika savollari iqtisod yo‘nalishidagi matematika savollaridan farq qiladimi?

▶️ Bir fan doirasida barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun bir xil test topshiriqlari spetsifikatsiyasidan foydalaniladi.

📌 Demak, texnika yo‘nalishidagi matematika savollari iqtisod yo‘nalishidagi matematika savollaridan farq qilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan yilgi savollar bu yil takrorlanishi mumkinmi?

📚 Test sinovlari bir kunda ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Birinchi smenada tushgan test variantlari ikkinchi smenada takrorlanmaydi.

🗂
Test sinovlari 15 kun davomida 2 smenada bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, har bir smena uchun tegishli fanlar bo‘yicha alohida test topshiriqlari bazasi shakllantiriladi.

📌
Bunda test variantlarining teng kuchliligi ta’minlanadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM