Ta'lim nazorati
100K subscribers
4.06K photos
977 videos
447 files
6.05K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
⚡️Prezident farmoni: Malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi

“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2024-yil 1-yanvardan davlat bogʻcha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

❗️Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.)ga asosan 2024-yil 1-iyundan bogʻchalardagi oliy maʼlumotli tarbiyachilarning oyligi maktab oʻqituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident farmoni: birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilar 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi

Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.)ga asosan 2024-yil 1-yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.

❗️Bunda 2023/2024 oʻquv yilidan oʻqituvchilar stajyor-oʻqituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🔖 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o'quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Direktorlarga oʻz oʻrinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish hamda oʻquv rejalariga oʻzgartirish kiritish huquqi berildi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlariga oʻz oʻrinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida oʻquv rejalariga 15 foizgacha oʻzgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

❗️tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash boʻyicha vakolatlari bekor qilinadi.

📤Ushbu farmon bilan kiritilayotgan boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagoglarga 70 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifalarini berish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazish orqali pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

💰Bunda, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi;

🖥 pedagog kadrlarning “elektron portfoliosi” shakllantirib boriladi va unga oʻqituvchilarning malaka darajasi, kasbiy rivojlanish natijalari va pedagogik faoliyati davomida erishgan yutuqlari kiritiladi.

Ushbu farmon bilan kiritilayotgan boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ijod maktablari 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi

Agentlik tizimidagi quyidagi 9 ta ijod maktablariga 7- sinfga qabul qilinadi:

➡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
➡️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
➡️ Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
➡️ Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
➡️ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
➡️ Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi
➡️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
➡️ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
➡️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

🗂 Ijod maktablariga talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

👉 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bola tugʻilganidan boshlab maktabga onlayn hisobga qoʻyiladi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

bola tugʻilganidan soʻng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida onlayn hisobga qoʻyiladi;

🖥
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining har oʻquv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.

Ushbu farmon bilan kiritilayotgan boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mentalaba.uz jamoasi abituriyentlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida tinimsiz harakatda🚀

Endi siz Mentalaba.uz Rasmiy boti orqali yurtimizdagi barcha oliygohlar haqidagi ma'lumotlarni topishingiz, va shu yerning o'zidan oliygohlarga hujjat topshirishingiz mumkin 📲😍

Botdan foydalanib ko‘ring va fikrlaringizni izohlarda qoldiring: 👉@mentalabauzbot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🗂 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga talabgorning quyidagi hujjatlari talab etiladi:

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

✔️ 2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining
◾️ aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfga
◾️ tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston vakili IEA Bosh Assambleya vakilligiga nomzod sifatida taklif etildi

Taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) ijrochi direktori Doktor Dirk Xastedt xatida:

"O‘zbekiston YUNESKO va IEA qoʻshma tadqiqoti, “Reponses to Educational Disruption Survey” (REDS)da ishtirokidan soʻng Oʻzbekistondagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar milliy markazi 2021-yil global pandemiya davrida IEAning Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash (PIRLS) xalqaro tadqiqotini muvaffaqiyatli va qahramonona tashkil etdi" deyilgan.

Shuningdek, Milliy markazi direktori Abduvali Ismailov IEA Bosh Assambleya vakilligiga nomzod sifatida taklif etilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat bogʻcha va maktablarga litsenziya berish talablari yengillashtiriladi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023-y)ga koʻra 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab:

nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda oʻqituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda taʼlim oluvchilarning maksimal soniga qoʻyilgan talablar yengillashtiriladi;

nodavlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlariga sport zalni ularga ijara va tekin foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan hamda belgilangan talablarga javob beradigan binolarda ham tashkil etishga ruxsat etiladi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkent milliy ta’lim universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent milliy ta’lim universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga hech qanday sertifikat bermagan va uning faoliyati noqonuniy.

Nodavlat oliy taʼlim muassasasi sifatida rasman faoliyatini boshlagan yoki tugatgan taʼlim tashkilotlari haqida kanalimiz (@uztdi) hamda murojaatlar botimiz (@uztdibot) orqali maʼlumot berib boriladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

🏳️ Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrog‘ida yashil fonda qizil, sariq, ko‘k, oq va qora rangdagi beshta uslubiy bolalar figuralari tasvirlangan.

Ular irqi, millati, yashash joyi va mavqeidan qat'i nazar, sayyoramizni barcha odamlar va bolalar uchun umumiy uy sifatida ifodalovchi Yer belgisi atrofiga joylashtirilgan.

👉 Yana bir qiziq fakt, 2013-yildan beri 1-iyun Jahon ota-onalar kuni sifatida ham nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasining 2012-yil sentabr oyida boʻlib oʻtgan 66-sessiyasida belgilangan bayram bilan taʼsis etilgan.

Hayotimiz mazmuni bo‘lgan bolajonlarning quvnoq kulgulari doimo olamni tutib tursin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma haqida asosiy ma‘lumotlar

Granti asosidagi oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanomaga hujjat topshirish boshlangani va mezonlar haqida axborot bergan edik.

Ushbu tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi.

Tavsiyanoma ajratilgan qoʻshimcha toʻrt foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtishida tanlagan birinchi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tavsiyanomaga ega boʻlganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har yili 15-iyulga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining abituriyentlar bazasiga kiritiladi.

Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam boʻlmagan ball toʻplagan tavsiyanomaga ega boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda, qoʻshimcha toʻrt foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari
: 👉 https://t.iss.one/uztdi/6770

🖥 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy-ijodiy imtihoni bor yo‘nalish tanlansa, faqat bitta joyga topshira oladimi, boshqa yo‘nalishlarni tanlab bo‘lmaydimi?

Ushbu savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi javob berdi: Ha, faqat 1 ta yo‘nalishga topshira oladi. Beshta yo‘nalishni tanlash huquqi faqat test sinovlari topshiriladigan OTMlar uchun amal qiladi, xolos. Hozircha kasbiy-ijodiy imtihonlar o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun bunday imkoniyat yo‘q.

Kasbiy-ijodiy imtihonlar o'tkaziladigan yo‘nalishlar haqida batafsil maʼlumot bu yerda berib o‘tilgan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Rasman: test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi

🔰 Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi.

📌 Unga ko‘ra 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlarini o‘tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo‘lib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

🏢 Ushbu binolar Bilimni baholash agentligi tomonidan mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tanlab olingan.

❇️ Mazkur bayonda Agentlikka mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilgan bo‘lib, binolar ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Texnikum bitiruvchilarini OTMlarga suhbat asosida qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamat Mamanazorov ma’lum qildi:

"O‘tgan yili texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Ammo, joriy yilda ushbu tartibga bir qator o‘zgartirilish kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan,hozirgi kunda tasdiqlanishi kutilmoqda. Biroq hozirgi vaqtda bu tartib amalda turibdi, shu sababli qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilmagan taqdirda texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qilinadi
."

Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari RO‘YXATI

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim toifadagi talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
va qayta tiklangan talabalar uchun.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o’quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadi).

❗️Ma’lumot o‘rnida yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to’lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi faoliyati tugatilmoqda

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara toʻlovi toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash hamda oʻquvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilinganligi munosabati bilan byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi faoliyati tugatiladi.

Bunda, Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining barcha funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga oʻtkazilib, Davlat byudjeti hisobidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritish orqali mustaqil tasarruf etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi

◼️Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo'lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko'rilsa, grant asosida o'qiydi.

Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil.

O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM