Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.08K photos
977 videos
450 files
6.08K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilmoqda

Prezident qarori (№128 20.04.2023y) bilan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilmoqda.

Respublika markazi xodimlariga Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va ish haqi miqdorlari tatbiq etiladi;

davlat organlari rahbarlari Respublika markaziga har tomonlama koʻmaklashadi, jumladan, markaz oʻz vazifalarini bajarishi uchun unga zarur shart-sharoit yaratadi, shuningdek, soʻralgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etadi, tahlillar yakuniga koʻra kiritilgan materiallar va tavsiyalarni koʻrib chiqadi.

Respublika markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik Prezidentning fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;

Respublika markaziga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;

Respublika markazini taʼlim sohasida chuqur nazariy va amaliy bilimga ega boʻlgan, xorijiy tillarni egallagan, belgilangan vazifalar ijrosini yuqori professional darajada bajara oladigan tajribali va malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan toʻldirish choralari koʻriladi.

Respublika markazi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi 30-uy manzildagi bino joylashadi.

👉Respublika markazi vazifalari

👉 Кириллда ўқиш

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidagi brifingda berilgan savollarga javoblar:

👉 00:18 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanaqa yoʻnalishlar tashkil etiladi va qaysi sinflarga necha nafar oʻquvchilar qabul qilinadi?

👉 00:48 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qachon va qanaqa hujjatlar topshiriladi?

👉 01:18 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshirish uchun oʻquvchining baholariga qanaqa talab qoʻyiladi?

👉 01:33 Oʻquvchi Respublikadagi xohlagan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshira oladimi?

👉 02:12 Kirish imtihonalarining natijalari qachon eʼlon qilinadi? 

👉 02:37 Qanday holatlarda hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?

👉 03:10 Kirish imtihonlari takroran o‘tkaziladimi?

Agentlik axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar topshirish muddati ma'lum bo‘ldi

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining tanlovida ishtirok etish uchun xohish bildirgan oʻquvchining ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

📷 talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

✏️ talabgor va uning ota-onasi (qonuniy vakillari)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;

🤳 aloqa uchun telefon raqami platformaga kiritiladi.

Bu haqida agentlik axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov brifingda ma’lum qildi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oʻquvchilar faqat o‘zlari yashaydigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilinadi

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidagi brifingda bu haqida ma'lum qilindi:

➡️ Oʻquvchilar faqat oʻzlari oʻqiyotgan umumtaʼlim muassasasi joylashgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri)dagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilinadi.

➡️ Respublikaning turli hududlaridagi talabgorlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hamda Mirzo Ulugʻbek va Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga parallel ravishda hujjat topshirishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan oʻtolmagan oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi.

Bu haqida agentlik axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov brifingda ma’lum qildi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga imtihonsiz kirish imtiyozi kimlarga beriladi?

📑 Roʻyxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan (1, 2, 3-oʻrinlar) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻz hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarga umumiy qabul parametrlari doirasida imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadi.

🧑‍🏫 Shuningdek, Prezident maktablarining 5-sinf kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, oʻqishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida oʻz hududidagi oʻzlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida oʻqish istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

🗓 Bunda, talabgorlar Prezident maktabiga saralash imtihonlarining ikkinchi bosqich javoblari eʼlon qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni davomida ixtisoslashtirilgan maktab direktori nomiga oʻqishga qabul qilishni soʻrab ariza bilan murojaat etishlari lozim.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan oʻtkazilishi maʼlum qilindi

Agentlik matbuot kotibi bergan maʼlumotga koʻra ushbu muassasalarga kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test sinovi shaklida oʻtkaziladi:

Aniq fanlar yoʻnalishida:

— matematika (mantiqiy fikrlash);
— fizika fani (7-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
— ingliz tili;

Tabiiy fanlar yoʻnalishida:

— biologiya;
— kimyo (8-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
— matematika;
— ingliz tili.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshiradigan oʻquvchilarning baholariga hech qanday talab qoʻyilmaydi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“University of Business and Science” imkoniyatlar eshigini ochmoqda

Namangan shahrida joylashgan “University of Business and Science” universiteti tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi.

Ammo oliygoh talabalar uchun juda katta imkoniyatlar yaratmoqda.

Xususan, kunduzgi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning iqtidori va ilmiy salohiyatini moddiy rag‘batlantirish maqsadida bir semestr uchun grant berish joriy qilingan.

Ya'ni grant yutgan talaba bir semestr shartnoma summasidan ozod qilinadi.

Kuni kecha universitetning 10 nafar talabasiga 100 foizli grant taqdim etildi va ularning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidagi brifingdagi asosiy masalalar:

👉 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar topshirish muddati ma'lum bo‘ldi

👉 Oʻquvchilar faqat o‘zlari yashaydigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilinadi

👉 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan oʻtolmagan oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

👉 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga imtihonsiz kirish imtiyozi kimlarga beriladi?

👉 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan oʻtkazilishi maʼlum qilindi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi brifingi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi brifingida ma'lum qilindi:

Xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va direktorlarga bazaviy ta'rif stavkalariga nisbatan:

🥇 oltin medal uchun 200 foiz;
🥈 kumush medal uchun 175 foiz;
🥉 bronza medali uchun 150 foiz.

👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 150 foiz;

👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 100 foiz;

👉 tegishli xalqaro va milliy sertifikatlar uchun xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga ta’rif stavkalariga nisbatan – 50 foiz;

👉 xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga tarif stavkalariga ko‘ra – 50 foiz;

👉 kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test va suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog-kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining – 5.5 barobari;

👉 fizika-informatika, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar sinovidan maksimal ball olgan pedagoglarning ish haqi to‘lovlariga – 50 foiz;

👉 chet tili fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar ish haqiga – 50 foiz ustamalar beriladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun suhbat imtihoni 27-apreldan boshlanadi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 23-yanvardan 23-fevralga qadar test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar onlayn ro‘yxatga olingan edi.

👩‍🏫 Mazkur muddat davomida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun mart-aprel oylarida malaka oshirish kurslari tashkil etildi va kurs yakunida yakuniy test sinovlari o‘tkazildi.

🖥 Test sinovi natijalari nomzodlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilingan bo‘lib, maksimal ballning 60 % (24 ball) ni to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga o‘tgan hisoblanadi.

2023-yil 27-apreldan 5-mayga qadar keyingi bosqichga o‘tganlar bilan suhbat shaklidagi imtihon o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra nomzodlar bilan shartnoma imzolanadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Qoʻshimcha pedagogik faoliyat uchun toʻlanadigan ustamalar maʼlum qilindi

Qoʻshimcha pedagogik faoliyat uchun:

Sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,4 foizidan 52,8 foizigacha;

Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 8,8 foizidan — 17,6 foizigacha;

Informatika kabineti mudirligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 17,6 foizi;

🔹 Toshkent islom universitetini bitirgan pedagog xodimlarga —lavozim maoshining 20 foizi;

Boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglar uchun:

🔸 Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan, oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;

🔸 boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foiz;

🔸 Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga — ish stajidan kelib chiqib bazaviy tarif stavkalariga 10 foizidan 50 foizigacha;

🔸Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlarga — ish haqi summasining 10 foizidan 60 foizigacha (bunda xodimning lavozim maoshi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravari miqdoridan ortiq boʻlsa mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravariga nisbatan) to‘lanadi.

Ayol oʻqituvchilar uchun:

🔺 Qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi hamda sport ustozi boʻlib ishlayotgan ayol oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz;

🔘 Shuningdek, joriy yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tegishli tanlov jarayonlaridan oʻtgan oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5.5 baravari miqdorida ustama belgilangan.

Bu haqida Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Joriy yildan boshlab nodavlat maktablar ham baholash reytingida ishtirok etishlari mumkin

Xabaringiz bor, Hukumatning tegishli qarori asosida tuman (shahar)lar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida umumtaʼlim muassasalarining reytingi tuzib kelinmoqda.

Ushbu jarayonda qurʼa tashlash yo‘li bilan tanlab olingan 10 foiz maktablardagi 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari baholanadi, o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro TALIS baholash dasturi metodikasi asosida ijtimoiy so‘rovnoma o'tkaziladi.

Joriy yilda mazkur jarayonlarga yangilik kiritish maqsadida yurtimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini ham baholash nazarda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan milliy reytingda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat taʼlim tashkilotlarini https://forms.gle/tAhZ5EbfbiZBLURS7 havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘rab qolamiz.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

👉Maktab reytingini aniqlash bo‘yicha NIZOM

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Kundalik.com: Endi o‘qituvchi bitta sahifada ham uy vazifasini berishi, ham baho qo‘yishi, ham mavzuni ko‘rishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Kundalik.com tizimiga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:

❇️ “Kun uchun jurnal”da “dars o‘tkazildi” katagiga belgi qo‘yish mumkin bo‘ldi. Endi o‘qituvchilar “Kun uchun jurnal”da davomat va baholarni hamda darhol dars o‘tkazilganligini belgilashlari mumkin.

💻 O‘qituvchilar jurnalni “Kundalik”ning veb-talqinida, mobil brauzerda, shuningdek Kundalik.Teacher ilovasida to‘ldirishlari mumkin.

🔰 Direktorlarning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Ma’naviyatni boshqarish, Maktab” hamda “Ma’naviyat boshqaruvi”, “Sinf rahbari uchun” davomat hisobotlari paydo bo‘ldi. Bu esa nazorat qiluvchi organlarga ma’lumotlarni uzatishni soddalashtiradi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Kundalik.comda sinf rahbarlari uchun davomat bo‘yicha qo‘shimcha belgilar joriy etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kundalik.com tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

MMTV huzuridagi Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasining iltimosiga binoan, sinf rahbarlari uchun davomat bo‘yicha qo‘shimcha belgilar joriy etildi.

Uzrli sababli:
Uzrli sababga ko‘ra qatnashmaslik (р | dq)
Kasallik sababli yo‘qligi (б | k)

Uzrli sababsiz:
Uzrli sababsiz qatnashmaslik (н|s)
Muntazam o‘tkazib yuboradi (c | m)
Ruxsatsiz xorijda (зг | ch)
Ota-onalar o‘qishiga qarshilik qiladilar (рп | q)
Ota-ona nazorati yo‘q (бк | ns)
Turmush qurganligi sababli o‘tkazib yuborgan (cн | tq)

Boshqa sabablar:
Darsga kechikkanligini bildirish (o | kq)

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Prezident maktablariga talabgorning 4-sinfda matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari "5" bo‘lishi lozim

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov Prezident maktablariga 2023-2024 o‘quv yiliga qabul yuzasidan ma’lumot berdi:

👉 Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

👉 Talabgorning ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda hujjatlarni topshiradilar.

👉 Prezident maktabiga kirish imtihonlari 2 bosqichda o‘tkaziladi.

👉 Kirish imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida e’lon qilinadi.

👉 Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

👉 Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Prezident maktabiga qachon va qanaqa hujjatlar topshiriladi?

Prezident maktabining tanlovida ishtirok etish uchun xohish bildirgan oʻquvchining ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

📋 talabgor toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

📷 talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

📂 oʻquv yili natijasiga koʻra talabgor baholari (elektron) tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

🪪 📞 Talabgor va uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari va aloqa uchun telefon raqami platformaga kiritiladi.

📍Hujjatlar faqat nomzod oʻqiyotgan umumtaʼlim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️Hozirning o’zida may oyida qancha maosh olishingizni bilib oling!

Xabaringiz bor, Prezidentning tegishli qarori bilan 1-maydan boshlab byudjet tashkilotida ishlovchi xodimlarning oyliklari 7 foizga oshirildi.

@oylikhisoblaydigan_bot yordamida may oyidan boshlab oladigan oylik maoshingizni turli ustamalar, soliqlar va qo‘shimchalar bilan birga hisoblashingiz mumkin.

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va foydalanishni boshlang!
Audio
⚡️ Milliy sertifikat imtihonlarining 1-yarim yilligi may oyida yakunlanadi. 2-yarim yilligi esa oktyabr oyidan boshlanadi.

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig'i Zafarbek Olimbekov ma’lum qildi.

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Audio
Milliy sertifikat imtihonlari natijalari oliy ta’lim muassasalariga kirishda ham tan olinadimi?

Ushbu savolga Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig'i Zafarbek Olimbekov javob berdi.

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi