Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.08K photos
977 videos
449 files
6.07K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazilmoqda

Bugun, 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.

📊 Tanlovda Respublika bo‘ylab 6885 ta maktab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axborot tizimda ro‘yxatdan o‘tgan.

1-bosqichda maktablar 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi: test topshiriqlari uchun 50 ball, asosiy ko‘rsatkichlar uchun50 ball.

➡️ Maktab jamoasining har bir a’zosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari umumlashtiriladi va asosiy ko‘rsatkichlarga qo‘yilgan ballar qo‘shilgan holda maktabning umumiy natijasi chiqariladi.

Umumiy natijaga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar g‘olib deb topiladi.

🏆 Tanlov gʻoliblari quyidagi miqdorlarda Prezident sovrini bilan mukofotlanadi:

1-oʻrin100 million soʻm;
2-oʻrin75 million soʻm;
3-oʻrin50 million soʻm.

👉 Tuman bosqichida 1-o‘rinni ko‘lga kiritgan maktab viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha maktabning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining g‘olib maktablarida Prezident sovrini mablag‘lari qanday yo‘naltiriladi?

Pul mukofotlari tanlovning belgilangan bosqichi yakunlangandan so‘ng 5 ish kuni ichida g‘olib maktabning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

➡️ G‘olib maktabning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:

asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha maktabning yuqori baholanishiga hissa qo‘shgan hamda o‘quvchilarni tanlovga tayyorlagan xorijiy tillar o‘qituvchilarini rag‘batlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha;

tanlovda qatnashib yuqori natijalar ko‘rsatgan terma jamoa a’zolari bo‘lgan o‘quvchilarni esdalik sovg‘alar yoki naqd pul shaklida rag‘batlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha;

maktabning boshqa ehtiyojlari, jumladan, tanlovning keyingi bosqichiga tayyorgarlik uchun zarur xarajatlar, xorijiy tillarni o‘qitishni yanada yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratish uchun — mukofot summasining qolgan qismi.

🔘 Terma jamoa a’zolariga bir xil qiymatdagi sovg‘alar ajratiladi yoki mukofot summasi jamoa a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI

🌙 Oʻzbekiston musulmonlari idorasi diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Eslatma!

Qadrli kuzatuvchilar!

Eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish) muddati tugashiga 10 kun qoldi.

Avval xabar berganimizdek, turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan, ya’ni maktabni tamomlamagan fuqarolar eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshirish uchun ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-mayga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

➡️ Shu kunga qadar eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun 8990 nafar fuqaro ariza topshirgan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023-yil 24-aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

Prezident farmoni

Kanalga ulanish
👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni boʻladi

Prezident farmoniga koʻra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni boʻladi:

21-aprel, juma — Hayit bayrami;
22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
24-aprel, dushanba —barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan mavzular oʻquv yilining 4-choragi davomida tigʻizlashtirib oʻtilishi tavsiya etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari 21-apreldan 24-aprelga qadar mamlakatimizdagi barcha umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari bo‘lmasligini, o‘quv jarayonlari joriy yilning 25-aprelidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

Dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan mavzular o‘quv yilining 4-choragi davomida tig‘izlashtirib o‘tilishi tavsiya etiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish
👇
https://t.iss.one/uztdi
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi oliy ta’lim tashkiloti — Namangan Xalqaro Universiteti ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tafsilotlar "O‘zbekiston24" telekanali lavhasida

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
📣 Xalqaro sertifikat olish bo‘yicha onlayn muloqot va MASTER-KLASSga taklif etamiz!

Prezidentning 11.05.2022 yildagi PF-134-son Farmonning 9-bandiga koʻra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanishi belgilangan.

Shu jumladan, GMAT (Graduate Management Admission Test – Quantitative Reasoning matemetika bloki) sertifikat imtihonida maksimal 51 balldan 37 ball va undan yuqori ball to'plagan matematika fani o‘qituvchilari 3 yil davomida har oylik oyligiga qo'shimcha 50% miqdorida ustama oladi.

Ko‘pchilik o‘qituvchilar ushbu imtihon tartiblaridan yaxshi xabardor emasliklari uchun ham topshirishdan qo‘rqib turishadi.

Ushbu imtihon haqida batafsil ma‘lumot berish va ustozlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarish maqsadida bugun, 22-aprel kuni soat 20:00da Ta’lim nazorati kanali (@uztdi)da bir necha xalqaro olimpiadalar g‘olibi hamda GMAT imtihonida 51 balldan 50 ball olgan Abbosxon Sayliev bilan onlayn muloqot va MASTER-KLASS tashkil etilmoqda.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni hamda yana qaysi mavzular bo‘yicha onlayn muloqot tashkil qilish bo‘yicha istaklaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Muloqotni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo‘ling👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_7

🎙 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova “Vazirga murojaat” rukni ostida eʼlon qilingan navbatdagi audiomurojaatda quyidagi savollarga javob berdi:

➡️ 00:13 O’qituvchilarning o’zi yoki oila a’zolari sog’liklarini tiklashlari uchun moddiy yordam nazarda tutilganmi?

➡️ 01:34 “Vazir jamg’armasi” tanlovining 2-bosqichida ma’lum va uzrli sabablar tufayli ishtirok eta olmagan nomzodlar uchun mazkur bosqichni qayta o’tkazish mumkinmi?

➡️ 03:03 Googlе for education sertifikatiga ega nomzodlar informatika va matematika fanidan dars bersa, ularga faqat informatika darsi soatlariga ustama to‘lanadimi?

➡️ 04:21 Amaldagi tartib bo‘yicha o‘qituvchilar uchun tug`ruq ta`tili qanday hisoblanadi? Shuningdek, bunda o‘qituvchilar yana qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlanishi 2 kun qoldi

Ona
(o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

🖥 Shuningdek, 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish ham 10-apreldan 24-aprelga qadar amalga oshiriladi.

Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 24-aprel (to‘lov qilish — 25-aprel) kuni hisoblanadi.

👉Milliy sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
4 ta fandan onlayn olimpiadalarga start beriladi

🔶 Joriy yilning 24-29-aprel kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

⚜️Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

📊Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Bugun milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

👨🏻‍💻 10-aprel kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📆 Bugun, 24-aprel — mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olishning (to‘lov qilish — 25-aprel) soʻnggi kuni hisoblanadi.

🖥 Unda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar kun yakuniga qadar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda test sinovlari ona tili va adabiyot fanidan 14-may kuni, tarix va geografiya fanlaridan 21-may kuni boʻlib oʻtadi.

👉Milliy sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Таълимни ривожлантириш республика илмий-методик маркази ташкил этилмоқда

Президент қарори (№128 20.04.2023й) билан Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг Таълимни ривожлантириш республика илмий-методик маркази ташкил этилмоқда.

Мазкур Республика маркази:

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Республика таълим марказининг 34 та штат бирлигини ҳамда фаолияти тугатилаётган Таълим сифатини баҳолашнинг халқаро тадқиқотлар миллий марказининг 18 та штат бирлигини;

Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузуридаги Олий таълимни ривожлантириш тадқиқотлари ва илғор технологияларни татбиқ этиш марказининг 10 та штат бирлигини қисқартириш ҳисобига ташкил этилади.

Марказнинг асосий вазифалари қилиб:

таълим жараёнига инновацион педагогик технологияларни, ўқитишнинг самарали шакл ва усулларини, таълим сифатини баҳолаш ва мониторинг қилишнинг замонавий тизимларини жорий қилиш;

мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари, шунингдек, қисқа муддатли, шу жумладан хусусий ўқув курслар (кейинги ўринларда - ўқув курслари)нинг таълим стандартлари, ўқув режалари ва дастурларига қўйиладиган талабларни ишлаб чиқиш ва тасдиқлаш;

таълим ташкилотларида ўқитиш методикасини такомиллаштириш, замонавий талаблар ва илғор хорижий тажриба асосида янги дарсликлар ва ўқув-методик мажмуаларни нашр қилиш, тажриба-синовдан ўтказиш ва экспертиза қилишни ташкиллаштириш;

таълим ташкилотларининг раҳбар ва педагогик кадрларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини оширишнинг илғор шаклларини жорий қилиш, ўқитувчиларнинг касбий маҳоратини узлуксиз ошириб бориш учун шарт-шароит яратиш;

таълим ташкилотларидаги ўқув-тарбия жараёнлари ва кадрларни тайёрлаш сифатини мониторинг қилишда, таълим олувчиларнинг билими таълим стандартлари ва талабларига мувофиқлигини таҳлил қилишда иштирок этиш, Ўзбекистон Республикасида таълим сифати соҳасида халқаро дастурлар ва тадқиқотлар ўтказилишини ташкиллаштириш;

таълим соҳасини ривожлантиришга қаратилган таҳлилий ва амалий тадқиқотлар ўтказиш, таълим жараёнида жаҳон илм-фани ва технологиялари ютуқларидан кенг фойдаланиш бўйича илмий ишланмалар ва тавсиялар тайёрлаш;

таълим соҳасидаги илғор амалиётни ўрганиш ва тизимли таҳлил қилиш ҳамда уни республикада жорий этиш бўйича комплекс чора-тадбирларни қабул қилиш, етакчи хорижий илмий-тадқиқот ташкилотлари билан алоқаларни ривожлантириш белгиланди.

Каналга уланиш:👇
https://t.iss.one/uztdi
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilmoqda

Prezident qarori (№128 20.04.2023y) bilan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilmoqda.

Respublika markazi xodimlariga Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va ish haqi miqdorlari tatbiq etiladi;

davlat organlari rahbarlari Respublika markaziga har tomonlama koʻmaklashadi, jumladan, markaz oʻz vazifalarini bajarishi uchun unga zarur shart-sharoit yaratadi, shuningdek, soʻralgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etadi, tahlillar yakuniga koʻra kiritilgan materiallar va tavsiyalarni koʻrib chiqadi.

Respublika markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik Prezidentning fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;

Respublika markaziga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;

Respublika markazini taʼlim sohasida chuqur nazariy va amaliy bilimga ega boʻlgan, xorijiy tillarni egallagan, belgilangan vazifalar ijrosini yuqori professional darajada bajara oladigan tajribali va malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan toʻldirish choralari koʻriladi.

Respublika markazi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi 30-uy manzildagi bino joylashadi.

👉Respublika markazi vazifalari

👉 Кириллда ўқиш

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi