Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.08K photos
977 videos
450 files
6.08K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Hukumat farmoyishi (111-F, 10.03.2023-y.) bilan umumxalq xayriya hashari 11-martdan 18-mart kuniga koʻchirildi.

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#foydali

Allergiya qo‘zg‘atuvchi daraxtlar borligini bilarmidingiz?

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Xalqaro molekulyar allergologiya markazi allergenli va allergensiz daraxt hamda o‘simliklar ro‘yxatini tuzdi (rasm👆).

💾 RO‘YXATNI YUKLAB OLISH (PDF)

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Joriy yilda maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlarida kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlardan foydalaniladi

Joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq taʼlim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 25-mayiga qadar davom etadi.

9-sinf o‘quvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar joriy yilning 1-6-may kunlari o‘tkaziladi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlari bundan mustasno.

Shuningdek, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.

Umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarda muayyan fandan ozod etiladi.

Imkoniyati cheklangan maktab-internatlarida tahsil oladigan alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan o'quvchilarga ushbu umumtaʼlim muassasalariga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkaziladi.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim beriladigan barcha tillarda imtihonlar oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun namunaviy imtihon materiallarini hamda baholash mezonlarini tayyorlashni Respublika ta’lim markazi amalga oshiradi.

Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar kiritilishi inobatga olinadi hamda topshiriq namunalari 2023-yilning 1-aprelga qadar vazirlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Imtihonlar belgilangan muddatda shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘riladi.

Quyidagi havola orqali bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati hamda tartibi bilan tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
sertifikatlar ro‘yxati.pdf
100.2 KB
Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ROʻYXATI

Umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlarida muayyan fandan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Baʼzi ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi va xulqi yuksalishidagi o‘rni kundan kun kamayib borayotgandek - Hilola Umarova

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan maktab o‘qituvchisi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyat hamda uning oqibatlari shu soha rahbari sifatida meni chuqur o‘yga soldi.

Xavotirim shuki, biz bugun farzandlarimizning nafaqat bilim olishi, balki tarbiyasini ham butunlay maktabga yuklab qo‘yganmiz. Baʼzi ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi va xulqi yuksalishidagi o‘rni kundan kun kamayib borayotgandek.

Taniqli jadid olimi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chaqirig‘i bilan bizni tarbiya masalalariga katta eʼtibor berishimiz zarurligidan o‘sha davrdayoq ogoh etgan.

Bugungi zamonaviy dunyoda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar erkin olib borilishi ularning o‘zaro majburiyat va masʼuliyatlaridan ozod qilmasligi zarur. O‘qituvchi bilim berish asnosida o‘z shogirdlariga do‘st, o‘quvchilar ham ustoziga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari lozim. Buyuk mutafakkir Imom G‘azzoliy “Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi” deya ushbu nozik jarayonning ahamiyatini ochib bergan.

O‘qituvchilarimiz ham unutmasliklari kerakki, ular o‘zi taʼlim berayotgan o‘quvchilarning dunyoqarashi va shaxsiyati shakllanishidagi eng katta taʼsir ko‘rsatuvchi insonlardir. Ustozning har bir so‘zi, har bir harakati shogirdning xotirasida muhrlanadi va uning kelajak yo‘lini yoritishda xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish borasidagi katta tashabbuslar ortida ham o‘qituvchiga bo‘lgan katta eʼzoz mujassamdir. Ayni vaqtda loyihasi tayyorlanayotgan “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonunda ham o‘qituvchi huquqini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini yana-da oshirish kabi muhim hayotiy zaruratlar belgilanmoqda.

Maqsad katta va ezgu. Ustozlarimiz ham davlatimizning ushbu eʼtiborini yurakdan his qilgan holda, o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularning yuksak tarbiyali va go‘zal xulqli insonlar bo‘lib yetishishlarida g‘amxo‘rlik qilishlari maqsadga muvofiqdir. Bunda shaxsiy namuna eng taʼsirchan choralardan biridir.

Hurmatli ota-onalarimiz ham farzandlarining maʼnaviy yetuk bo‘lib kamol topishlarida o‘z burchlarini unutmasliklarini, ko‘z qorachig‘imizdek asrab kelayotgan bolalarimiz kelajagi uchun o‘qituvchilar bilan doimiy hamkorlik qilib borishlarini istaymiz.

Zero, bolaga bugun berilgan bir hikmat yoki tarbiya ertaga kelajak binosiga ming g‘isht bo‘lib qo‘yiladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Qaror loyihasi: “Shaxmat festivali” musobaqalarida barcha ishtirok etishi mumkin!

Prezidentning “Shaxmatni aholi oʻrtasida yanada ommalashtirish va 2026-yilda Oʻzbekistonda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Loyihaga koʻra, shaxmatni sport turini “ommaviylikdan professionallikka” tamoyili asosida rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash, 2026-yilda Oʻzbekistonda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasi, Paralimpiadasi oʻyinlari, FIDE Bosh assambleyasining 95-yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2023-yil aprel oyidan boshlab:

maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari uchun shaxmatni soddalashtirilgan tarzda oʻrgatuvchi animatsion materiallar, oʻquv-qoʻllanmalar tayyorlash va tarbiyalanuvchilarni shaxmatga oʻqitish;

MTT tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilari
oʻquvchilari oʻrtasida taʼlim muassasasi – tuman – hudud – respublika bosqichlaridan iborat “Shaxmat festivali”;

professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalar oʻrtasida har yili taʼlim muassasasi – tuman – hudud – respublika bosqichlaridan iborat “Shaxmat festivali” va “Talabalar ligasi”;

korxona va tashkilotlarda xodimlar, mahalla fuqarolari va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻrtasida ham har yili shaxmat boʻyicha 4 bosqichdan iborat iborat “Shaxmat festivali” musobaqalarini oʻtkazish kutilmoqda.

Shuningdek, 2023-yildan boshlab har yili professional shaxmat klublari oʻrtasida “Oʻzbekiston birinchiligi” oʻtkaziladi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab xususiy shaxmat klublariga ular tomonidan shaxmat toʻgaraklarini tashkil etish uchun davlat mulki obyektlari va hududlardagi “Yoshlar markazlari”dan ijara toʻlovlarisiz (kommunal toʻlovlar bundan mustasno) joy ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanishi mumkin.

👉 Loyiha bo‘yicha taklif qoldirish:
https://regulation.gov.uz/oz/d/77157

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Dastlabki saralashdan 2048 ta ish o'tgan deb topildi

⬇️www.ommalashtirish.uz elektron platformasiga kelib tushgan jami 9 064 ta hujjatdan 2 048 ta ish dastlabki saralashdan o'tdi.

⚙️ 1-saralashning yakuniy natijalari haqida quyidagi link orqali bilib oling!
➡️https://ommalashtirish.uz/result-teacher-season

⚙️ Fanlar kesimida baholashga qabul qilingan ishlar soni haqida quyidagi havola orqali bilib oling!
➡️https://telegra.ph/Dastlabki-saralashdan-otgan-ishlar-soni-03-11

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 19-fevral kuni o‘tkazilgan matematika va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#savol_javob

"Google for Education” sertifikatiga ega oʻqituvchilarga oylik ustama bir vaqtning oʻzida, ham ish joyidan, ham oʻrindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan toʻlanishi mumkinmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari javob berdi.

Prezidentning 11.05.2022 yildagi PF-134-son Farmonning 9-bandiga koʻra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida, har oylik qoʻshimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida toʻlanishi belgilangan.

Shunga koʻra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga har oylik qoʻshimcha ustama bir vaqtning oʻzida asosiy ish joyi hamda mehnatiga soatbay ish haqi toʻlash asosida ishlayotgan ish joyi uchun ham tatbiq etiladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida 5 mingdan ortiq oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 5 014 nafar oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda.

Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 3 381 nafarga yoki 3,1 barobarga koʻpaygan.

Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni:

👉 2018/2019-oʻquv yili boshiga – 1633 kishi
👉 2019/2020-oʻquv yili boshiga – 2353 kishi
👉 2020/2021-oʻquv yili boshiga – 2859 kishi
👉 2021/2022-oʻquv yili boshiga – 3578 kishi
👉 2022/2023-oʻquv yili boshiga – 5014 kishi

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Milliy sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

🔖 Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

Test sinovi natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechikmay e’lon qilinadi.

📌Bunda, eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plagan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) hamda 86 foiz va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentga eng yuqori ball beriladi.

Ya’ni sertifikat qaysi fandan olingan bo‘lsa, shu fanning fanlar majmuasidagi o‘rniga qarab mos ravishda maksimal ballning ma’lum foizi beriladi.

🧮 Masalan, matematika fanidan sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 60 foiz, matematika fanining fanlar majmuasidagi o‘rni birinchi (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 ball, 30 ta test topshirig‘iga maksimal 96 ball) bo‘lsa, uning 60 foizi 57,6 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*60/100=57,6). Agar abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 80 foiz bo‘lsa, 76,8 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*80/100=76,8).

📥 Sertifikat test sinovidan ijobiy (60 va undan yuqori foiz) natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.

👉 2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi

👉
Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

📣 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

📆 Unga ko‘ra 2023-yil 23-yanvardan 23-fevralga qadar my.dtm.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.

🖥 Mazkur muddat davomida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning shaxsiy kabinetiga keyingi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmagani to‘g‘risida ma’lumot joylashtirilgan.

📋 Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun 23-mart kunidan barcha hududlarda oflayn tarzda malaka oshirish kurslari boshlanadi.

👨🏻‍💻 Shu sababli nomzodlar 20-martga qadar shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan telegram kanalga a’zo bo‘lishlar lozim. Unda nomzodlar uchun malaka oshirish kursiga oid ma’lumotlar berib boriladi.

👉Test sinovlari nazoratchisi haqida asosiy ma’lumotlar

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident o‘qituvchilarning oyligini 1000 dollarga yetkazish haqida:

💬 "Kelamiz shu kunlarga, lekin muallimlar ham o‘z ustida ko‘proq ishlashlari kerak."

📌 Surxondaryo. 13.03.2023

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Yaponiyada maktab darsligi muqovasiga Sherdor madrasasi surati joylashtirildi

Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati Yaponiya umumtaʼlim maktablarining “Jahon tarixi” darsligi (9-12-sinflar) muqovasiga joylashtirildi.

Darslik Yaponiyaning eng yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” nashriyoti tomonidan tayyorlangan.

Qoʻllanma aprel oyidan boshlab yangi oʻquv yilida tarix fanidan darslik sifatida foydalanish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Matematika fanidan test tahlili.pdf
600.8 KB
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tahlili

Ma’lumki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazib kelinmoqda.

🔰 Mazkur test sinovlari Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.

📥 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etgan ayrim talabgorlar tomonidan test topshiriqlari qiyin, ular uchun ajratilgan vaqt esa kam degan mazmunda murojaatlar bo‘lmoqda.

Mazkur murojaatlar qanchalik o‘rinli? Haqiqatan ham test topshiriqlari qiyinmi? Ushbu savollarga javob topish uchun test natijalarining statistik tahlillariga e’tibor qaratish lozim.

Yuqoridagi pdf faylda 2022-yil 4-dekabr kuni o‘tkazilgan matematika fanidan milliy sertifikat imtihonining statistik tahlili sodda tilda keltirilgan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ishga taklif etayotgani haqida xabar bergan edik.

Yuqoridagi diagrammada vakant o'rinlarga o‘qituvchilardan 13-mart sanasiga ko‘ra kelib tushgan arizalar soni hududlar kesimida ko‘rsatilgan

📆 Hujjatlarni 16-martgacha (shu kuni ham) job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Nomzodlardan nimalar talab etiladi
:
Bakalavr/magistraturani tamomlagan bo‘lishi (magistraturaning 2-bosqich talabalari ham hujjat topshirishlari mumkin);
Halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
Xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

☎️Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga rahbarlar tayinlandi

Qurbonov Farrux Ergashevich – Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

Xoliqova Nozima Nematilloyevna – Boshqarma boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashtirilgan muassasalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari

Elbek Safarov Hamidovich – Boshqarma boshlig‘ining Moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

Jumayeva Hidoyat Rahmonovna – Boshqarma boshlig‘ining maktabgacha ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandilar.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanma olish tartibi

🔹 Ota-onalar farzandlari uchun bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga imtiyozli yoʻllanmalarni oʻzlari ishlab turgan korxona, tashkilot yoki muassasa boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi orqali oʻrnatilgan tartibda olish imkoniga egalar.

🔸 Yoʻllanma olish uchun xodim kasaba uyushma qoʻmitasi nomiga ariza bilan murojaat etadi.

🔹 Oromgohga yoʻllanma olish uchun ariza xodim tomonidan sogʻlomlashtirish mavsumi boshlanishidan bir oy oldin beriladi.

🔸 Arizaga xodimning pasport nusxasi hamda farzandining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi ilova qilinadi.

🔹 Oromgohga 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar hududiy poliklinika tomonidan berilgan tibbiy maʼlumotnoma (079/x shakl) bilan qabul qilinadi.

🔸 Ishlamaydigan fuqarolar farzandlarini dam oldirish uchun oromgohlarga yoʻllanmalarni oromgohni balansda saqlovchi xoʻjalik organining kasaba uyushma qoʻmitasidan yoki oromgohdan yoʻllanma qiymatining 100 foiz toʻlovi bilan xarid qilishlari mumkin.

🔹 Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari dislokatsiyasi hamda yoʻllanmalarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalaridan olish mumkin.

👉 Respublikada faoliyat yuritadigan oromgohlar dislokatsiyasi

👉 Yoʻllanma olish uchun ariza shakli namunasi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
"Ruchka o‘rniga qalam, eng yomon baho “5”, Buyuk Britaniyada o‘ylab topilgan forma"Dunyo maktablari haqidagi qiziqarli faktlar

🇮🇳 Hindiston maktablari eng ko‘p o‘quvchilarni bag‘riga olishi bilan mashhur. Ayrim maktablarda o‘quvchilar soni 28 mingtagacha yetadi.

🇯🇵 Yapon maktablarida ruchka o‘rniga qalam ishlatiladi.

🇫🇮 Fin maktablarida dars o‘tishda o‘qituvchiga yordamchi ham qatnashadi.

🇬🇧 O‘quvchilarga forma kiydirish Buyuk Britaniyada o‘ylab topilgan.

🇨🇳 Xitoy maktablarida dars boshlanishidan oldin o‘qituvchilar va o‘quvchilar badantarbiya mashg‘ulotlarini bajarishadi.

🇨🇿 Chexiyada eng yomon baho “5”, a’lo baho “1” ekan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN FRANSIYADA MALAKA OSHIRISH IMKONIYATI!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Vazirlik tizimidagi fransuz tili o‘qituvchilari uchun "Eng yaxshi fransuz tili o‘qituvchisi" tanlovini tashkil etmoqda!

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

🔹 Ushbu tanlovda O‘zbekiston Respublikasi davlat umumta’lim maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari qatnashishi mumkin;
🔹 nomzod kamida B1 darajadagi DELF/DALF/TCF diplomiga yoki sertifikatiga ega bo'lishi kerak (TCF uchun barcha testlardan, shu jumladan ixtiyoriy testlardan o‘tish talab etiladi);
🔹 ilgari hech qachon Fransiyada amaliyot o‘tash uchun grantlarni qo‘lga kiritmagan bo'lishi lozim.

10 nafar g‘olib o'qituvchilar Fransiyada ikki haftalik ta’lim amaliyoti uchun grantni qo'lga kiritadi!

👉Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ariza topshirish lozim: https://forms.gle/rV3NEGC5xtmKtwKMA

📆Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 31-mart kuniga qadar davom etadi.

❗️Tanlov ikki bosqichda - hujjatlarni saralash va suhbat tarzida bo‘lib o‘tadi. Natijalar shu yilning aprel oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun (+998) 90 937 39 17, (+998) 99 573 16 40 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e'lon qilindi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi