Ta'lim nazorati
100K subscribers
4.08K photos
977 videos
450 files
6.08K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Maktab rahbar xodimlariga mehnatiga haq toʻlash sharoitlari yaxshilanishi mumkin!

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2023-yilning may oyiga qadar umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha taklif tayyorlash vazifasi belgilangan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasi 16 soat etib belgilanishi mumkin!

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2023-yilning may oyiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasini 16 soat etib belgilash bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasi belgilangan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida qariyb 46 ming nafar oʻquvchi tahsil olmoqda

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 45 927 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar sonini 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 32 158 nafarga koʻpaygan.

Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni:

— 2018/2019-oʻquv yili boshiga – 13 769 nafar
— 2019/2020-oʻquv yili boshiga – 21 042 nafar
— 2020/2021-oʻquv yili boshiga – 26 970 nafar
— 2021/2022-oʻquv yili boshiga – 30 553 nafar
— 2022/2023-oʻquv yili boshiga – 45 927 nafar

Manba: Statistika agentligi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Hozirda maktabimizda o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, darsdan tashqari qo'shimcha to‘garaklar faoliyati tashkil etilmoqda. Men dars soatimdan tashqari mazkur to‘garaklarda ham ishlasam, buning uchun alohida ish haqi to‘lanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi "Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘gʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi VM-243-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari o‘zlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim berishdan olingan daromadlar hisobiga, ya’ni qo‘shimcha to‘garaklar ochish va boshqalar orqali shakllantirishi mumkinligi belgilangan.

Qo‘shimcha to‘garakda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan pul mablag‘larining ma’lum miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagog xodimlarga ham qo‘shimcha ish haqqi sifatida to‘lanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👉 Yoshlarning oliygohlarda grant asosida o‘qish huquqi;
👉 Bekor bo‘lmaydigan oliy ta’lim grant kvotalari;
👉 Inklyuziv ta’limni rivojlantirish;
👉 O‘qituvchiga nufuzini oshirish bo‘yicha normalar...

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

💬 "Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitusiyada belgilanmoqda. Bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olish imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy ta’limda hamisha davlat granti uchun kvotalar ajratiladi va ushbu tartib hech qachon bekor bo‘lmaydi degani" — Oliy Majlisning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
E'LON

👩‍💻O‘z sohasida yangi marralarni zabt etmoqchi bo‘lgan PEDAGOGlar diqqatiga

🛎 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
O‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar yaratiladi;
Yetakchi mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
Xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🪪 Xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar 100% gacha ustamaga ega bo‘lishadi.

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
Bakalavr/magistraturani tamomlagan bo‘lishi (magistraturaning 2-bosqich talabalari ham hujjat topshirishlari mumkin);
Halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
Xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

📆 Hujjatlarni shu yil 7-martdan 16-martgacha (shu kuni ham) job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Tanlov haqidagi batafsil ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
🌐 Veb-sayt: piima.uz
☎️Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
III chorakning soʼnggi oʼqish kuni 18-mart (shanba) boʼladi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qoʼshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Umumiy oʼrta taʼlim maktablarida 18-mart (shanba) III chorakning soʼnggi oʼqish kuni boʼlib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘i bilan Oripov Ubaydulla Suxrobovich - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U.Oripov 1989-yil Koson tumanida tug‘ilgan. Qarshi davlat universitetini tamomlagan.

U hozirgacha Prezident ta’lim muassasalari agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
“Yuksalish” umummilliy harakati: “Tadbirkorlarning yarmidan koʻpi (53 foizi) tanlov jarayoni ochiq va xolis emas, deb hisoblaydi.”

2022-yil davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tashkil etilishi va ularning faoliyatida nohalollik xavfi omillarini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, soʻrovda ishtirok etgan tadbirkorlarning yarmidan koʻpi (53 foizi) tanlov jarayoni ochiq va xolis emas, deb javob bergan.

Saralashda ishtirok etgan tadbirkorlarning 22 foizi ham tanlov komissiyasi qaroriga taʼsir qilish mexanizmlari mavjudligiga ishonchi komil.

Tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari vakillarining 68 foizi tadbirkor bilan oʻzaro munosabatlarda halollik qoidalarini buzgan davlat hamkoriga nisbatan qanday jazo choralari qoʻllanilishi haqida bilmaydi.

Ularning 73 foizi tadbirkorlar uchun bu kabi sanksiyalar mavjudligidan bexabar.

Tadqiqotning yakuniga oid hisobot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#KunDayjesti

👉 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ishga taklif etadi

👉 III chorakning soʼnggi oʼqish kuni 18-mart (shanba) boʼladi

👉 Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

👉 Darsdan tashqari qo'shimcha to‘garaklar uchun alohida ish haqi to‘lanadimi?

👉 Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga rahbar tayinlandi.

👉 Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida qariyb 46 ming nafar oʻquvchi tahsil olmoqda

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Bogʻchalarda “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi

Davlat dasturida maktabgacha taʼlim tizimida noqonuniy moliyaviy xatti-harakatlar, korrupsiya holatlari va byudjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishini oldini olish maqsadida 2023-yil sentyabrga qadar:

🖥 6 412 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirish uchun texnik vositalarni xarid qilish;

🖥 Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini ishga tushirish;

⌨️ Xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati hamda bolalarni ovqatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni elektron hisoblanishini yoʻlga qoʻyish;

🍱 “Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish kabi vazifalar belgilangan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Hukumat farmoyishi (111-F, 10.03.2023-y.) bilan umumxalq xayriya hashari 11-martdan 18-mart kuniga koʻchirildi.

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#foydali

Allergiya qo‘zg‘atuvchi daraxtlar borligini bilarmidingiz?

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Xalqaro molekulyar allergologiya markazi allergenli va allergensiz daraxt hamda o‘simliklar ro‘yxatini tuzdi (rasm👆).

💾 RO‘YXATNI YUKLAB OLISH (PDF)

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Joriy yilda maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlarida kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlardan foydalaniladi

Joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq taʼlim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 25-mayiga qadar davom etadi.

9-sinf o‘quvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar joriy yilning 1-6-may kunlari o‘tkaziladi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlari bundan mustasno.

Shuningdek, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.

Umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarda muayyan fandan ozod etiladi.

Imkoniyati cheklangan maktab-internatlarida tahsil oladigan alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan o'quvchilarga ushbu umumtaʼlim muassasalariga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkaziladi.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim beriladigan barcha tillarda imtihonlar oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun namunaviy imtihon materiallarini hamda baholash mezonlarini tayyorlashni Respublika ta’lim markazi amalga oshiradi.

Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar kiritilishi inobatga olinadi hamda topshiriq namunalari 2023-yilning 1-aprelga qadar vazirlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Imtihonlar belgilangan muddatda shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘riladi.

Quyidagi havola orqali bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati hamda tartibi bilan tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
sertifikatlar ro‘yxati.pdf
100.2 KB
Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ROʻYXATI

Umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlarida muayyan fandan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Baʼzi ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi va xulqi yuksalishidagi o‘rni kundan kun kamayib borayotgandek - Hilola Umarova

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan maktab o‘qituvchisi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyat hamda uning oqibatlari shu soha rahbari sifatida meni chuqur o‘yga soldi.

Xavotirim shuki, biz bugun farzandlarimizning nafaqat bilim olishi, balki tarbiyasini ham butunlay maktabga yuklab qo‘yganmiz. Baʼzi ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi va xulqi yuksalishidagi o‘rni kundan kun kamayib borayotgandek.

Taniqli jadid olimi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chaqirig‘i bilan bizni tarbiya masalalariga katta eʼtibor berishimiz zarurligidan o‘sha davrdayoq ogoh etgan.

Bugungi zamonaviy dunyoda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar erkin olib borilishi ularning o‘zaro majburiyat va masʼuliyatlaridan ozod qilmasligi zarur. O‘qituvchi bilim berish asnosida o‘z shogirdlariga do‘st, o‘quvchilar ham ustoziga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari lozim. Buyuk mutafakkir Imom G‘azzoliy “Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi” deya ushbu nozik jarayonning ahamiyatini ochib bergan.

O‘qituvchilarimiz ham unutmasliklari kerakki, ular o‘zi taʼlim berayotgan o‘quvchilarning dunyoqarashi va shaxsiyati shakllanishidagi eng katta taʼsir ko‘rsatuvchi insonlardir. Ustozning har bir so‘zi, har bir harakati shogirdning xotirasida muhrlanadi va uning kelajak yo‘lini yoritishda xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish borasidagi katta tashabbuslar ortida ham o‘qituvchiga bo‘lgan katta eʼzoz mujassamdir. Ayni vaqtda loyihasi tayyorlanayotgan “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonunda ham o‘qituvchi huquqini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini yana-da oshirish kabi muhim hayotiy zaruratlar belgilanmoqda.

Maqsad katta va ezgu. Ustozlarimiz ham davlatimizning ushbu eʼtiborini yurakdan his qilgan holda, o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularning yuksak tarbiyali va go‘zal xulqli insonlar bo‘lib yetishishlarida g‘amxo‘rlik qilishlari maqsadga muvofiqdir. Bunda shaxsiy namuna eng taʼsirchan choralardan biridir.

Hurmatli ota-onalarimiz ham farzandlarining maʼnaviy yetuk bo‘lib kamol topishlarida o‘z burchlarini unutmasliklarini, ko‘z qorachig‘imizdek asrab kelayotgan bolalarimiz kelajagi uchun o‘qituvchilar bilan doimiy hamkorlik qilib borishlarini istaymiz.

Zero, bolaga bugun berilgan bir hikmat yoki tarbiya ertaga kelajak binosiga ming g‘isht bo‘lib qo‘yiladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Qaror loyihasi: “Shaxmat festivali” musobaqalarida barcha ishtirok etishi mumkin!

Prezidentning “Shaxmatni aholi oʻrtasida yanada ommalashtirish va 2026-yilda Oʻzbekistonda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Loyihaga koʻra, shaxmatni sport turini “ommaviylikdan professionallikka” tamoyili asosida rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash, 2026-yilda Oʻzbekistonda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasi, Paralimpiadasi oʻyinlari, FIDE Bosh assambleyasining 95-yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2023-yil aprel oyidan boshlab:

maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari uchun shaxmatni soddalashtirilgan tarzda oʻrgatuvchi animatsion materiallar, oʻquv-qoʻllanmalar tayyorlash va tarbiyalanuvchilarni shaxmatga oʻqitish;

MTT tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilari
oʻquvchilari oʻrtasida taʼlim muassasasi – tuman – hudud – respublika bosqichlaridan iborat “Shaxmat festivali”;

professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalar oʻrtasida har yili taʼlim muassasasi – tuman – hudud – respublika bosqichlaridan iborat “Shaxmat festivali” va “Talabalar ligasi”;

korxona va tashkilotlarda xodimlar, mahalla fuqarolari va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻrtasida ham har yili shaxmat boʻyicha 4 bosqichdan iborat iborat “Shaxmat festivali” musobaqalarini oʻtkazish kutilmoqda.

Shuningdek, 2023-yildan boshlab har yili professional shaxmat klublari oʻrtasida “Oʻzbekiston birinchiligi” oʻtkaziladi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab xususiy shaxmat klublariga ular tomonidan shaxmat toʻgaraklarini tashkil etish uchun davlat mulki obyektlari va hududlardagi “Yoshlar markazlari”dan ijara toʻlovlarisiz (kommunal toʻlovlar bundan mustasno) joy ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanishi mumkin.

👉 Loyiha bo‘yicha taklif qoldirish:
https://regulation.gov.uz/oz/d/77157

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Dastlabki saralashdan 2048 ta ish o'tgan deb topildi

⬇️www.ommalashtirish.uz elektron platformasiga kelib tushgan jami 9 064 ta hujjatdan 2 048 ta ish dastlabki saralashdan o'tdi.

⚙️ 1-saralashning yakuniy natijalari haqida quyidagi link orqali bilib oling!
➡️https://ommalashtirish.uz/result-teacher-season

⚙️ Fanlar kesimida baholashga qabul qilingan ishlar soni haqida quyidagi havola orqali bilib oling!
➡️https://telegra.ph/Dastlabki-saralashdan-otgan-ishlar-soni-03-11

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 19-fevral kuni o‘tkazilgan matematika va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#savol_javob

"Google for Education” sertifikatiga ega oʻqituvchilarga oylik ustama bir vaqtning oʻzida, ham ish joyidan, ham oʻrindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan toʻlanishi mumkinmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari javob berdi.

Prezidentning 11.05.2022 yildagi PF-134-son Farmonning 9-bandiga koʻra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida, har oylik qoʻshimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida toʻlanishi belgilangan.

Shunga koʻra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga har oylik qoʻshimcha ustama bir vaqtning oʻzida asosiy ish joyi hamda mehnatiga soatbay ish haqi toʻlash asosida ishlayotgan ish joyi uchun ham tatbiq etiladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida 5 mingdan ortiq oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 5 014 nafar oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda.

Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 3 381 nafarga yoki 3,1 barobarga koʻpaygan.

Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni:

👉 2018/2019-oʻquv yili boshiga – 1633 kishi
👉 2019/2020-oʻquv yili boshiga – 2353 kishi
👉 2020/2021-oʻquv yili boshiga – 2859 kishi
👉 2021/2022-oʻquv yili boshiga – 3578 kishi
👉 2022/2023-oʻquv yili boshiga – 5014 kishi

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi