Ta'lim nazorati
111K subscribers
4.08K photos
954 videos
455 files
6.07K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni ortib bormoqda
 
🏢 Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni jami 194 tani tashkil etgan.

Ushbu koʻrsatkich 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan 136 taga koʻpaygan. 
 
Yillar kesimida  faoliyat yuritayotgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni: 
  
— 2018/2019-oʻquv yili boshiga – 58 ta 
— 2019/2020-oʻquv yili boshiga – 91 ta 
— 2020/2021-oʻquv yili boshiga – 102 ta 
— 2021/2022-oʻquv yili boshiga – 135 ta 
— 2022/2023-oʻquv yili boshiga – 194 ta

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Audio
Moliyaviy savodxonlik fani yuqori sinf o'quvchilari uchun ham qo'yiladimi? Iqtisodiy bilim asoslari fanidan oshirilgan toifa tadbirkorlik asoslari fani uchun ham amal qiladimi? Moliyaviy savodxonlik fani uchun-chi?

Ushbu savolga o‘quv ishlarini boshqarish bo‘yicha 16 yillik tajribaga ega ekspert, telegramdagi O‘TIBD o‘rinbosarlari va "ЗАВУЧЛАР" guruhlari administratori Sanobar Ummataliyeva javob berdi.

Onlayn muloqotda berilgan shu kabi savollarga javoblar Ta’lim nazorati (@uztdi) kanali orqali e‘lon qilib boriladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi

📝 Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi boʻyicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.

☑️ Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga koʻra ishni toʻxtatib turish mumkin boʻlmagan joylarda, aholiga xizmat koʻrsatish zarurati boʻlgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan taʼmirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yoʻl qoʻyiladi.

💰 Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi.

‼️ Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan:

"Yurtimizda xotin-qizlarning sifatli ta’lim va tarbiya olishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mutafakkir jadid bobomiz Abdurauf Fitrat ta’biri bilan aytganda, “Onalar – butun bashariyatning tarbiyachilaridir”.

Darhaqiqat, oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi. Biz shu maqsadda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim dasturni qabul qildik.

Qiyoslash uchun bir misol keltirmoqchiman.

Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu raqam qariyb 5 barobar ko‘payib, 500 ming nafarni tashkil etmoqda. Shu tariqa bugungi kunda oliy ta’lim olayotgan talabalar orasida qizlarimizning ulushi 50 foizga yetgani tariximizda misli ko‘rilmagan natijadir.

Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o‘qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba qizlar uchun 68 milliard so‘mdan ziyod kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berildi. 65 mingdan ko‘proq talaba xotin-qizlarga 727 milliard so‘mga yaqin foizsiz ta’lim krediti ajratildi.

Ehtiyojmand oilalarda yashayotgan qariyb 2 ming nafar qizlar, shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlarimiz oliygohlarga alohida kvota asosida o‘qishga qabul qilindi.

Dunyoda chuqur iqtisodiy inqiroz davom etayotgan hozirgi kunda, qanchalik qiyin bo‘lmasin, zarur mablag‘ va imkoniyatlarni topib amalga oshirayotgan bunday sa’y-harakatlarimiz albatta o‘z natijasini beradi. Oliygohlarda tahsil olayotgan xotin-qizlarimiz orasidan ilm-fan, siyosat va jamoat arboblari, mashhur madaniyat va san’at, sport namoyandalari yetishib chiqadi, deb ishonaman."

Nutqning to‘liq matni:
https://president.uz/oz/lists/view/6013

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Ingliz tili o‘qituvchilari diqqatiga!

50 foizli ustamaga imtiyoz beruvchi sertifikat olishni xohlaysiz-u lekin IELTS yoki CEFR sertifikatlarini olishga qiynalyapsizmi?

💡 U holda siz uchun arzon narxdagi onlayn TKT 1, 2, 3 modul darslarini taklif qilamiz!

📚 Kurs davomida TKT testlarini tez va samarali ishlash texnikasi oʻrgatiladi.

📤 Bundan tashqari, kurs ishtirokchilariga testlar bazasi ham tashlab beriladi

🗓 Darslar 10-martdan boshlanadi!

❇️ Kurs narxi:

1-modul 200 ming so‘m

📌 (8- martgacha toʻlov qilganlar uchun chegirma narxda 150 ming so‘m)

🗂 Davomiyligi: 1 oy

2&3 -modul: 200 ming so‘m

🗂 Davomiyligi: 1 oy

📩 Murojaat uchun: 👉@tkt_teacher

❗️Aytgancha, imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilariga imtihon xarajatlari toʻliq qoplab beriladi!

Bu sertifikat faqat ingliz tili oʻqituvchilari uchun!

Kanalga ulanish va natijalarni koʻrish bu yerda👇
@TKT_CERTIFICATE
#Bilasizmi?

Tarifikatsiya roʻyxatiga belgilangan dars soatlariga koʻra uyda yakka tartibda dars beruvchi oʻqituvchilarga faqatgina oʻquv soatlari uchun ish haqi toʻlovlari amalga oshiriladi.

Bunda, uyda yakka tartibda dars beruvchi oʻqituvchilarga oʻquvchilar taʼtilda boʻlgan davrda ham tarifikatsiya roʻyxatida belgilangan oʻquv soatlar uchun haq toʻlab beriladi.

Ularning ish haqlari mehnat taʼtilini hisoblashda inobatga olinadi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar 12 oyga rejalashtiriladi.

Tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasiga asosan uyda yakka tartibda taʼlim berish vaqtincha toʻxtatilgan davrda oʻqituvchiga ish haqi toʻlanmaydi.

Bunda o‘qituvchining ish haqi miqdori malaka toifasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkasini bir oylik ish yulkamasiga bo‘lish hamda ular tomonidan yakka tartibda o‘tkazilgan haqiqiy o‘quv soatlariga ko‘paytirish va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-sonli qarorida belgilangan o‘qituvchining ta’rif stavkasi hamda lavozim maoshlari miqdoriga 50 foiz qo‘shimcha haq to’lovini belgilash orqali hisoblanadi.

📌 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining "Yakka tartibda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qo‘shma qarori

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Hurmatli ustozlar!
Munis opa-singillar!


Sizlarni - vazirlik va uning tizimidagi barcha idora va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida farzandlarimiz kamoli, yurtimiz ravnaqi va kelajagi uchun fidoyilik bilan mehnat qilayotgan barcha xotin-qizlarni “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Prezidentimiz tomonidan ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor natijasida bugun jamiyatning turli sohalarida ayollarimizning faolligi yaqqol ko‘zga tashlanib bormoqda. Xususan ayni vaqtda umumta’lim muassasalaridagi 509 443 nafar pedagoglarning 352 085 nafari (69,1%), ixtisoslashtirilgan maktablardagi 6 611 nafar pedagoglarning 3 142 nafari (47,5%), maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi 151 746 nafar pedagoglarning 143 322 nafari (82.9%)ni xotin-qizlar tashkil etmoqda.
Kuni kecha e’lon qilingan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori asosida joriy yilda 8 nafar o‘quvchi-qiz hamda 1 nafar umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Muhtarama opa-singillar!
Muhtaram Prezidentimiz poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish – davlatimizning doimo e’tiborida bo‘lishini ta’kidlab o‘tdilar.
Mazkur tantanali marosimdagi “Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda sizlarga, sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz” degan so‘zlari yurtimizdagi barcha xotin-qizlar, xususan ayol o‘qituvchilarga bo‘lgan cheksiz hurmat va e’tiborning yorqin namunasidir.

Qadrli ayollar!
Munis opa-singillar!

Fursatdan foydalanib, Siz azizlarni yana bir bor ayyom bilan chin qalbimdan qutlayman!
Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
❗️ Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Suhbat Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi, Universitet huzuridagi ilmiy-amaliy psixologlar markazi rahbar va xodimlaridan iborat Suhbat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.

🔹 Suhbat komissiyasi tarkibi 5 nafar a’zodan, shu jumladan, komissiya raisi, a’zolari va kotibi, jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘ladi. Universitet prorektorlari komissiya raisi hisoblanadi.

🔸 Suhbat jarayonlari o‘tkazilayotgan joyda komissiya a’zolari va nomzoddan tashqari begona shaxslarning bo‘lishiga ruxsat berilmaydi.

🔹 Nomzodlar bilan kasbiy faoliyatiga doir tayyorlangan taqdimoti bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.

🔸 Har bir taqdimot uchun 10 daqiqa va savol-javob uchun 5 daqiqa ajratiladi.

🔹 Suhbat natijalari bo‘yicha baholash maksimal 10 ballik tizimda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

🔸 Bunda 2-bosqichga chiqqan hamda nomzodning kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha suhbatdan 4 (to‘rt) balldan kam olgan nomzodlar go‘liblikka tavsiya etilmaydi.

🔹 Natija har bir suhbat komissiyasi a’zosining alohida qo‘ygan ballari o‘rtachasidan kelib chiqib aniqlanadi.

🔸 Baholanuvchilar ularga berilgan savollar va o‘zining javoblarini jurnalga imzo qo‘yish orqali tasdiqlaydi. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida suhbat jarayoni videotasvirga olinadi.

🔹 Ustama olish huquqiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarning ro‘yxatini saralash yakunidan so‘ng 5 ish kunida vazirlikning rasmiy veb-sahifasida e’lon qiladi.

🔸 Suhbat komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan nomzodlar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab, 48 soat mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat qilishi mumkin.

🔹 Nomzodlarning shikoyatlari ro‘yxatga olingan kundan boshlab, uch ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda xabardor qilinadi.

🎙 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Laziz Xo‘jaqulovning ma’lum qilishicha 2-bosqichdan ham muvaffaqiyatli o‘tganlarga 2023-yil aprelidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.

👉 Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi o‘tkaziladigan manzil va sanalarhttps://t.iss.one/uztdi/6327

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Maktab rahbar xodimlariga mehnatiga haq toʻlash sharoitlari yaxshilanishi mumkin!

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2023-yilning may oyiga qadar umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha taklif tayyorlash vazifasi belgilangan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasi 16 soat etib belgilanishi mumkin!

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2023-yilning may oyiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasini 16 soat etib belgilash bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasi belgilangan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida qariyb 46 ming nafar oʻquvchi tahsil olmoqda

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 45 927 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar sonini 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 32 158 nafarga koʻpaygan.

Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni:

— 2018/2019-oʻquv yili boshiga – 13 769 nafar
— 2019/2020-oʻquv yili boshiga – 21 042 nafar
— 2020/2021-oʻquv yili boshiga – 26 970 nafar
— 2021/2022-oʻquv yili boshiga – 30 553 nafar
— 2022/2023-oʻquv yili boshiga – 45 927 nafar

Manba: Statistika agentligi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Hozirda maktabimizda o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, darsdan tashqari qo'shimcha to‘garaklar faoliyati tashkil etilmoqda. Men dars soatimdan tashqari mazkur to‘garaklarda ham ishlasam, buning uchun alohida ish haqi to‘lanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi "Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘gʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi VM-243-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari o‘zlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim berishdan olingan daromadlar hisobiga, ya’ni qo‘shimcha to‘garaklar ochish va boshqalar orqali shakllantirishi mumkinligi belgilangan.

Qo‘shimcha to‘garakda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan pul mablag‘larining ma’lum miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagog xodimlarga ham qo‘shimcha ish haqqi sifatida to‘lanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👉 Yoshlarning oliygohlarda grant asosida o‘qish huquqi;
👉 Bekor bo‘lmaydigan oliy ta’lim grant kvotalari;
👉 Inklyuziv ta’limni rivojlantirish;
👉 O‘qituvchiga nufuzini oshirish bo‘yicha normalar...

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

💬 "Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitusiyada belgilanmoqda. Bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olish imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy ta’limda hamisha davlat granti uchun kvotalar ajratiladi va ushbu tartib hech qachon bekor bo‘lmaydi degani" — Oliy Majlisning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
E'LON

👩‍💻O‘z sohasida yangi marralarni zabt etmoqchi bo‘lgan PEDAGOGlar diqqatiga

🛎 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
O‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar yaratiladi;
Yetakchi mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
Xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🪪 Xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar 100% gacha ustamaga ega bo‘lishadi.

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
Bakalavr/magistraturani tamomlagan bo‘lishi (magistraturaning 2-bosqich talabalari ham hujjat topshirishlari mumkin);
Halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
Xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

📆 Hujjatlarni shu yil 7-martdan 16-martgacha (shu kuni ham) job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Tanlov haqidagi batafsil ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
🌐 Veb-sayt: piima.uz
☎️Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
III chorakning soʼnggi oʼqish kuni 18-mart (shanba) boʼladi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qoʼshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Umumiy oʼrta taʼlim maktablarida 18-mart (shanba) III chorakning soʼnggi oʼqish kuni boʼlib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘i bilan Oripov Ubaydulla Suxrobovich - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U.Oripov 1989-yil Koson tumanida tug‘ilgan. Qarshi davlat universitetini tamomlagan.

U hozirgacha Prezident ta’lim muassasalari agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
“Yuksalish” umummilliy harakati: “Tadbirkorlarning yarmidan koʻpi (53 foizi) tanlov jarayoni ochiq va xolis emas, deb hisoblaydi.”

2022-yil davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tashkil etilishi va ularning faoliyatida nohalollik xavfi omillarini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, soʻrovda ishtirok etgan tadbirkorlarning yarmidan koʻpi (53 foizi) tanlov jarayoni ochiq va xolis emas, deb javob bergan.

Saralashda ishtirok etgan tadbirkorlarning 22 foizi ham tanlov komissiyasi qaroriga taʼsir qilish mexanizmlari mavjudligiga ishonchi komil.

Tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari vakillarining 68 foizi tadbirkor bilan oʻzaro munosabatlarda halollik qoidalarini buzgan davlat hamkoriga nisbatan qanday jazo choralari qoʻllanilishi haqida bilmaydi.

Ularning 73 foizi tadbirkorlar uchun bu kabi sanksiyalar mavjudligidan bexabar.

Tadqiqotning yakuniga oid hisobot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#KunDayjesti

👉 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ishga taklif etadi

👉 III chorakning soʼnggi oʼqish kuni 18-mart (shanba) boʼladi

👉 Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

👉 Darsdan tashqari qo'shimcha to‘garaklar uchun alohida ish haqi to‘lanadimi?

👉 Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga rahbar tayinlandi.

👉 Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida qariyb 46 ming nafar oʻquvchi tahsil olmoqda

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Bogʻchalarda “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi

Davlat dasturida maktabgacha taʼlim tizimida noqonuniy moliyaviy xatti-harakatlar, korrupsiya holatlari va byudjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishini oldini olish maqsadida 2023-yil sentyabrga qadar:

🖥 6 412 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirish uchun texnik vositalarni xarid qilish;

🖥 Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini ishga tushirish;

⌨️ Xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati hamda bolalarni ovqatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni elektron hisoblanishini yoʻlga qoʻyish;

🍱 “Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish kabi vazifalar belgilangan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Hukumat farmoyishi (111-F, 10.03.2023-y.) bilan umumxalq xayriya hashari 11-martdan 18-mart kuniga koʻchirildi.

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#foydali

Allergiya qo‘zg‘atuvchi daraxtlar borligini bilarmidingiz?

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Xalqaro molekulyar allergologiya markazi allergenli va allergensiz daraxt hamda o‘simliklar ro‘yxatini tuzdi (rasm👆).

💾 RO‘YXATNI YUKLAB OLISH (PDF)

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi