Ta'lim nazorati
110K subscribers
4.07K photos
952 videos
455 files
6.06K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Maktablar

Andijonda umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

Joriy yilning 6-7-iyun kunlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarorini ijrosini taʼminlash hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish yuzasidan belgilangan vazifalarni ijrosiga bagʻishlangan oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4966

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Reyting

Ayni kunlarda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini aniqlash maqsadida professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida nazorat ishlari va soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda.

Jarayon tafsilotlari bilan "O‘zbekiston24" telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali tanishishingiz mumkin.

📹 Youtube(HD)da ko‘rish: https://youtu.be/lBzDDP6mxf4

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
❗️«Таълим сифати ҳеч қачон ўқитувчи сифатидан ошиб кетолмайди» — Андреас Шляйхер

PISA тадқиқоти асосчиси Андреас Шляйхер Ўзбекистоннинг ушбу тадқиқотда қатнашиши таълимдаги бўшлиқларни тўлдириш имкониятини беришига ишонади. У ўқитувчилар сифатининг таълим сифатига таъсири, баҳолашда технологиянинг ўрни, таълим жараёни устидан назоратнинг муҳимлиги ҳақида ҳам фикр билдирди.

Тўлиқ суҳбат: https://www.gazeta.uz/uz/2022/06/07/schleicher/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Каналга обуна бўлинг
👉 @gazetauz_uzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni kunlarda oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini aniqlash maqsadida professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida nazorat ishlari va soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda.

👉 Mazkur jarayonlarda qaysi jihatlarga e’tibor qaratilmoqda?
👉 Ushbu sinovlar oliy ta’lim muassasalari pedagoglar uchun qanday foyda beradi?

"RenessansTV" ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali yuqoridagi kabi savollarga javob olishingiz mumkin.

📹 Youtube(HD)da ko‘rish: https://youtu.be/O7IjApW-RaE

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘rtasida axborot tizimlari integratsiya qilindi

Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazining “UzASBO” dasturiy majmuasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “pedkadr.tdi.uz” platformasi o‘rtasida 2022-yil 1-apreldan boshlab ikki tomonlama ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Shunga asosan, Axborot texnologiyalari markazi tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasida alohida modul yaratildi. Ushbu modul orqali pedagog o‘qituvchilarga berilgan hamda amalda bo‘lgan barcha malaka toifa sertifikatlarining ma’lumotlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “pedkadr.tdi.uz” platformasidan olinmoqda.

Buning natijasida, Markazlashgan buxgalteriya xizmati xodimlari tomonidan pedagog o‘qituvchilarning malaka toifa sertifikat ma’lumotlarini shakllantirish avtomatik ravishda bajarilmoqda. Shu asosda, pedagog o‘qituvchilarning malaka toifa sertifikati uchun oylik ish haqiga qo‘shimcha ustamalar o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanishiga erishildi.

Shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan markazlashgan byudjet tashkilotlariga o‘quv yili boshida davlat byudjetidan mablag‘lar rejalashtirish jarayonida pedagog o‘qituvchilarning malaka toifa sertifikati ma’lumotlaridan (sertifikat taqdim qilingan muddat, amal qilish muddati va malaka toifasidan) kelib chiqib, tarifikatsiya uchun mablag‘lar ajratilishi avtomatik ravishda shakllanadigan qilindi.

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
PISA 2022 asosiy sinovidagi o'quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini kodlashtirish (baholash) bo'yicha treningga START berildi.

Trening yalpi yig'ilishida Ta'lim inspeksiyasi boshlig'i Ulug'bek Tashkenbayev kirish so'zi bilan ishtirok etib, ekspertlar oldidagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, Milliy loyiha menejeri Abduvali Ismailov tomonidan kodlashtirish jarayonining maqsadi va vazifalari, treningni olib borishdagi yondashuvlar, baholash jarayonining ishonchliligini monitoring qilish masalalari bo'yicha taqdimot qilindi.

Milliy markazda Trening jarayoni matematik savodxonlik, o'qish savodxonligi, tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash yo'nalishlari bo'yicha alohida sessiyalarda joriy yilning 17-iyuniga qadar davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Yopiq turdagi treningda maxsus tayyorgarlikdan o'tgan ekspertlar jamoasi tomonidan kodlashtirish ishlari olib borilishi nazarda tutilgan
.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube
#Oliy_talim

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida xorijiy tajriba asosida attestatsiya jarayonlari oʻtkazilmoqda

Joriy yilning 6-9-iyun kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida xorijiy tajriba asosida taʼlim sifatini ichki va tashqi taʼminlashning xalqaro standartlariga (ESG) muvofiq tajriba-sinov tariqasida tashqi baholash jarayonlari tashkil etildi.

Mazkur jarayonlarda oʻquv dasturlarining mehnat bozori talablari va taʼlim natijalari asosida ishlab chiqilganligi, ularni taʼlim jarayoniga joriy etilishi uchun zarur boʻlgan sharoitlarning yaratilganligi hamda talabalar va ish beruvchilarning taʼlim sifatini taʼminlash jarayonlaridagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/7982

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Maktablar

Farg‘onada umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

Joriy yilning 8-9-iyun kunlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Farg‘ona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarorini ijrosini taʼminlash hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish yuzasidan belgilangan vazifalarni ijrosiga bagʻishlangan oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/7893

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Reyting

Bo‘lajak jurnalistlar va ularning ustozlari oʻrtasida nazorat ishlari va soʻrovnomalar o‘tkazildi

Bugun, 8-iyun kuni Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalar oʻrtasida nazorat ishlari va soʻrovnomalar o‘tkazildi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu jarayonlar haqida O‘zJOKU 4-bosqich talabasi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

📹Youtube(HD)da ko‘rish: https://youtu.be/-nVGuuSBvmo

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
Forwarded from Shavkat Xo‘jaqulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Нодавлат_ташкилотлар

Яқин кунларда 2022-2023 ўқув йили учун қабул жараёнлари бошланади.

👉 Бунда абитуриентлар сохта нодавлат олий таълим ташкилотларига алданиб қолмаслиги учун қайси жиҳатларга эътибор беришлари керак?

👉 Нодавлат олий таълим муассасасининг ҳақиқийлигини қандай аниқлаш мумкин?

"Ёшлар" телеканалининг "Янги давр" информацион дастури ижодкорлари томонидан тайёрланган лавҳани томоша қилиб, юқоридаги каби саволларга жавоб олишингиз мумкин.

📹 Youtube(HD) да кўриш: https://youtu.be/BozniEJe4VI

Таълим инспекцияси матбуот котиби каналига уланиш 👇
@sh_xujaqulov
"Сила учителя - сердцевина образования" - основатель исследования PISA Андреас Шляйхер

«Качество образования никогда не может быть выше качества учителя». Автор исследования PISA Андреас Шляйхер рассказывает, как инновации могут быстрее прийти в образование в Узбекистане.

https://www.gazeta.uz/ru/2022/06/09/pisa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz
Prezident taʼlim muassasalari agentligi qoshidagi ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish uchun sinovlar tashkil etiladi

Bugun, 9-iyun kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Prezident taʼlim muassasalari agentligi vakillari ishtirokchida agentlik qoshidagi ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olishga qaratilgan sinovlarni tashkil qilish boʻyicha tadbir oʻtkazildi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/112260

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi