Ta'lim nazorati
110K subscribers
4.1K photos
955 videos
457 files
6.1K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haftadayjesti

Taʼlim inspeksiyasi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari | 1–5.11.2021

📹Youtube(HD)da ko‘rish:
https://youtu.be/bPW5QVagEn8

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Бакалавриат босқичи талабалари учун Президент ва давлат стипендияларини тайинлаш тартиби тасдиқланди

Вазирлар Маҳкамаси қарори (674-сон, 04.11.2021 й.) билан Ҳукуматнинг айрим қарорларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

📝 Киритилган қўшимчаларга кўра, бакалавриат ва магистратура талабалари учун Президент ва давлат стипендияларини тайинлаш тартиби алоҳида тасдиқланди.

🎓 Президент стипендияси ҳар бир ОТМ бакалавриат талабаларининг 1 нафар битирувчи курс талабасига тайинланади.

☑️ Бошқа давлат стипендиялари охирги икки курсда ўқиётган талабаларга тўланади.

➡️ Стипендиялар учун номзодларни кўрсатиш ОТМ кенгашлари томонидан талабгорларнинг ўқув ва илмий фаолиятини оммавий муҳокама қилиш асосида амалга оширилади.

🖥 ОТМ кенгаши қарорига асосан танловларнинг навбатдаги босқичига тавсия этилган номзодлар “stipendiya.edu.uz тизимига ҳар йили 1-15 август кунлари киритилади.

🗓 Стипендия тайинлаш ҳақидаги тавсияномаларни бериш 10-30 сентябрь кунлари кўриб чиқилади.

💵 Стипендиялар 1 сентябрдан тайинланади.

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
Forwarded from Shavkat Xo‘jaqulov
⚡️Магистратура мутахассисликларига қўшимча қабул учун рухсат берилди

🔰Ўзбекистон Республикаси давлат олий таълим муассасаларига 2021/2022-ўқув йили магистратура мутахассисликлари бўйича кириш имтиҳонларида иштирок этиб, мутахассислик фанидан белгиланган максимал баллнинг 40 фоизи (40 балл) ва ундан юқори балл тўплаган абитуриентларни тегишли олий таълим муассасаси томонидан белгиланган тўлов-контракт асосида баллар кетма-кетлигига қатъий амал қилган ҳолда қўшимча қабул қилишга рухсат берилди.

🔛 Магистратурага кириш имтиҳонларида иштирок этиб, юқоридаги талабни бажарган талабгорлар тегишли олий таълим муассасаси қабул комиссиясига 2021 йил 9 ноябрдан мурожаат қилишлари мумкин.

🔚 Тўлов шартнома миқдорининг камида 50 фоизини бажаришнинг охирги муддати 2021 йил 20 ноябрь.

➡️ Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021-йил 22 июндаги ПҚ–5157-сон қарорига кўра, магистратура мутахассисликларига қўшимча қабул тўлов-контракт миқдори бир талабанинг ўқиши учун сарфланадиган харажат миқдоридан келиб чиққан ҳолда олий таълим муассасаси томонидан белгиланади.

Таълим инспекцияси матбуот котиби каналига уланиш 👇
@sh_xujaqulov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Sevimli" телеканали ижодкорлари тайёрлаган ушбу лавҳада ОТМ миллий рейтинги эълон қилинишига бағишланган матбуот анжумани ҳамда рейтингда 1-ўринни эгаллаган Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти ҳақида ҳикоя қилинган.

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
📹 “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanmalardan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish miliy markazi hamkorlikda Quyichirchiq tumanidagi 45-sonli umumta’lim maktabida (STEM maktabi) “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanmalardan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Xalqaro tadqiqotlarga oid 35 nomdagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va Treninglar o‘quv dasturi ishlab chiqilib ishlab chiqilib, foydalanish uchun maktablarga taqdim etilgan edi. Seminar treningda ushbu qo‘llanmalarning mazmuni va mohiyati, ularning o‘quvchilar savodxonligini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining PISA va TIMSS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, qo‘llanmalarda trener o‘qituvchilar uchun yaratilgan qulayliklar haqida fikr almashildi.

Yapli yig‘ilish va fanlar bo‘yicha sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etilgan o‘quv seminarida Toshkent viloyatidagi tayanch maktablar faoliyati samaradorligini oshirish, trener-o‘qituvchilarni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.

📌
Milliy markaz bilan bog'lanish:
@milliymarkaz_aloqabot

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
|Telegram|Facebook|YouTube|Insagram|
🩺💉"Узлуксиз касбий таълим" платформасида мустақил курс!

❇️ Халқ таълими тизими ўқитувчиларининг иммунизация, шу жумладан инсон папиллома вирусига қарши эмлаш бўйича билим ва кўникмаларини ривожлантириш ўқув курслари:

🧑‍⚕️- COVID-19га қарши эмлаш ўтказиш жараёни ва тартиблари;

🧑‍⚕️- Мақсадли касалликлар ва вакцинлар;

🧑‍⚕️- Одам папиллома вируси;

🧑‍⚕️- ВПЧга қарши эмлаш;

🧑‍⚕️- ВПЧга қарши эмлашдан сўнг салбий ҳодисалар;

🧑‍⚕️- Совуқлик занжири ва амалий маслаҳатлар;

🧑‍⚕️- Қизларни ВПЧга қарши эмлаш масаласида уларнинг ота-оналарини хабардор қилишда ўқитувчилар роли.

🆘 Ушбу курсни таълим муассасалари педагоглари ҳамда умумтаълим мактабларининг битирувчи қизлари соғлигини муҳофаза қилиш учун ўрганиб чиқишни тавсия этамиз! Ўзингиз ва яқинларингиз соғлигига эътиборли бўлинг!

Telegram |Facebook |Website|YouTube
#Pedagoglar_attestatsiyasi

Toshkent shahri o‘qituvchilari uchun pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish boʻyicha o‘quv-seminar tashkil etildi

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Toshkent shahri xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishda joriy etilayotgan yangi tizim boʻyicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda tuman xalq taʼlim boʻlimlari masʼullari, umumtaʼlim maktablarining oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari hamda pedagoglar ishtirok etishdi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1074/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari muddati ma’lum bo‘ldi

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
Yapon kompaniyalari Oʻzbekiston maktablarida matematik va tabiiy fanlar savodxonligini oshirishda koʻmaklashadi

Batafsil:
https://tdi.uz/news/1075/

— — — — — — — — — — — — —

Японские компании окажут содействие в повышении математической и естественнонаучной грамотности в школах Узбекистана

Подробно:
https://tdi.uz/ru/news/1077/

Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
📖 Ayni paytda Tabiiy-ilmiy savodxonlik bo'yicha onlayn vebinar bo‘lib o‘tmoqda

https://youtu.be/puSXol1MufU
#Магистратура
❗️Диққат қўшимча қабул!

А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти магистратура мутахассисликларига қўшимча қабул эълон қилади!

Магистратура мутахассисликлари учун қўшимча қабул бўйича асосий шартлар:

Магистратура мутахассисликларига қўшимча қабул бўйича аризалар жорий йилнинг 10-12 ноябрь кунлари, соат 09:00 дан, 17:00 га қадар институтнинг Докторантура ва магистратура бўлимида қабул қилинади.

Қўшимча қабул асосида магистратура мутахассисликларида таълим олиш учун ариза берувчилар, мутахассислик фанидан белгиланган максимал баллнинг 40 фоизини (40 балл) ва ундан юқори балл тўплаган бўлишлари лозим.

Ариза топшириш истагидагилар шахсини тасдиқловчи ҳужжатлари билан (паспорт) шахсан ўзлари келиб кўрсатилган манзилда, белгиланган муддатда ариза ёзиб топширишлари керак бўлади.

Аризаси ОТМ қабул комиссияси томонидан ижобий қаноатлантирилган абитуриентларнинг тўлов шартнома миқдорининг камида 50 фоизини бажаришининг охирги муддати: 2021 йил 20 ноябрь.

Қўшимча маълумот учун:
☎️ Тел.: (71) 246 06 63

📍Манзил: Олмазор тумани, Зиё 6

❗️А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
#Maktabgacha_talim

Maktabgacha ta’lim bo‘limi hududiy ekspertlarining bilimi sinovdan o‘tkazildi

Joriy yilning oktyabr oyida Taʼlim inspeksiyasi tomonidan attestatsiya komissiyalar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ichki va tashqi baholash jarayonlarini sifatli o‘tkazish hamda hududiy ekspertlarning malakasini oshirish maqsadida viloyatlar kesimida dolzarb mavzularda o‘quv seminarlar tashkil etildi.

O‘tkazilgan o‘quv seminar mavzulari yuzasidan hududiy ekspertlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1078/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Samarqand

Samarqandda reytingda past natija qayd etgan tuman maktablariga amaliy yordam koʻrsatilmoqda

Joriy yilning 9-noyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy boʻlimi mutasaddilari Kattaqoʻrgʻon tumanida boʻlib, 10-83-84-sonli maktablar faoliyatini oʻrgandi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha tumandagi 96-maktabda oʻtkazilgan yigʻilishda maktablardagi mavjud kamchiliklar, laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi hamda pedagoglar malaka (toifa)larining oshirish tizimiga joriy etilgan yangiliklar yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1079/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Pedagoglar va ta’lim tizimi fidoyilari diqqatiga!

📌 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan boshlab pedagog xodimlarga malaka toifasini berishning yangi tizimi amaliyotga joriy qilinadi.

Malaka (test) sinovlari doirasida barcha umumtaʼlim fanlardan test topshiriqlari formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt meʼyori) hamda baholash mezonlari ishlab chiqildi.

🔰 Ushbu umumtaʼlim fanlaridan test formati hamda baholash mezonlari yuzasidan pedagog kadrlar ishtirokida ZOOM orqali muhokama oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

Unda fan mutaxassislari va pedagog kadrlardan testlar formati yuzasidan kelgan savol va takliflar koʻrib chiqiladi. Shuningdek, muhokama davomida test savollarining qiyinlik darajasi, fanlar doirasida eʼtibor qaratilgan mavzular yuzasidan ham o‘zaro fikr almashiladi.

👉 Savol va takliflaringizni quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Muhokamada faol qatnashing. Sizning fikr va mulohazalaringiz biz uchun muhim!

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish
: 👇
https://t.iss.one/uztdi
Ta'lim nazorati pinned «⚡️ Pedagoglar va ta’lim tizimi fidoyilari diqqatiga! 📌 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan boshlab pedagog xodimlarga malaka toifasini berishning yangi tizimi amaliyotga joriy qilinadi.…»
#Sirdaryo

Gulistonda tayanch maktablarining xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash boʻyicha amaliy seminar tashkil etildi

Guliston shahridagi 11-umumtaʼlim maktabida viloyatda joylashgan tayanch maktablari uchun “Taʼlim sifatini oshirishda xalqaro tadqiqotlarning ahamiyati” mavzusida amaliy seminari boʻlib oʻtdi.

Seminar davomida PISA-2022 xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik jarayonlari, viloyatdagi maktablarda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1080/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi