Ta'lim nazorati
112K subscribers
4.09K photos
954 videos
456 files
6.09K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
📖Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha tayyorlangan qo'llanmalar ilk bor qoraqalpoq tilida nashr etildi!

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
#Samarqand
#Pedagoglar_attestatsiyasi

Samarqandda maktabgacha va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha seminarlar tashkil etildi

Joriy yilning 11-12-oktyabr kunlari Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy boʻlimi tashabbusi bilan viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi va kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamkorligida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishda joriy etilayotgan yangi tizim boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etildi.

Unda inspeksiyaning viloyat hududiy boʻlimi xodimlari, hududiy boshqarmaning 12 nafar xodimlari, 74 ta professional taʼlim muassasalarining oʻquv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, Samarqand shahridagi 14 ta professional taʼlim muassasalari direktorlari, taʼlim muassasalari metodistlari ishtirok etishdi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1026/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Andijon

Andijon viloyatida ta’lim sifati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 12-oktyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Andijon viloyatidagi uzluksiz taʼlim tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan seminar oʻtkazildi.

Muhokamalar davomida shchi guruh tomonidan saylanma tarzda viloyatdagi maktabgacha, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar maktablari, kollej, texnikum va oliy taʼlim muassasalarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taʼlim muassasalari rahbarlariga amaliy va uslubiy yordamlar koʻrsatildi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1027/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Davlat_tili

Taʼlim inspeksiyasi xodimlari oʻrtasida davlat tilida ish yuritish boʻyicha onlayn tanlov tashkil etildi

21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari oʻrtasida davlat tilida ish yuritish boʻyicha onlayn tanlov oʻtkazilmoqda.

Tanlov uch bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar hakamlar hayʼati tomonidan berilgan mavzular doirasida esse yozish orqali oʻzlarining ijodiy salohiyatlarini ko‘rsatishdi. Ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilar o‘zbek tilidagi nutqi, notiqlik qobiliyatini namoyon etishdi. Shuningdek, yakuniy bosqichda 20 ta savoldan iborat test sinovlarida qatnashib, oʻzbek tili boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1029/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#халқаро_ҳамкорлик

MM educational Group ташкилоти А.Авлоний илмий-тадқиқот институтига ҳамкорлик таклифини билдирди

MM educational Group ташкилоти вакилларининг мурожаати асосида А.Авлоний илмий-тадқиқот институти директори А.Раджиев ҳамда В.Влачокириакос ва Н.Клименколар ўртасида учрашув ташкил этилди.

🆎 MM educational Group ташкилоти - табиий фанлар, АКТ, инглиз тили ҳамда математика фанлари бўйича жаҳон стандартларига монанд контент яратади.

♻️ Учрашув якунида MM educational Group ташкилоти Авлоний илмий-тадқиқот институтига ўз ташкилоти томонидан яратилган янги авлод китоблари: машқ дафтарлари, ўқитувчи китоби, малака ошириш курслари, тест саволлари ва бошқа турдаги жамланмали дарсликларни мактабларда бепул тарзда тажриба-синовдан ўтказиш мақсадида тақдим этишига келишиб олинди.

❗️А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
📖Bugun, 13-okyabr kuni "PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS xalqaro tadqiqotlarining mamlakatimiz ta’lim tizimidagi ahamiyati"

Amaliy mashg‘ulot: “Issiqxona samarasi”, “Genetik modifikatsiyalangan ozuqa”

O‘quv dasturdagi mustaqil ish bo‘yicha topshiriqlar: “Meri Montegyu”, “Jismoniy mashqlar” yuzasidan umumiy ma’lumot
mavzularida onlayn vebinar o`tkazildi.

📹Youtube(HD)da ko‘rish: https://youtu.be/vgHwvHxsfEA

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Qashqadaryo
#Pedagoglar_attestatsiyasi

Qashqadaryoda pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazishda joriy etiladigan yangiliklar boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi

Batafsil:
https://tdi.uz/news/1030/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Педагоглар_аттестацияси

Ассалом алайкум, мен 2020 йилда ўтказилган аттестацияда 2-тоифадан мутахассис даражасига тушган эдим. Агар 2022 йилда ҳужжат топширсам, пул тўлайманми? Ўтолмасам нима бўлади?

Ўтган йилги аттестация натижаларига кўра, Сизнинг малака тоифангиз туширилган бўлса, демак, ўтган йилги аттестация Сиз учун навбатдаги (мажбурий) аттестация бўлган.

📍 Энди Сиз мазкур мутахассис малака тоифаси билан беш йил давомида фаолият олиб боришингиз мумкин. Шу беш йил давомида Сиз мажбурий аттестацияга жалб қилинмайсиз.

Лекин ўз ихтиёрингизга кўра навбатдан ташқари (муддатидан илгари) аттестацияда иштирок этишингиз мумкин.

Низомнинг 21-банди: Педагог кадрларни навбатдан ташқари аттестациядан ўтказиш бўйича давлат хизматини кўрсатганлик учун базавий ҳисоблаш миқдорининг бир баравари миқдорида йиғим ундирилади.

📌 Сиз, 2022 йил январь-июнь ойларида ўтказиладиган аттестацияларда ўз ихтиёрингизга кўра қатнаша оласиз. Агар иштирок этсангиз, бу аттестация Сиз учун навбатдан ташқари аттестация ҳисобланади ҳамда паст натижа қайд этган тақдирингизда ҳам Сизга нисбатан салбий қарор қабул қилинмайди.

Педагог кадрлар аттестациясига оид саволларга Таълим инспекциясининг телеграм канали (@uztdi) орқали жавоб бериб борилади.

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi