Ta'lim nazorati
112K subscribers
4.09K photos
954 videos
456 files
6.09K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
[RU]
#Международное_сотрудничество

Финские компании будут оказывать содействие в реализации проектов в области образования в Узбекистане

Подробно:
https://tdi.uz/ru/news/1003/

———————————
[EN]
#International_cooperation

Finnish companies will assist in the implementation of projects in education

More:
https://bit.ly/3CSNFEL

👉 @uztdi
Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида

О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#OAV_biz_haqimizda

"O‘zbekiston24" telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan "Reportaj24" dasturida hukumat qarori bilan pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazishda joriy etiladigan yangiliklar haqida ma‘lumot berildi.

🔹 Attestatsiyaga hujjat topshirishda qanday o‘zgarishlar amalga oshiriladi?
🔹 Mazkur jarayonlarni o‘tkazish bo‘yicha qanday yangiliklar joriy etiladi?

Dastur tomosha qilish orqali shu kabi savollarga batafsil javob olishingiz mumkin.

📹 Youtube'da ko‘rish: https://youtu.be/uGdylXvhXfg

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
Attestatsiya: Yangi qaror o‘qituvchilarga bayram sovg‘asi bo‘ldi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 572-qarori imzolandi. Mazkur qarorga asosan o‘qituvchilarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilindi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mas’ullarining ta’kidlashicha, yangi qaror loyihasi tayyorlanish jarayonida bir necha marotaba soha mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirokida muhokama qilinib takomillashtirilgan.

👉 batafsil 👈

Telegram |Facebook | 🌐 Veb-sayt
#Nazorat_materiallari

Nazorat materiallarini shakllantirishda ishtirok etgan o‘qituvchilar taqdirlandi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” oldidan mamlakatimizda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki va fidokorona mehnatlari uchun bir qator pedagoglarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1004/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat_materiallari

Nazorat materiallarini shakllantirishda ishtirok etgan o‘qituvchilar taqdirlandi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” oldidan mamlakatimizda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki va fidokorona mehnatlari uchun bir qator pedagoglarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

📹 Youtube'da ko‘rish: https://youtu.be/Oc6OYlpgY1o

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
Bayramingiz muborak boʻlsin, qadrli oʻqituvchi va murabbiylar!

Batafsil: https://tdi.uz/news/1005/

— — — — — — — — — — — — — —

С праздником, дорогие учителя и наставники!

Подробно: https://tdi.uz/ru/news/1006/

👉@uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bayramingiz muborak boʻlsin, qadrli ustoz va murabbiylar!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi jamoasi taʼlim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizlarga mustahkam sogʻliq, oilaviy xotirjamlik hamda masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Youtube(HD)da ko‘rish: https://youtu.be/PCHNWGJI78E

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
#Buxoro
#Pedagoglar_attestatsiyasi

Buxoroda pedagog kadrlar attestatsiyasidagi yangiliklar boʻyicha o‘quv-seminar tashkil etildi

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishda joriy etilayotgan yangi tizim boʻyicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 572-sonli qaror va uning mazmun-mohiyati bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1007/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haftadayjesti

Taʼlim inspeksiyasi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari | 27–30.09.2021

📹Youtube(HD)da ko‘rish:
https://youtu.be/EuV0uppJPKs

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Финляндия компаниялари Ўзбекистонда таълим соҳаси бўйича лойиҳаларни амалга оширишга кўмаклашади

"Ўзбекистон24" телеканалида "Финляндия-Ўзбекистон барқарор ривожланиш мақсадларига эришишда таълимни ривожлантириш" мавзусидаги онлайн конференция тафсилотлари

Youtube(HD) да кўриш: https://youtu.be/0LzWPzfCxGY

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
Фанлар мажмуаси.pdf
538.9 KB
#Professional_taʼlim

⚡️⚡️⚡️MUHIM!!!

Respublika kollej va texnikumlarga professional taʼlim bosqichidagi kasb (mutaxassislik)larga
mos test sinov topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI rasman tasdiqlandi

Unga koʻra, Test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlar soni jami 70 ta — 30 ta majburiy fanlar (Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), Matematika, Oʻzbekiston tarixi) va 40 ta kasb va mutaxassisliklarga mos ikkita fan boʻyicha.
———

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Oliy_talim_kengashi

Kadrlarni qayta tayyorlash jarayonlarini mehnat bozori bilan integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 4-oktyabr kuni Respublika oliy taʼlim kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish kun tartibidan oliy taʼlim tizimida kadrlarni qayta tayyorlash, malaka oshirish, shuningdek, bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanganligi, mehnat bozori va kadrlar tayyorlash integratsiyasi jarayonlari bilan bogʻliq masalalar oʻrin oldi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1008/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
Forwarded from Shavkat Xo‘jaqulov
⚡️ Долзарб саволларга жавоб

Савол:
Педагогларни педагогик маҳорати учун аттестацияга бериладиган максимал 20 бални ким томонидан қандай берилади?

❗️Жавоб: Низомнинг 34-банди Биринчи босқичда педагог кадрларнинг педагогик маҳорати ва психологик тайёргарлиги таълим ташкилотининг педагогик (кузатув) кенгашлари томонидан ўрганилади ҳамда мазкур Низомга 5-иловага мувофиқ баҳолаш мезонлари асосида 20 баллик тизимда баҳоланади.

Манфаатдор вазирликлар ва идоралар педагог кадрларнинг педагогик маҳорати ва психологик тайёргарлигини мазкур Низомга 5-иловага мувофиқ баҳолаш мезонлари асосида ўрганиш ва баҳолаш учун ўзининг тизимидаги муассасаларни ёки мазкур фаолиятни амалга оширишга ихтисослашган бошқа ташкилотларни, шунингдек маҳаллий ва хорижий мутахассисларни жалб қилишлари мумкин.

Педагог кадрларнинг педагогик маҳорати ва психологик тайёргарлигини баҳолаш натижалари ушбу Низомга 6-иловага мувофиқ шаклдаги маълумотномага киритилиб, таълим ташкилоти раҳбарининг имзоси ва муҳри билан тасдиқланган ҳолда Таълим инспекциясига топшириш учун педагог кадрларга тақдим этилади.

Педагогик маҳорат ва психологик тайёргарликни баҳолаш натижалари юзасидан маълумотнома аттестациядан ўтиш учун ҳужжат топшириш бошланган санага қадар кўпи билан тўрт ой муддат ичида берилган бўлиши лозим.

P.S. Педагогик (кузатув) кенгашлари томонидан ўрганилиб баҳоланади ҳамда натижалари маълумотномага киритилиб, таълим ташкилоти раҳбарининг имзоси ва муҳри билан тасдиқланган ҳолда ўқитувчига берилади.

Педагог кадрлар аттестациясига оид саволларга Таълим инспекциясининг телеграм канали
(@uztdi) орқали жавоб бериб борилади.

Таълим инспекцияси матбуот котиби каналига уланиш 👇
@sh_xujaqulov