Ta'lim nazorati
111K subscribers
4.07K photos
952 videos
455 files
6.06K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Республика олий таълим кенгаши раиси Умурзаков Ўктам Пардаевич вафоти муносабати билан ҳамдардлик

Ўзбекистон илм-фани оғир жудоликка учради.

Республика олий таълим кенгаши раиси, Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти ректори, иқтисодиёт фанлари доктори, профессор Умурзаков Ўктам Пардаевич вафот этди.

Ўктам Пардаевич қарийб 50 йил давомида етук мутахассис, олим ва раҳбар сифатида умрини мамлакатимиз илм-фани ривожига бағишлаб келди.

Қаерда фаолият олиб бормасин Ватанимиз равнақи, ёш авлодни она юртга муҳаббат руҳида тарбиялаш, таълим тизимини модернизация қилиш йўлида жонкуярлик кўрсатиб, оқил ва адолатли раҳбар, умуман, ҳақиқий инсон сифатида ўрнак, ибрат намунаси бўлди.

Республика олий таълим кенгаши раиси сифатида олий таълим тизимини ислоҳ қилиш бўйича сўнгги йилларда амалга оширилган кенг кўламли ислоҳотларга муносиб ҳисса қўшди.

Ўктам Пардаевич 1974 йилдан бугунги кунга қадар Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институтида турли илмий ва раҳбарлик лавозимларида кўплаб шогирдларга устозлик қилди ва ректор сифатида университетда таълим сифатини ошириш, унинг миллий ва халқаро рейтинглардан муносиб ўрин олишини таъминлаш йўлида жонбозлик кўрсатди.

Республика олий таълим кенгаши аъзолари ва Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси жамоаси номидан марҳумнинг оила аъзоларига, яқинларига, таълим соҳасидаги барча ҳамкасблари ва шогирдларига чуқур ҳамдардлик билдирамиз.

Таниқли олим, меҳрибон устоз, камтарин инсон Умурзаков Ўктам Пардаевичнинг ёрқин хотираси қалбларимизда ҳамиша сақланиб қолади.
#Toshkent_viloyati

Toshkent viloyatida maktablarini tashqi baholashdan oʻtkazish jarayonlari muhokama qilindi

Unda 2021-yil attestatsiya rejasiga koʻra tashqi baholashdan oʻtkazilgan umumtaʼlim maktablarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/916/

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Олий_таълим

Янгиликлар 24 | Олий таълим соҳасидаги ислоҳотлар: Профессионал стандартлар, касбларни оптималлаштириш
#26july #uzbekiston24

Президентимиз Шавкат Мирзиёев раислигида жорий йил 16 июнь куни олий таълим тизимидаги устувор вазифаларга бағишлаб ўтказилган видеоселектор йиғилишида белгилаб берилган вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида Таълим инспекцияси, Олий ва ўрта махсус таълим ҳамда Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирликлари масъуллари иштирокида «Олий таълим соҳасидаги ислоҳотлар: профессионал стандартлар, касбларни оптималлаштириш» мавзусида давра суҳбати ўтказилди.

📹Youtube (HD)да кўриш: https://youtu.be/bqW-rCdHmTA

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
#Qabul2021
Test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi. Savollar soni va jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball kamaytiriladi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni tasdiqlandi.

📆 Unga ko‘ra pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021-2022-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan boshlanadi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

📌 Jarayonlar kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.

Shu bilan birgalikda, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha test savollari 3 baravarga qisqartirilib, har bir to‘g‘ri javob 2.1 ball bilan baholanadi.

Bunda umumiy to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 63 ballni tashkil etadi.

👉 Bundan tashqari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha savollar 40 tagacha qisqartiriladi. Bunda:

1-fan - 20 ta savol
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

2-fan - 20 ta savol
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 126 ball.

Umumiy holda, 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi islohotlarini qoʻllab-quvvatlashda Shveysariya tajribasi oʻrganilmoqda

Joriy yilning 27-iyul kuni Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi vakili Andreas Gerris oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasining dastlabki bosqichi natijalari va bu borada istiqbolda turgan vazifalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/920/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Diplomlarni_tan_olish

[O‘Z] Xorijiy diplomlarni tan olish boʻyicha imtihonlar internet tarmogʻida jonli efirga uzatila boshlandi

Batafsil:
https://tdi.uz/news/922/

— — — — — — — — — — —

[РУ] Экзамены на признание иностранных дипломов начали транслировать в прямом эфире в Интернете

Подробно
: https://tdi.uz/ru/news/921/

— — — — — — — — — — —

[EN] Exams for recognition of foreign diplomas began to broadcast live on the Internet

More
: https://bit.ly/372UINl

Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
#Navoiy

Navoiy viloyatidagi taʼlim muassasalarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda

Batafsil:
https://tdi.uz/news/923/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Таълим инспекцияси ходимлари коронавирус инфекциясига қарши эмланди

Жорий йилнинг 28 июль куни Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси ходимлари коронавирус инфекциясига қарши ZF-UZ-VAC2001 ўзбек-хитой вакцинасининг иккинчи дозаси билан эмланди.

———————————————————————

Сотрудники Инспекции по образованию прошли вакцинацию от коронавирусной инфекции

28 июля текущего года сотрудники Государственной инспекции по надзору за качеством образования были вакцинированы от коронавируса второй дозой узбекско-китайской вакциной ZF-UZ-VAC 2001.

Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
#Maktablar

“Zamonaviy maktab” loyihasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 29-iyul kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 191-umumtaʼlim maktabida Xalq taʼlimi vazirligi va Taʼlim inspeksiyasi tashabbusi bilan “Zamonaviy maktab” loyihasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4537-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Taʼlim inspeksiyasi mutasaddilari, Xalq taʼlimi vazirligi vakillari, maktab direktorlari va loyiha gʻoliblari ishtirok etdi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/925/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Xorijda oʻqish istagidagi yoshlarga uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha vazifalar belgilandi

2021-yil 20-iyuldan 20-avgustga qadar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining xorijiy davlatlardagi eng nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olish uchinchi ochiq stipendiyalar tanlovlariga hujjatlar qabul qilinmoqda.

30-iyul kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Tanlov komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

👉https://tdi.uz/news/926/

- - - - - - - - - - - - - -
Обозначены задачи по оказанию методической помощи молодежи, желающей получить образование за рубежом

С 20 июля по 20 августа 2021 года принимаются документы на третьи открытые стипендиальные конкурсы фонда «Эл-юрт умиди» для обучения в бакалавриате, магистратуре и докторантуре престижных университетов зарубежных стран.

30 июля текущего года состоялось очередное заседание Конкурсной комиссии фонда «Эл-юрт умиди», в ходе которого был обсужден ряд касающихся конкурса вопросов.

👉https://tdi.uz/ru/news/927/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ҳафтадайжести

Таълим инспекцияси фаолиятидаги ҳафтанинг энг муҳим воқеалари | 26–30.07.2021

📹 Youtube
(HD)да кўриш: https://youtu.be/jpA1ksZRbAg

Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram