“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ | RASMIY KANAL
1.54K subscribers
3.4K photos
872 videos
7 files
2K links
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning rasmiy telegram kanali.

Murojaatlar uchun:
Bot: https://t.iss.one/Toshkentsuvtaminoti_bot
Guruh: https://t.iss.one/uzsuv_chat
Call-center: 12-55
Jamiyatning Call-center 71 202-14-14; 95 063-12-55; 95 142-04-86; 95 479-89-69
Download Telegram
Tizimli rejalar ishlab chiqish yuzasidan takliflar o'rtaga tashlandi

Bugun 04.07.2022-yilda "Toshkent suv ta'minoti" MChJ faollar zalida O'zbekiston Ekologik partiyasidan xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputat Furqat Axmedjanov ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

💫Unda jamiyat rahbariyati, shahar va tuman boʻlimi rahbar va xodimlari, shuningdek boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

🔷Yigʻilishda quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning mazmun va mohiyati yuzasidan yigʻilganlarga tushuntirish berildi.

🔹"Toshkent suv ta'minoti" MChJ shahar va tuman boʻlimlarida olib borilayotgan ishlar natijasi muhokama qilindi.

Shuningdek deputat F. Axmedjanov va Jamiyat direktori I.Talipov sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etishda tizimli rejalarni ishlab chiqish yuzasidan oʻz takliflarini berishdi.

telegram|instagram|facebook|youtube
💧 "Toshkent suv taʼminoti" MCHJ Parkent tumani bo`limi

📞 Telefonlar: 70-723-60-14
🏢 Manzil: Parkent tumani, Qoraqalpoq qishlog`i, Parkent ko‘chasi
--------------------
💧 ООО "Тошкент сув таъминоти"
Филиал Паркентского района

📞 Телефоны: 70-723-60-14
🏢 Адрес: Паркентский район, посёлок Каракалпак, улица Паркентская

telegram|instagram|facebook|youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Bugun 5.07.2022-yil Daryo.uz sayti orqali ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq daryosiga kanalizatsiya quvuridan oqova suv chiqayotganligi aks etgan video tarqalganligi haqida xabar tarqaldi.

"Toshkent suv taʼminoti" MChJ Boʻstonliq tuman boʻlimi va mutasaddilar zudlik bilan joyiga chiqib oʻrganilganda ushbu quvur kanalizatsiya quvuri emasligi, sugʻorishdan ortib qolgan ariq suvlari chiqarilayotganligi aniqlandi.

Shu oʻrinda aholidan, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar orqali turli axborot tarqatayotgan adminlardan oʻrganilmagan yoki yolgʻon xabar tarqatmasliklarini soʻrab qolardik..

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati
O'zbekiston Ekologik partiyasidan xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputat Furqat Axmedjanov  ishtirokida Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlarida qurilayotgan oqova suv inshootilarini qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish bo‘yicha vakolatli davlat xodimi,  "Toshkent suv taʼminoti" MCHJ va pudrat tashkiloti "Komfort injenering Group" MCHJ tashkilotlari raxbarlari o‘rtasida muzokara olib borildi hamda qurilish-montaj ishlarini qisqa fursatlarda yakunlashga kelishib olindi.

Eslatib oʻtamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1-3-iyun kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan Nurafshon shahrida 2019-2020 yillarda, loyiha qiymati 141 mlrd.so‘mlik, quvvati 4000 m3 oqova suv tozalash inshooti qurilishi va uzunligi 30,7 km oqova suv quvurlarini yotqizilishi, umumiy qiymati 74 627 mln.so‘mni tashkil etuvchi Yangiyo‘l shahri “Oqova suv tizimini tozalash inshooti” obʼekti qurilishi rejalashtirilgan edi.
🇨🇳 "CHINA GEO injiniring" korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

📈Bugun Toshkent tumanida Faza-1 loyihasi bo'yicha "CHINA GEO injiniring" korporatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish-montaj
ishlarining joriy holati va mavjud muammolar bo'yicha yig'ilish o'tlazildi.

🔷Unda "Toshkent suv ta'minoti" MChJ direktori I.Talipov, Xalq deputatlari Toshkent tuman Kengashi kotibiyat mudiri Mirislom Usmonov va quruvchilar, shuningdek qurilish-montaj ishlari bo'yicha vakolatli davlat xodimlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda muammolar yechimi, loyihani amalga oshirish muddatlariga doir topshiriqlar belgilab olindi.

telegram|instagram|facebook|youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

🔵Sayyor qabulda yechim topgan muammolar

🔷 Joriy yilning 5-iyulida "Toshkent suv taʼminoti" MChJ Bekobod shahar boʻlimi binosida Bekobod shahri, Bekobod tumani va Boʻka tuman aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🔷Unda Jamiyat rahbariyati va mutasaddilar hududlardan kelgan aholi vakillarining kanalizatsiya va oqova suv xizmatlari bilan bogʻliq murojaatlarini qabul qilishdi.

🔷Yil boshidan to bugunga qadar
Bekobod shahridan 49 ta;
Bekobod tumanidan 149 ta;
Boʻka tumanidan 207 ta murojaat kelib tushgan va muammolar hal etilgan boʻlsa, sayyor qabul tadbiri davomida ushbu hududlardan 6 ta murojaat qabul qilinib barchasi joyida bartaraf etildi.

🔷Bekobod shahar "Doʻstlik" MFYda istiqomat qiluvchi S.Annayev tomonidan oqova suv boʻyicha qilingan murojaat hududga chiqilib joyida bartaraf etildi.

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

🔷Ayni damda "Toshkent suv taʼminoti" MChJ Olmaliq shahar boʻlimi binosida Olmaliq, Ohangaron, Angren shaharlari va Ohangaron tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etilgan.

📝Tadbirda hududlardan aholi tomonidan ichimlik suvi va oqova suv xizmatlariga oid murojaatlar qabul qilinmoqda.

Aksariyat murojaatlar hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda joyida hal etilmoqda.

Qolgan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirish berilmoqda.

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati
#sayyor_qabul

🔵Avval xabar berganimizdek Toshkent suv taʼminoti" MChJ Olmaliq shahar boʻlimi binosida Olmaliq, Ohangaron, Angren shaharlari va Ohangaron tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etilgan edi.


📝 Tadbir jarayonida aholi tomonidan ichimlik suvi va oqova suv xizmatlariga oid 15ta murojaat qabul qilinib joyida hal etildi.

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

🔵Ayni damda Nurafshon shahar, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq va Piskent tumani aholisi uchun “Toshkent suv ta’minoti” MCHJning Nurafshon shahar bo‘limida sayyor qabul jarayonlari tashkillashtirilmoqda.

📝Aholi tomonidan asosan suv bosimining pasayganligi, ichimlik suvi uchun toʻlov masalalari va oqova suv bilan bogʻliq murojaatlar boʻlmoqda.

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati