“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ | RASMIY KANAL
1.55K subscribers
3.41K photos
881 videos
7 files
2.02K links
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning rasmiy telegram kanali.

Murojaatlar uchun:
Bot: https://t.iss.one/Toshkentsuvtaminoti_bot
Guruh: https://t.iss.one/uzsuv_chat
Call-center: 12-55
Jamiyatning Call-center 71 202-14-14; 95 063-12-55; 95 142-04-86; 95 479-89-69
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
[ Видео ]
#jarayon


🏗Avval xabar berganimizdek Chirchiq shahri “Nur” mahallasi ”Shestakova” koʻchasida diametri 300 mmli ichimlik suv uzatish quvurida to‘satdan yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish jarayonlari davom etmoqda.

💧Suv ta'minotida uzilish bo'lgan shuningdek bosimi pasaygan hududlarga maxsus transportlarda ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.

❗️Noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda quyidagi telefon raqamlariga suv taʼminoti yuzasidan murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib oʻtmoqchimiz:

☎️Dispecherlik xizmati: soat 24/7
7171104, 7171996, 7170160

telegram|instagram|facebook|youtube |website
Nosozlik bartaraf etildi

📌Avval xabar berganimizdek Chirchiq shahri “Nur” mahallasi ”Shestakova” koʻchasida diametri 300 mmli ichimlik suv uzatish quvuridagi nosozlik yuz bergan edi.

🏗Chirchiq shahar suv taʼminoti boʻlimi avariya-tiklash guruhi xodimlarining kecha va kunduz koʻrsatgan jonbozliklari evaziga nosozlik bartaraf etildi.

🚰Ayni paytda ichimlik suvidan uzilgan barcha hududlarda toza ichimlik suvi taʼminoti qayta tiklangan.

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati
🖋27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

⌨️O‘zbekistonda “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” keng miqyosda nishonlab kelinadi.

🪄Bugungi shiddatli axborotlashuv zamonida xolislik asosida jamiyatimizda sodir boʻlayotgan hodisalarni tezkorlik bilan ommaga havola etib kelayotgan, xalqimiz va davlatimiz oʻrtasida axboriy koʻprik oʻrnatib inson qadriga xizmat qilivchi faoliyatimizni tom maʼnoda jamoatchilikka keng yoritib kelayotgan barcha matbuot va ommaviy axborot xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

📰Haqiqat va adolat tarannumida qalamingiz doimo oʻtkir boʻlsin!

🎉Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin!

Ehtirom ila "Toshkent suv taʼminoti" MChJ rahbari I.Talipov
💧 "Toshkent suv taʼminoti" MChJ Oqqoʻrgʻon tuman bo'limi

📞 Telefonlar: 70-552-10-82
🏢 Manzil: Oqqoʻrgʻon, Gulbahor ko‘chasi, 41-uy
🌐 Virtual murojaat: [email protected]
--------------------
💧 ООО "Тошкент сув таъминоти"
Аккурганский филиал
📞 Телефоны: 70-552-10-82
🏢 Адрес: Аккурганский район улица, Гулбахор 41-д.
🌐 Виртуальное обращение: aккурган[email protected]
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

🎥22.06.2022 soat 21:00 da “Milliy” telekanali “Millar” dasturi orqali Toshkent viloyati Boʻka tumani, “Qorasedoy” MFYda ichimlik suvi muammosi borligi haqida lavha tayyorlangan.

❗️Ushbu murojaatga “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Boʻka tumani bo’limi bosh muhandisi tomonidan berilgan munosabat yuqoridagi lavhada aks etgan.

📶Murojaatlar uchun:
📲Guruh: https://t.iss.one/uzsuv_chat
☎️"Toshkent suv ta'minoti" Call-center 71 202-14-14

Bizni kuzating:👇🏻

telegram|instagram|facebook|youtube |website
Qadrli Yoshlar!

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohada, jumladan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda sizday zukko, ilmli, shijoatli, qat'iyat va matonatli yoshlarimizning o‘rni beqiyos.

💫Yurtimiz ravnaqi, sohamizning rivojida va ertasida sizning borligingiz bizga katta ishonch va xotirjamlik bag'ishlaydi!

🌠Barchangizni bugungi qutlug' sana- Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

⭐️Tan-u joningiz sog', ezgu maqsadlar sari izlanishda hech qachon charchamang, deymiz!

🎉Yana birbor barchangizga Yoshlar kuni muborak boʼlsin!

Ehtirom ila "Toshkent suv taʼminoti" MChJ rahbari I.Talipov
💧 "Toshkent suv taʼminoti" MCHJ Chinoz tumani bo'limi

📞 Telefonlar: 70-59-38-172,
🏢 Manzil: Chinoz tumani, Sarbor ko‘chasi,
🌐 Virtual murojaat: @uzsuv_chat
--------------------
💧 ООО "Тошкент сув таъмитоти" Чиноз тумани булими

📞 Телефоны: 70-59-38-172
🏢 Адрес: Чиназский район, улица Сарбон
🌐 Виртуальное обращение: @uzsuv_chat

telegram|instagram|facebook|youtube |website
🔷Bosh qomusimizni birga isloh etamiz

🔹Bugun "Toshkent suv ta'minoti" MChJ faollar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

🔹Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Mohira Mirzahmedovna "Toshkent suv ta'minoti" MChJ rahbar va xodimlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

🔹Unda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning mazmun va mohiyati yuzasidan yigʻilganlarga tushuntirish berildi.

🔹Yig'ilganlar oʻzlarini qiziqtirgan savol va takliflari yuzasidan kerakli koʻrsatma va javoblarni olishdi.

telegram|instagram|facebook|youtube |website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

📺 Joriy yilning 29-iyun kuni Milliy telekanali “Millar” dasturi orqali Bo’stonliq tumani “Boymirzayev” MFY hududidagi ichimlik suvi muammosiga bag’ishlangan lavha efirga uzatildi.

👆🏻Ushbu murojaat yuzasidan yuqorida videolavha orqali rasmiy munosabat bildirilmoqda.

❗️Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ushbu hudud 2021-yil 20-maydagi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TOSHKENT VILOYATIDA TADBIRKORLIKNI YANADA QO‘LLAB-QUVVATLASH VA MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA ” gi qarori asosida olti milliard yuz million so’m evaziga loyihalashtirilgan bo’lib, shundan bir milliard ikki yuz oltmish olti million olti yuz sakson ming soʻm moliyalashtirilgan va bunda “Millar” dasturining mutlaqo aloqasi yoʻq, yani hududni ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari allaqachon boshlanib, davom etayotgan bir paytda Prezident qarori bilan tanishmasdan turib bir yoqlama lavha tayyorlangan.

telegram|instagram|facebook|youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦Qomusimiz islohida yakdilmiz

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning mazmun va mohiyatida inson qadri yotadi.

🔹Faoliyatimizning maqsadi Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgarish va qoʻshimchalar mohiyati bilan hamohangligidan, inson qadri tushunchasini konstitutsiyamizda mustahkamlanayotganidan mamnunmiz.

🔹Qay jabhada faoliyat koʻrsatishimizdan qatʼiy nazar yagona kuch boʻlib harakat qilishimiz yangilanayotgan konstitutsiyamizda huquq va erkinliklarimizning yanada mustahkamlanishida katta ahamiyat kasb etadi.

telegram|instagram|facebook|youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚰Suv oʻlchagich oʻrnatish  boʻyicha tavsiya berildi

📌Boʻstonliq tuman "Sarbogʻ" MFY (Sijjak qishlog'i) hududida jami 840 ta xonadon boʻlib 3800 ta aholi istiqomat qiladi.

🏘Hozirgi kunga kelib 840 ta xonadondan 500 tasi (2200 ta aholi) ichimlik suvi bilan taʼminlangan boʻlib, ushbu xonadonlar ichimlik suv quvuriga suv hisoblagich oʻrnatmasdan foydalanib kelmoqda.

🌀Ichimlik suvidan oqilona foydalanish va aholiga yetarli miqdorda ichimlik suvi yetib borishini taʼminlash maqsadida, shuningdek aholiga suv hisoblagich oʻrnatilishi boʻyicha tavsiya va tushuntirish berildi.

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati