"NAVOIY SUV TA`MINOTI" AJ
1.22K subscribers
6.41K photos
3.24K videos
2 files
5.98K links
“OʻZSUVTAʼMINOT” aksiyadorlik jamiyatining "NAVOIY SUV TA`MINOTI" AJ rasmiy telegram kanali

🤖Murojaat uchun: @uzsuv_chat


📍Facebook: fb.com/uzsuvnavoiy
📍Instagram: instagram.com/uzsuvnavoiy
📍Twitter: twitter.com/uzsuvnavoiy
📍 WebSait: www.uzsuv.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NO_COMMENT
#Qiziltepa_tumani

MALIKOBODGA OBI HAYOT KIRIB KELDI💦

💧"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Qiziltepa_tumani

7 ta mahallani ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan inshoot rekonstruksiya qilindi

🚰 Qiziltepa tumanidagi "G‘amxo‘r" suv tarqatish inshooti “Xoja Hasan” hududidagi 7 ta mahallani ichimlik suvi bilan ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 154-sonli qaroriga asosan ushbu inshootda 950 mln so‘mli rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, 4 ta yangi nasos va 300 metr kub hajmdagi yangi qo‘shimcha hovuz qurildi.

📊 Qayd etish o‘rinli-ki, inshootda amalga oshirilgan ishlar bilan tuman hokimi B.Bobomurodov va sektor rahbarlari yaqindan tanishishdi.

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#reyd
#Qiziltepa_tumani

🚰 ICHIMLIK SUVIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARIGA CHEK QO‘YILMOQDA

"Navoiy suv t'minoti" AJ mas'ullari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qiziltepa tumani hududida ichimlik suvidan foydalanish holatlarini nazorat qilish, suvdan noo‘rin foydalanishni oldini olish va noqonuniy ulanish holatlariga chek qo‘yish borasida o‘rganish ishlari olib borildi.

⚡️Tuman hududi bo‘ylab o‘rganishlar jarayonida “Xomrabot” mahallasida joylashgan OShP (Oilaviy shifokorlik punkti), “Somatik oshxona” MCHJ hamda “Imonaxon-Habibaxon farm” MCHJlar ichimlik suvi quvurlariga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanganligi holatlari aniqlandi.

📝 Mazkur yuridik iste’molchilarda aniqlangan qoidabuzarlik holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda dalolatnomalar tuzildi va tarmoqdan uzildi.

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#jarayon
#Qiziltepa_tumani

📈▶️ Viloyatimizda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qiziltepa tumanining "Ayronchi" va "Gulzor" mahallalari hududida 10 km.dan jami 20 km uzunlikda ichimlik suv tarmoqlarini tortish hamda "Furqat" suv yig‘ish va tarqatish inshootiga qo‘shimcha 1 dona nasos o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.

🚜⚙️ Bugungi kunda ushbu manzilga 1580 metr uzunlikdagi polietilen suv quvurlari hamda 32 dona suv hisoblagichlar keltirilib, qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

🛠 Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun "Navoiy suv ta'minoti" AJning 3 dona maxsus texnikalari hamda 15 nafar malakali ishchi-xodimlari jalb etilgan bo'lib, amaldagi jarayonlar yakuniga yetgach hududdagi 540 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 2100 dan ortiq aholi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet|Bot|Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Chat|Website
#jarayon
#Qiziltepa_tumani

📈▶️ Viloyatimizda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qiziltepa tumanining "Ayronchi" mahallasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli maxsus qaroriga asosan 18 km uzunlikda ichimlik suv tarmoqlarini tortish ishlari boshlab yuborildi.

🚜⚙️ Ushbu hudud aholisining bir necha yillardan buyon ta‘minotda suv bosimining pastligi hamda uzulishlar bilan bog'liq muammolari mavjudligini hisobga olib, tuman hududida joylashgan "Bo‘lakrabot" suv tarqatish inshootidan "Ayronchi" suv tarqatish inshootigacha bo‘lgan masofaga qo‘shimcha tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.

🛠 Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun "Navoiy suv ta'minoti" AJning 3 dona maxsus texnikalari hamda 15 nafar malakali ishchi-xodimlari jalb etilgan bo'lib, amaldagi jarayonlar yakuniga yetgach hududdagi 447 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 2000 ga yaqin aholining markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

|📱𝗧𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺             |📱𝗙𝗮𝗰𝗲𝗯𝗼𝗼𝗸
|📱𝗜𝗻𝘀𝘁𝗮𝗴𝗿𝗮𝗺            |📱𝗬𝗼𝘂𝘁𝘂𝗯𝗲
|📱𝗪𝗲𝗯𝘀𝗶𝘁𝗲                |📱𝗖𝗮𝗯𝗶𝗻𝗲𝘁
|📱𝗕𝗼𝘁                         |📱𝗖𝗵𝗮𝘁
|📱𝗧𝗶𝗸𝗧𝗼𝗸                   |📱𝗧𝘄𝗶𝘁𝘁𝗲𝗿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM