"NAVOIY SUV TA`MINOTI" AJ
1.36K subscribers
6.17K photos
2.97K videos
2 files
5.6K links
“OʻZSUVTAʼMINOT” aksiyadorlik jamiyatining "NAVOIY SUV TA`MINOTI" AJ rasmiy telegram kanali

🤖Murojaat uchun: @uzsuv_chat


📍Facebook: fb.com/uzsuvnavoiy
📍Instagram: instagram.com/uzsuvnavoiy
📍Twitter: twitter.com/uzsuvnavoiy
📍 WebSait: www.uzsuv.uz
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali Xatirchi tumani "Xo‘jaqulobod" mahallasining o‘rta qishlogʻida olingan video asosida tarqalgan murojaat yuzasidan "Navoiy suv ta'minoti" MChJ quyidagilarni ma‘lum qiladi:

Murojaatda keltirilgan manzilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 154-sonli qarori asosida 19335,3 mln so‘m mablag‘ evaziga 114 km tarmoq tortish va 1 dona suv inshooti qurilishi natijasida 6 ta mahallaning 15 mingga yaqin aholisini suvlashtirish ko‘zda tutilgan. Loyiha bo‘yicha obyekt yildan-yilga o‘tuvchi bo‘lib, qurilish ishlari 2024-yilning 1-martida tugallanishi rejalashtirilgan.

Hozirda mazkur obyektda pudratchi tashkilot "Navoiy tears invest" MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari davom etmoqda va jarayon tugallangach barcha ko‘chalarning yo‘l qatnov qismidagi buzilgan joylar pudratchi tashkilot tomonidan qayta ta‘mirlab berilishi belgilanganligini ma‘lum qilamiz.

💧"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali Xatirchi tumani "Uyshun" mahallasi hududida ichimlik suvi tarmog'i tortish jarayonida yo‘l qismiga zarar yetganligi va qayta soz holatga keltirilmaganligi to‘g‘risida murojaat tarqalgan.

Mazkur murojaat yuzasidan "Navoiy suv ta'minoti" MChJ quyidagilarni ma‘lum qiladi:

Murojaatda keltirilgan manzilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 465-sonli qarori asosida 2023 yilda 20 km uzunlikda ichimlik suvi tarmoqlari yotqizish ishlari olib borilib, 290 tadan ortiq xonadon toza ichimlik suvi bilan to‘liq taʼminlangan. Hududda ish olib borgan quruvchi tashkilotning shartnomasida yo'llarni ta‘mirlash ishlari ko‘rsatilmaganligi sababli, 2024-yil dasturi asosida mahalla yo‘llarini sozlash ishlari tuman "Obodonlashtirish" boshqarmasining rejasiga kiritilganligini ma‘lum qilamiz.

💧"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali Xatirchi tumani "Xo‘jaqulobod" mahallasining "O‘rta" qishlogʻidagi holat asosida tarqalgan murojaat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, aniqlangan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Hozirda murojaatda keltirilgan manzilda pudratchi tashkilot "Navoiy tears invest" МChJ tomonidan ko‘chaning yo‘l qatnov qismidagi buzilgan joylar qayta ta‘mirlanganligini ma‘lum qilamiz.

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Rasmiy_munosabat

   Ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali "Karmana tumanida ikki kundan buyon ichimlik suvi yo‘q" sarlovhali murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Murojaatda keltirilgan holat "Navoiy suv ta'minoti" AJ tuman bo‘limi mas‘ullari tomonidan o‘rganildi va "Damxo'ja magistral suv tarmoqlari" AJga qarashli D-1400 mmli suv quvuridagi suv ta'minotining vaqtinchalik to'xtalishi hisobiga suv bosimi keskin tushib ketganligi oqibatida Karmana tumanining "Arg'un", "A.Navoiy" va "Dehqon" mahallalarining ayrim qismlariga ichimlik suvi chiqmay qolganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, hududda ichimlik suvi ta’minoti tiklanganligini ma'lum qilamiz.

❗️Shu o'rinda hududingizda ichimlik suvi ta‘minotiga oid muammoli holatlar yuzaga kelganda bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz:

📞 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi dispetcherlik raqami: (79)223-00-73

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet|Bot|Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Chat|Website
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali suv qudug‘ining qopqoqsiz holati aks etgan murojaat tarqalgan.
Holat “Navoiy suv ta’minoti” АJ Karmana tuman bo‘limining mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganildi va ushbu suv qudug‘i qopqog‘i takroran o‘girlab ketilganligi aniqlandi.
Manzildagi o‘g‘irlab ketilgan qopqoq o‘rniga metal qopqoq qo‘yib payvandlandi va hozirda nosozlik bartaraf etilganligini ma'lum qilamiz.

📍Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, Viloyatimizning shahar va tuman hududlarida ichimlik va oqova suv qudug‘i qopqoqlari noma‘lum shaxslar tomonidan takroriy o'g'irlab ketilmoqda.

❗️Hurmatli Iste'molchilar, agarda hududingizda ichimlik va oqova suv qudug‘i qopqoqlari o'g'irlanayotgan holatlarga guvoh bo‘lsangiz, darxol Viloyat IIB hamda "Navoiy suv ta'minoti" AJ telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishingizni so'rab qolamiz.

☎️Murojaat uchun: 79-223-00-73
Viloyat IIB: 102

"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali berilgan "Qiziltepa mashmashalari" sarlovhali murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

"Navoiy suv ta'minoti" AJ mas‘ullari holat aslida qanday ekanligiga aniqlik kiritish maqsadida manzilda bo'lib, murojaatni o‘rgandilar.

Murojaatchi suv hisoblagich o‘rnatilgan davrdan yetti oy vaqt o‘tgandan so‘ng uskunadan suv sizib chiqayotganligidan norozi bo‘lib, suv hisoblagichni almashtirib berilishini so‘rab murojaat qilgan. Vazirlar Mahkamasining 194-sonli qarorining 71-bandi uchinchi xatboshisida suvni hisobga olish asboblarining saqlanishi butligi va plombalarning buzilmasligi yuzasidan javobgarlik iste’molchiga yuklatilgan.

Ushbu qarorga asosan murojaatda keltirilgan masalalar bo'yicha tegishli mutaxassislar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlanmaganligini ma‘lum qilamiz.

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali bugun e‘lon qilingan murojaat yuzasidan "Navoiy suv ta'minoti" AJ mas‘ullari quyidagilarni ma‘lum qiladi:

Murojaatdagi avtoulov masalasi tegishli organlar tomonidan qonuniy tartibda ko‘rib chiqilayotganligini bildiramiz.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 oktyabrdagi PQ-343-sonli qarori 13-ilovasida “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tasarrufidagi ichimlik va oqava suv tizimi obyektlarini «O‘zsuvta’minot» AJ va uning tizim korxonalariga o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Ushbu qarorga asosan, O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 156-moddasi talablari asosida “Issiqlik manbai” DUKdan o‘tkazilayotgan ishchi xodimlarni ishlayotgan ish joyi hamda lavozimi saqlangan holda va amaldagi oylik maoshidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi bilan ta’minlangan holda "Navoiy suv ta'minoti" AJga o‘tkazilishini ma‘lum qilamiz.

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Rasmiy_munosabat

   Ijtimoiy tarmoq orqali suv qudug‘ining qopqoqsiz holati aks etgan murojaat tarqalgan.
   Holat “Navoiy suv ta’minoti” АJ Karmana tuman bo‘limining mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganildi va ushbu suv qudug‘i katta yuk mashinalarining bosib o‘tib-qaytishi oqibatida sinib tushib, shu holatga kelganligi aniqlandi.
    Manzildagi qopqoq o‘rniga qo‘yib payvandlandi va hozirda nosozlik bartaraf etilganligini ma'lum qilamiz.

❗️Hurmatli Iste'molchilar!
Shu o'rinda hududingizda ichimlik suvi ta‘minotiga oid muammoli holatlar yuzaga kelganda bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz:

📞 Murojaat uchun 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi dispetcherlik raqami: (79)223-00-73

"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali e‘lon qilingan murojaat yuzasidan "Navoiy suv ta'minoti" AJ mas‘ullari quyidagilarni ma‘lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan jamiyatimiz tasarrufiga o‘tgan iste’molchilar uchun yangidan shaxsiy hisob raqamlari ochilishi lozim. Iste’molchilarga ushbu jarayonda xizmat ko‘rsatish uchun Markaziy kon boshqarmasiga qarashli binodan 2 ta darcha ajratilgan va 3-iyul sanasida to‘lovlarni qabul qiluvchi darchadagi pochta programmasida sodir bo‘lgan aloqa uzilishi sababli bitta darcha ishlamaganligi oqibatida murojaatdagi holat yuzaga kelgan.

Hozirda murojaatdagi holat qayta takrorlanmasligi choralari koʻrilib, qo‘shimcha shaxobchalar tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet|Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat|Website
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifasida e‘lon qilingan Zarafshon shahri "Nurafshon" ko‘chasida yashovchi fuqaroning murojaati "Navoiy suv ta'minoti" AJ Zarafshon shahar bo‘limi mas‘ullari tomonidan o‘rganildi. O'rganish davomida asosiy markazlashgan ichimlik suvi tarmog'ida suv bosimi yetarli darajada ekanligi aniqlandi. Biroq, xonadonining ichki quvuridagi nosozlik jo‘mrakda bosim pasayishiga sabab bo‘lgan.

Ichimlik suv ta’minoti tashkiloti ichimlik suvi ta’minoti tarmog‘ining iste’molchiga tegishli hududga kirgan qismiga (ko‘p qavatli uylarning kiruvchi qismiga) qadar javobgar bo‘ladi va mazkur chegaraga qadar xizmatlar ko‘rsatadi. Iste’molchilar o‘ziga tegishli hududdagi ichimlik suvi ta’minoti tarmog‘i uchun o‘zlari javobgar bo‘ladilar(O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi 2022 yil 22 iyuldagi O‘RQ-784-sonli qonuni 28-moddasi).

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet|Bot|Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Chat|Website
"NAVOIY SUV TA`MINOTI" AJ
Photo
#Rasmiy_munosabat

"Kun.uz" internet nashri orqali e‘lon qilingan murojaat yuzasidan "Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati quyidagilarni ma‘lum qiladi:

Karmana tumani markazida joylashgan "Kamolot 1" suv yig‘ish va tarqatish inshooti suv minorasi to‘liq hajmdagi suv yuklangandagina hududdagi ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlaridagi aholiga talab darasidagi suv bosimi bilan xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi. Ushbu bosim darajasi ta‘minlanishi uchun suv minorasi to‘liq yuklanishi ya‘ni to‘ldirilishi lozim. Lekin mazkur jarayonni amalga oshirishda avtomatik tarzda elektron boshqaruv tizimi mavjud emas va suv to‘liq yuklangandan so'nggina mexanik tarzda minoraga suv yuklash to‘xtatiladi. Aynan shu vaqtdagi suv minorasidan chiqarilgan kichik hajmli quvurdan 3-4 daqiqagacha suv oqishi kuzatilishi mumkin, lekin bu jarayon inshoot mas‘ulining qat‘iy nazoratida boʻladi. Hozirda sohaga tegishli innovatsiyalarni jalb qilish takliflari tayyorlanmoqda va yaqin kelajakda ushbu jarayonlarni avtomatlashtirilgan elektron tizim asosida yangilanishi ko‘zda tutilgan.

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet|Bot|Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Chat|Website
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali suv qudug‘ining qopqoqsiz holati aks etgan murojaat tarqalgan.
Holat “Navoiy suv ta’minoti” АJ Navbahor tuman bo‘limining mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganildi va ushbu suv qudug‘i qopqog‘i takroran o‘girlab ketilganligi aniqlandi.
Manzildagi o‘g‘irlab ketilgan qopqoq o‘rniga yangidan metal qopqoq o‘rnatildi va hozirda nosozlik bartaraf etilganligini ma'lum qilamiz.

📍Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, Viloyatimizning shahar va tuman hududlarida ichimlik va oqova suv qudug‘i qopqoqlari noma‘lum shaxslar tomonidan takroriy o'g'irlab ketilmoqda.

❗️Hurmatli Iste'molchilar, agarda hududingizda ichimlik va oqova suv qudug‘i qopqoqlari o'g'irlanayotgan holatlarga guvoh bo‘lsangiz, darxol Viloyat IIB hamda "Navoiy suv ta'minoti" AJ telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishingizni so'rab qolamiz.

☎️Murojaat uchun: 79-210-10-04
Viloyat IIB: 102


💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet|Bot|Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Chat|Website
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali suv qudug‘ining qopqoqsiz holati aks etgan murojaat tarqalgan.
“Navoiy suv ta’minoti” АJ Karmana tuman bo‘limining mas'ul xodimlarining o‘rganishlaridan ushbu suv qudug‘i qopqog‘i o‘girlab ketilganligi aniqlandi. Hozirda o‘g‘irlab ketilgan qopqoq o‘rniga yangidan metal qopqoq o‘rnatildi.

Shuningdek, Navoiy ko‘chasidagi kovlanib ochiq qoldirilgan quvurlar aks etgan holat hozirda to‘liq bartaraf etilganligini ma‘lum qilamiz.

📍Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, Viloyatimizning shahar va tuman hududlarida ichimlik va oqova suv qudug‘i qopqoqlari noma‘lum shaxslar tomonidan takroriy o'g'irlab ketilayotganligi sababli Sizlardan, hududingizda ichimlik va oqova suv qudug‘i qopqoqlari o'g'irlanayotgan holatlarga guvoh bo‘lsangiz, darxol Viloyat IIB hamda "Navoiy suv ta'minoti" AJ telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishingizni so'rab qolamiz.

☎️Murojaat uchun: 79-210-10-04
Viloyat IIB: 102


💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

https://t.iss.one/uzsuvnavoiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM