"NAVOIY SUV TA`MINOTI" AJ
1.32K subscribers
6.96K photos
3.76K videos
3 files
6.73K links
“OʻZSUVTAʼMINOT” aksiyadorlik jamiyatining "NAVOIY SUV TA`MINOTI" AJ rasmiy telegram kanali

🤖Murojaat uchun: @uzsuv_chat


📍Facebook: fb.com/uzsuvnavoiy
📍Instagram: instagram.com/uzsuvnavoiy
📍Twitter: twitter.com/uzsuvnavoiy
📍 WebSait: www.uzsuv.uz
Download Telegram
#Xabar

Ma‘lumki, "Navoiy suv ta'minoti" MCHJ rahbariyati tomonidan joriy yilning 22-25 may kunlari Qiziltepa tumanida ichimlik suvidan oqilona foydalanishni targ‘ib etish hamda isteʼmolchilarning tarmoqqa noqonuniy ulanishlarni bartaraf etish bo'yicha faol tarzda nazorat tadbirlari olib borildi.
Xususan, aholi va yuridik iste’molchilarni debitor va kreditor qarzdorliklarini kamaytirish, yuqori qarzdor iste’molchilarni tarmoqdan uzish, ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanish kabi holatlarni o‘rganish yakunlariga ko‘ra jami 12 ta (aholi 6 ta, yuridik 6 ta) iste’molchilar ichimlik suviga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanganligi aniqlanib, tegishli tartibda dalolatnomalar tuzildi. Aniqlangan qoidabuzarliklar natijasida yetkazilgan jami zarar miqdori 351 mln so‘mni tashkil qiladi.
Yuqoridagi holatlarni oldini olish va kamaytirish bo‘yicha tegishli ma’sul xodimlarga ogohlantirishlar berildi.

💧"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#xabar

Iste’molchilarning debitor qarzdorligini qisqartirish maqsadida “Navoiy suv ta’minoti” MCHJ direktorining  moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Shernazarov va ma’sul xodimlar boshchiligida Konimex tumanining olis hududlaridan biri bo‘lgan “Uchtepa” ovuli aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda hudud iste’molchilariga ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish lozimligi, suv hisoblagichlarni o‘rnatishning afzalliklari to‘g‘risida va yuqori qarzdorliklar yuzaga kelganda undirish choralari ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yuqori qarzdorlig‘i mavjud iste’molchilar ogohlantirilib, ba'zilariga turmush sharoitlarini inobatga olgan holda ixtiyoriy to‘lov uchun ma’lum muddatlar berildi hamda to‘lovlarni amalga oshirishdan bosh tortish holatlarining oqibatlari qonuniy asosda tushuntirildi.

💧"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#xabar

“Navoiy suv ta’minoti” MCHJ Navbahor tuman bo‘limida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleans nazorat xizmati tomonidan korrupsion holatlarini oldini olish, ushbu illatning yuzaga kelish sabablari va sodir etilishiga imkon beradigan omillarni bartaraf etish hamda xodimlarning ayni masala bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman bo‘limi xodimlariga korrupsion holatlar sodir etilishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lish, korrupsiyaviy hatti-harakatlar uchun amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan javobgarlik va buning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi va bu masala qat‘iy nazoratda ekanligi to‘g‘risida ogohlantirilib, tuman mas'ullaridan qo‘l ostidagi xodimlarini nazorat qilishlari to‘g‘risida tilxatlar olindi.

💧"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Xabar

"Navoiy suv ta'minoti" MChJning barcha bo‘limlarida Korrupsion holatlarini oldini olish, ushbu illatning yuzaga kelishi sabablari va sodir etilishiga imkon beruvchi omillarni bartaraf etish hamda ishchi-xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Bugun ham Qiziltepa tuman boʻlimida tuman bo‘limi boshligʻi, muhandis-texnologlar va hudud nazoratchilari ishtirokida korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, sodir etilishini oldini olish va uning oqibatlari toʻgʻrisida "Kompleans nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish" boʻlimi boshligʻi O‘.Jumayev boshchiligida yigʻilish bo’lib o’tdi.

💧"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Xabar

Korrupsion holatlarini oldini olish, ushbu illatning yuzaga kelishi sabablari va sodir etilishiga imkon beruvchi omillarni bartaraf etish hamda ishchi-xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida "Navoiy suv ta'minoti" MChJning barcha bo‘limlarida "Kompleans nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish" boʻlimi boshligʻi O‘.Jumayev boshchiligida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Karmana tumani boʻlimida ham tuman bo‘limi boshligʻi, muhandis-texnologlar va hudud nazoratchilari ishtirokida yig'ilish tashkil etilib, yig‘ilish qatnashchilariga korrupsion harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, korrupsion holatlarni oldini olish, sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik va uning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.

💧"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Xabar

"Navoiy suv ta'minoti" MChJning barcha bo‘limlarida Korrupsion holatlarini oldini olish, ushbu illatning yuzaga kelishi sabablari va sodir etilishiga imkon beruvchi omillarni bartaraf etish hamda ishchi-xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida o'lib borilayotgan targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

Nurota tumani va Gozg‘on shahar bo‘limlarida
ham bo‘lim boshliqlari, muhandis-texnologlar va hudud nazoratchilari ishtirokida korrupsion holatlar yuzaga kelishini oldini olish bo‘yicha yig'ilish bo‘lib o‘tdi.

Jamiyatning "Kompleans nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish" boʻlimi boshligʻi O‘.Jumayev yig'ilish ishtirokchilarini bu illatning kelib chiqishiga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishga chaqirib, korrupsiyaviy hatti-harakatlar uchun amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan javobgarlik va uning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

💧"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Xabar

Bugun "Navoiy suv ta’minoti” MCHJ mas‘ullari va Viloyat Prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Karmana tumani aholisi bilan suvdan oqilona foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik va iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni targ‘ib qilishga qaratilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tumanning "Do‘stlik" hamda "Talqoq" mahallalari aholisi bilan muloqot davomida hozirgi murakkab iqlim sharoitida ayniqsa ichimlik suviga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish zarurligi, mavjud qarzdorliklarni insonparvarlik tamoyili asosida huquqiy organlar ishtirokisiz hal qilish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berildi va qarzdorliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mahalla oqsoqollari bilan chora-tadbirlar belgilab olindi.

❗️Ma‘lumot uchun:
🔹"Do‘stlik" mahallasida aholi isteʼmolchilarni soni 1707 nafar, qarzdorligi 401 mln so‘m;
🔹"Talqoq" mahallasida aholi isteʼmolchilarni soni 1777 nafar, qarzdorligi 397,6 mln so‘m.


"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati
Kanalimizni kuzatib boring
#Xabar

Har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli bo'lgan davlat ramzlari bor. Ulardan biri – Davlat bayrog'idir.
Mamlakatimizda 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan “Navoiy suv ta’minoti” MCHJda Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlangan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida madaniy-ma’rifiy soat o‘tkazildi. Tadbir qatnashchilari Davlat ramzlari to‘g‘risida yana bir bor o‘z bilimlarini mustahkamlab, qo‘shimcha ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

💧"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#xabar

Bugungi kunda mamlakatimizda taraqqiyot kushandasi bo‘lmish Korrupsiyaga qarshi kurashish - islohotlarning bosh mezoni hisoblanadi.

“Navoiy suv ta’minoti” MCHJning barcha hududiy bo‘limlarida ham Korrupsion holatlarini oldini olish hamda ishchi-xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Bugun ham Konimex tuman boʻlimi xodimlari bilan "Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat xizmati" inspektori O‘.Djumayev boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish va tizimda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni oldini olish mavzularida profilaktik-targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.              
                  
💧"Navoiy suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Xabar

Bugun "O‘zsuvta'minot" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sh.Sadillayev boshchiligidagi ishchi guruh "Navoiy suv ta'minoti" aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda uning barcha hududiy boʻlimlarining ma‘sul xodimlari ishtirokida tahliliy yigʻilish o‘tkazildi.

📊 Ishchi guruhi ichimlik suvi qamrovi doirasi kengaygan hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, qurilish ishlarining me’yor talablari asosida bajarilganligi, iste’molchilarni yagona billing bazasiga kiritilishi, ikki tomonlama shartnoma shartlarining bajarilishi va debitor qarzdorliklarni undirilishiga oid jarayonlarni o‘rgandi hamda tahlillar asosida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qat‘iy topshiriqlar berildi.

📈 Qayd etish lozimki, asosiy e'tibor jamiyat faoliyatini tubdan o‘rganib tahlil etish orqali isloh qilish hamda amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#xabar

“O‘zsuvta’minot” AJning "Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat boshqarmasi" Navoiy viloyati bo‘yicha inspektori tomonidan Navbahor tumanining “Yangiobod”, “Keskanterak” va “Yangi hayot” mahallalari raislari hamda hokim yordamchilari bilan korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan targ'ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, mas‘ullar bilan suv ta’minoti xodimlari tomonidan shubhali tarzda pul so‘ralsa, hisoblagichni qayta qiyoslovdan o‘tkazish uchun ortiqcha mablag‘ talab qilinsa, qarzdorlikni yo‘qotib berish maqsadida ta’magirlikka yo‘l qo‘yilsa yoki shunga o‘xshash korrupsion holatlarga duch kelingan holatlarda +998939501055 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari lozimligi to‘g‘risida tushutirishlar o'lib borildi.

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#xabar

Reyd tadbirlari davom etmoqda

Kuni kecha "Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi" hamda “Navoiy suv ta’minoti” AJ xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.

📝 Ushbu ishchi guruh boshchiligida iste’molchilarning ichimlik suvidan foydalanish holatlarini monitoring qilish, ichimlik suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash hamda aniqlangan qoidabuzarlik holatlariga tegishli tartibda choralar ko‘rish bo‘yicha viloyatning barcha hududlarida nazorat-reyd tadbirlari davom etadi.

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Xabar

🛠💦 "Navoiy suv ta'minoti" AJ "G‘ozg‘on" shahar bo‘limi tomonidan "Tumar" mahallasida joylashgan "Tumar ABR" suv tarqatish inshootining chiqish nuqtasidagi diametri D-250 mmli asosiy ichimlik suv quvurlarida aniqlangan nosozlik bartaraf etilib, aholining ichimlik suv ta’minoti tiklandi.

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
#Xabar

⚡️ Bugun viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i hamda Karmana tumani prokurori boshchiligida Karmana tumani "Ziyokor" mahallasi binosida "Navoiy suv ta'minoti” AJ mutaxassislaridan tarkib topgan maxsus shtab faoliyati hamda debitor qarzdorliklarni qisqartirishga qaratilgan tashkiliy ishlar tahlili yuzasidan yig'ilish bo'lib o‘tdi.

📝 Yig'ilishda tuman isteʼmolchilarining debitor qarzdorliklarini undirish borasida manzilli reja asosida ishlarni tashkil etish bo‘yicha soha xodimlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xabar

📈▶️ "Navoiy suv ta'minoti" AJ Zarafshon shahar bo‘limi iste'molchilari uchun qulayliklar yaratish maqsadida qo'shimcha to‘lov shaxobchalari qurilib, foydalanishga topshirildi.

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet|Bot|Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Chat|Website