O‘zsuvta'minot
27.7K subscribers
18.8K photos
9.8K videos
22 files
15.1K links
“O‘ZSUVTA’MINOT” AJ

🏢Manzil: Yunusobod tumani Bog`ishamol ko`chasi 152-uy

☎️1255
📩 [email protected]

📍websayt: https://uzsuv.uz/uz
📍Facebook: facebook.com/UzSuvTaminot
📍Instagram: instagram.com/UzSuvTaminot

🤖Murojaat uchun: @suvmuammobot
Download Telegram
#Surxondaryo_viloyati
#ishchi_guruhi_faoliyatidan
#reyd_tadbirlari

Bugun o‘tkazilayotgan
reyd tadbiri doirasida “INDENIM” savdo majmuasi ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida ob’yekt bazada mexanik suv hisoblash uskunasi o‘rnatilganligi ro‘yxatda turibdi. Amalda esa zamonaviy onlayn suv hisoblagichi o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi va majmuani bazaga to‘g‘ri kiritish bo‘yicha iste’molchiga tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek,
reyd vaqtida Denov tumani Mirsaid Baraka mahallasi, Turkiston ko‘chasida joylashgan qassobxona, “Olimos Farm Servis” dorixonasi ham suvdan shartnomasiz foydalanayotgani aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati
#ishchi_guruhi_faoliyatidan
#reyd_tadbirlari
#Termiz_shahri

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida kuchaytirilgan reyd tadbirlari o’tkazilmoqda. Reyd tadbirlarida Termiz shahrida ham qator qonun buzulish holatlari aniqlanmoqda.

Jumladan, Termiz shahridagi "Trastbank" xususiy aksiyadorlik bankida
reyd o‘tkazilganda aniqlangan qonun buzulish holatlari bo‘yicha dalolotnomalar rasmiylashtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#Termiz_shahri
#ishchi_guruhi_faoliyatidan
#reyd_tadbirlari

Reyd tadbiri davomida, Termiz shahrida suv ta’minoti va okova suv tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Amir Temur ko‘chasidagi “Lazzat siti” oshxonasi noqonuniy ulanish sababli tarmoqdan ajratildi. “SUMAYYA” go‘zallik salonida hisoblagichda nazorat tamg‘asi yo‘qligi qayd etildi. 10-maktabda shartnoma va hisob-kitob yo‘qligi sababli suv ta’minoti to‘xtatildi. "Imom Termiziy" islom ta’lim muassasasi ham tarmoqqa noqonuniy ulangan. Har bir holat yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#Surxondaryo_viloyati
#ishchi_guruhi_faoliyatidan
#reyd_tadbirlari

Suv ta’minoti va oqova xizmati sohasida tartib-intizomni ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan
reyd tadbiri chog‘ida qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, Navro‘z MFY “Mustaqillik” ko‘chasi 12A uyda joylashgan “Malakasimon yuksalish” muassasasida o‘tkazilgan tekshiruv davomida suv va oqova tarmog‘idan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, muassasa vaqtincha tarmoqdan ajratildi. Xuddi shunday yana bir nechta ob‘yektda noqonuniy holatlar aniqlanib, iste'molchilarga suv ta'minoti to‘xtatildi.

Shuningdek, “Nurli manzil” MFY, Ostonaqulov ko‘chasi 27-uyda joylashgan 27-DMTTda suv hisoblagichning nosoz holati aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#Surxondaryo_viloyati
#ishchi_guruhi_faoliyatidan
#reyd_tadbirlari

Termiz shahri Farovon 2-mavzesida joylashgan go’zallik salonu shartnomasiz suvdan foydalanganligi aniqlandi. Shu sababli, suv ta’minoti vaqtinchalik to’xtatildi va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Ishlar davom etmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter