"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
11.5K subscribers
10.6K photos
406 videos
61 files
2.9K links
Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar:
https://hipolink.me/utyaj
Elektron chiptalarni xarid qilish:
chipta.railway.uz
Yo‘lovchilarni tashish:
https://t.iss.one/uzrailpassuz
Yuklarni tashish:
https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050/
Download Telegram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2017-yildan buyon avgust oyining birinchi yakshanbasi Temir yo‘l transporti xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelmoqda. Shu munosabat bilan bugun tashkil etilgan tantanali tadbirda davlatimiz rahbarining biz temiryo‘lchilarga tabrigi o‘qib eshittirildi. Qutlovda temir yo‘l sohasidagi islohotlarning samaralari alohida qayd etildi. Mamlakatimizning xalqaro transport va tranzit salohiyatini yuksaltirish borasida ham yangi ufqlar ochilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Tadbirida davlat boshqaruvi organlari vakillari, temir yo‘l tizimi oldida turgan o‘ta dolzarb vazifalarni hal qilishda biz temiryo‘lchi xodimlarga yanada ulkan kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilib, mamlakatimizning temir yo‘l transporti sohasidagi salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shishimizga ishonch bildirishdi va bizlarga yangidan yangi yutuqlarda omad tilashdilar.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli temir yo‘l transporti xodimlari!

#⃣railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1👏1
Faxrli e’tirof – Fidoyilarga munosib hurmat!

"Temir yo‘l transporti xodimlari kuni" munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘iga asosan “Temiryo‘linfratuzilma” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan qator fidoyi xodimlar uzoq yillar davomida temiryo‘l sohasini rivojlantirishdagi samarali mehnati, halollik, sadoqat va mas’uliyatli yondashuvi uchun “Faxriy temiryo‘lchi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

🏅 Bu mukofot – mehnat faxri, fidokorlik va mas’uliyat timsolidir!

🔘Taqdirlanganlar ro‘yxati:

➡️Artikov Toxir Vaxabovich – "Temiryo'linfratuzilma" AJ Toshkent MTU filiali umumiy bo‘lim boshlig‘i

➡️Komlik Sergey Anatolevich – "Temiryo'linfratuzilma" AJ Toshkent MTU filiali Toshkent bekati stansiya navbatchisi

➡️Marufov Olimjon Gulyamovich – "Temiryo'linfratuzilma" AJ Toshkent MTU filiali Xovos elektr ta'minoti Sirdaryo nimstansiyasi kontakt tarmog‘i elektrmontyori

➡️Axrorov Nasoxiddin Jamaldinovich – "Temiryo'linfratuzilma" AJ Qo‘qon MTU filiali Andijon temir yo‘l masofasi yo‘l ustasi

➡️Nurullaev Bobir Ortiqovich – "Temiryo'linfratuzilma" AJ Buxoro MTU filiali Samarqand temir yo‘l masofasi yo‘lsozlovchi

➡️Latipov Anvar Azimovich – "Temiryo'linfratuzilma" AJ Buxoro MTU filiali Moliya bo‘limi boshlig‘i

➡️Maxmudov Elmurodjon Nematovich – "Temiryo'linfratuzilma" AJ Qo‘ng‘irot MTU filiali boshlig‘ining rejim va kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari

➡️Jumanazarov Muratbay Bekbaliyevich – "Temiryo'linfratuzilma" AJ Qo‘ng‘irot MTU filiali Qo‘ng‘irot elektr ta'minoti bosh muhandisi

➡️Nortajiev Islom Meyliboevich – "Temiryo'linfratuzilma" AJ Qarshi MTU filiali Iqtisodiy tahlil va prognozlash bo‘limi boshlig‘i

➡️Abdusamatov Xamitquli Abdurasulovich – "Temiryo'linfratuzilma" AJ Termiz MTU filiali Signalizatsiya va aloqa masofasi aloqa dispetcheri

➡️Abdilxaitov Uktam – "Temiryo'linfratuzilma" AJ Termiz MTU filiali Darband temir yo‘l masofasi ustaxona ta’mirlash qurilmalari bo‘yicha muhandis-mexanik

➡️Erdanov Nodirbek Ibragimovich – “Temiryo‘linfratuzilma maxsus qurilish” MChJ direktori

🔘 Bu yuksak e’tirof mehnat jamoalarini yanada kuchli rag‘batlantiradi va butun jamoaga o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi. Taqdirlangan xodimlarimizni tabriklaymiz va ularga kelgusi faoliyatlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#⃣railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥3👏2🤔1