Uz Python Dev Logs
198 subscribers
57 photos
1 video
2 files
50 links
Uz Python Logs (notes)
Bu yerda Python dasturlash tiliga oid sharhlarni o'zbek tilida kuzatib borishingiz mumkin
👋 Bu yerda siz ham o'zingiz qiziqtirgan mavzuda qiziqarli ma'lumotlar e'lon qilishingiz mumkin
Aloqa: @AzamMamatmurodov
Ishlar: @uzpythonjobs
Download Telegram
​​Django frameworkini qayerdan o'rgansa bo'ladi ?

🤔 Bilasizmi, biror texnologiyani(dasturlash tili, kutubxona yoki framework) qayerdan yoki nimadan o'rganish kerakligini so'rashganini ko'p bora guvohi bo'lamiz. Bugun sizlar bilan shu bo'yicha suhbatlashsak!

Odatda biror texnologiyani o'rganishda, shu texnologiyani ishlab chiquvchilar(dasturchilar) tomonidan yozilgan hujjatlar(documentation) eng avfzali hisoblanadi. Shuningdek, unda ishlab o'z tajribasi bilan o'rtoqlashuvchi yozuvchi-dasturchilar tomonidan yozilgan bloglar, darslar va h.k.lar juda ham foydali. Bundan tashqari bizda qo'shimchasiga YouTube.com, Stackoverflow.com, Reddit.com va shu kabi platformalardan ko'plab foydali resurslarni topish mumkin. Misol uchun Django frameworki bo'yicha eng foydali va samarali resurs deb Djangoproject.com saytini bilaman va shaxsan o'zim ham shu yerdan o'rganganman!

Foydali resurslar:
1. Djangoproject.com - django bo'yicha boshlang'ich bilimga ega bo'lmagan istalgan dasturchi uchun foydali bo'la oladi;
2. Realpython.com - Nafaqat Django bo'yicha, balki Python bo'yicha ham juda foydali;
3. Wsvincent.com - Will Vincent'ning shaxsiy blogi;
4. Simpleisbetterthancomplex.com - Vitor Freitas 'ning shaxsiy blogi, juda foydali(tajribalarga asoslangan);

👉@uzpythonlogs
#DjangoProject #goodlink #resources
Django community uchun ajoyib yangilik! 🥳🥳🥳

🚀 4 avgust kuni Django 3.1 versiyasi relizi chiqarildi.

👉Reliz bo'yicha asosiy e'tibor beradigan joylarimiz quyidagilar:
• Asinxron view va middleware'ni qo'llab quvvatlash;
• JSONField - endi barcha ma'lumot bazalari uchun ishlaydi;
• Tokenlar, Kokilar, sessiyalar, va signaturalar, endi SHA-256 heshlash algoritmidan foydalanadi.

Batafsil ushbu havolada o'qishingiz mumkin!

👉@uzpythonlogs
#DjangoProject #Release #3.1