O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
28.6K subscribers
6.54K photos
1.96K videos
8 files
3.66K links
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy kanali

📌 Marketing: @Tezkor_mahalla
Download Telegram
#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

Toy keyin ham o‘tgan-ketganda biznikiga tez-tez kirib turadigan bo‘ldi.

Uni har ko‘rganimda bolaligimni eslayman. Kichkinaligimizda oramizda eng bo‘sh-bayov bola shu edi. Uyimizning orqasida kattagina maydoncha bo‘lardi. Uzoq-yaqindan mol boqishga kelgan bolalar shu yerda yig‘ilib shovqin-suron solib o‘ynardik. Toy hammadan uzoqdan Beshqo‘rg‘ondan o‘ziga o‘xshash yuvosh, shoxsiz sigirini oldiga solib kelardi.

Har faslning o‘z o‘yini bor: erta bahorda chillak, varrak, yozda futbol, kech kuzda lanka tepish… Faqat ikkita bola o‘yinga ko‘p qo‘shilmasdi. Bittasi – ko‘zlari doim javdirab turadigan Xo‘ja, yana biri – Toy. Xo‘janing o‘zi o‘yinga uncha qiziqmas, Toyning esa o‘z yumushi bor edi. Nega deganda zimmasida mol boqish vazifasi bor. Birovning daydi sigiri, birovning shaytonga dars beradigan echkisi zum o‘tmay ekin oralab ketadi. Shunda mo‘ylovi qorayib, do‘rillab qolgan jo‘raboshimiz buyuradi:

– Toy! Galing keldi, echkini qaytar!

– Sigirga qara, Toy, sigirga!

– Toy! Qo‘y kartishkaga oralab ketdi-ku!...

🔍 Ushbu parcha "Dunyoning ishlari" qissasining "Toy" hikoyasida uchraydi.

✈️ Tanlov g'oliblari safida bo'lishni istaysizmi? @MahallaTanlovBot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🔍 Murojaat uchun:
@mahalla_murojaat

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

P.S. Mazkur ma'lumotlar 1-iyul kuni o'tkaziladigan tanlov testlari ichida kelishi mumkin!


Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥2
#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

Otamning jahli yomon edi. Badjahl bo'lib aka-ukalardan, birontamizni chertgan emas. Biroq onam: «Hoy, ehtiyot bo'l, adangning jahllari yomon», deb shunchalik uqtirib qo'yganki, otamizni ko'rishimiz bilan hammamiz yuvosh tortib qolardik.

Tirikchilik vajidan bo'lsa kerak, otam kechalari soat tuzatardi. Qo'ni-qo'shni, mahalla- ko'yda kimning soati buzilsa, biznikiga olib kelar, otamning hujrasida katta-kichik soatlar muttasil chiqillab turar edi. Onam bizni bu hujraga hech yo'latmasdi. Bir kuni ukam ikkalamiz u yerga kirsak, stol ustida kichikroq piyolaning og'zidek keladigan zanjirli cho'ntak soati yotibdi. Qopqog'i, oynasi ochilgan, murvatlari bir chekkaga tartib bilan terib qo'yilgan. Aka-uka o'zimizcha «ustachilik» qildik. Soatning yurishidan darak yo'q.

Bir mahal narigi uyda onamning sharpasini sezib qoldigu sekingina sirg'alib chiqib ketdik...

🔍 Ushbu parcha "Dunyoning ishlari" qissasining "Qanoat" hikoyasida uchraydi.

✈️ Tanlov g'oliblari safida bo'lishni istaysizmi? @MahallaTanlovBot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🔍 Murojaat uchun:
@mahalla_murojaat

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

P.S. Mazkur ma'lumotlar 1-iyul kuni o'tkaziladigan tanlov testlari ichida kelishi mumkin!


Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73👎7🔥3
#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

👍 Kecha va kunduz — Oʻzbek yozuvchisi Abdulhamid Choʻlpon tomonidan yozilgan roman. Bu asarga „Oʻtkan kunlar asari darajasida“ deb baho berilgan. U o‘zbek adabiyotidagi ilk roman — dilogiya bo‘lib, ikki kitobdan iborat.

🔍Birinchi qismi „Kecha“ 1933-1934-yillarda Moskvada yozilgan. Dastlabki boblari 1935-yilda Toshkentdagi adabiy jurnalning 1-sonida bosilgan, asar 1936-yilda to‘liq holda nashr etilgan. Asardagi voqealar ilk bahorda boshlanib, qish chillasida tugaydi. Cho‘lpon romaniga „Hamal keldi — amal keldi“ maqolini epigraf qilib olgan.

✈️ Tanlov g'oliblari safida bo'lishni istaysizmi? @MahallaTanlovBot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🔍 Murojaat uchun:
@mahalla_murojaat

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

P.S. Mazkur ma'lumotlar 1-iyul kuni o'tkaziladigan tanlov testlari ichida kelishi mumkin!


Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍59🔥2
#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

👍 Romanning „Bugun“ deb atalgan ikkinchi qismining taqdiri to‘g‘risida maʼlumot yo‘q. Holbuki „Kecha“ da tasvirlangan voqealarning mantiqiga ko‘ra romanning „Kunduz“ qismida Zebining Sibir surgunidan, Miryoqubning esa Qrim safaridan keyingi hayotlari tasvirlanishi lozim edi.

🔍Birinchi kitobdagi tasvir etilgan voqea birinchi jahon urushi endigina boshlangan kezlarida Oʻzbekiston viloyatlarining birida bo‘lib o‘tadi. Asardagi asosiy g‘oya mavjud tuzumni tag — tomiri bilan o‘zgartirishdir.

✈️ Tanlov g'oliblari safida bo'lishni istaysizmi? @MahallaTanlovBot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🔍 Murojaat uchun:
@mahalla_murojaat

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

P.S. Mazkur ma'lumotlar 1-iyul kuni o'tkaziladigan tanlov testlari ichida kelishi mumkin!


Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍68🔥1
#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

👍 Roman obrazlaridan biri Zebi oʻsha davr ayollarining begʻubor, samimiy, soddadil  bir koʻrinishi. Ayniqsa, bu holat Zebi sud qilinayotgan chogʻda namoyon boʻladi. Sibirga surgun qilinib turibdi, biroq, shunda ham uyini qanday topib olishi haqida oʻylaydi.

🔍Zebi - oddiy obraz, yaʼni u xarakter sifatida oʻsib chiqmagan. Bosh qahramon demasligimizga sabab, u voqealar rivojiga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi, aksincha, hayot uni oʻz oqimi boʻylab istagan xarsangiga uradi. U har nimaga koʻnikuvchan, moslashuvchan: otasining zindonga aylantirgan hayotiga ham, hatto mingboshiga uzatilishiga ham, u yerdagi hayotga ham koʻnadi.

✈️ Tanlov g'oliblari safida bo'lishni istaysizmi? @MahallaTanlovBot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🔍 Murojaat uchun:
@mahalla_murojaat

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

P.S. Mazkur ma'lumotlar 1-iyul kuni o'tkaziladigan tanlov testlari ichida kelishi mumkin!


Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46🔥10👏4👎1
#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

👍 “Kecha va kunduz” romani xalqimizning og‘ir, qiyinchilik kunlaridan hikoya qiladi. Bu roman qahramonlari ruhiyatida, ularning xarakterida o‘z ifodasini topadi. Romandagi haqiqiy o‘zbek milliy xarakterini aks ettirgan obraz Zebi obrazidir.

🔍Zebi Razzoq so‘fidek ziqna, pastkash, o‘zining asl insoniylik mohiyatini unutgan kishining xonadonida tabiat in’om etgan mo‘jiza kabidir. Roman boshlanishida yozuvchi peyzaj san’ati orqali bahor tasvirining ifodalashi, tabiatdagi jonlanish, hayot va yashashga bo‘lgan ishtiyoq nafasi qiz ko‘nglidagi hislar bilan uyg‘unlik kasb etadi: “Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko‘ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan, endi, ustiga poxol to‘shalgan aravada bo‘lsa ham, allaqaylarga – tola qirlarga chiqib yayrashni tusay boshlagan edi”. Yozuvchi Zebining kechinmalarini, his-tuyg‘ularini, istak-u intilishlarini, qalbining eng chuqur qatlamlaridagi tuyg‘ularini mahorat bilan tasvirlagan.

🔍Zebi o‘z istaklarini otasiga aytishda onasidan foydalanadi. Zebiga tabiat yosh-u qarini lol qoldira oladigan go‘zal ovozni in’om etgan. Ammo u uyidan boshqa joyda kuylash huquqiga ega emas. U shunday otaning qizikim uning qo‘lida har qanday kuchli mayllarni ham parchalamoqqa, ko‘nglining har bir havas va tilagini ko‘ringan joyida bo‘g‘ib tashlamoqqa qodir. Chunki Zebi shunday qilishga o‘rganib qolgan. Zebi erki o‘z qo‘liga bo‘lmagan, o‘z xohish istaklariga qarshi bora oladigan o‘zbek ayoli timsoli.

✈️ Tanlovga 7 kun qoldi! G'oliblar safida bo'lishni istaysizmi? @MahallaTanlovBot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🔍 Murojaat uchun:
@mahalla_murojaat

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

P.S. Mazkur ma'lumotlar 1-iyul kuni o'tkaziladigan tanlov testlari ichida kelishi mumkin!


Facebook | Instagram | X | Telegram | You tubeё
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71👏8🔥6
#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

👍 Romanda asosiy bo‘lmagan, Zebi obrazi atrofida harakatlanayotgan Salti(Saltanat), Enaxon, uning onasi, kelinbibisi obrazlari xarakterida ham o‘zbek millatiga xos bo‘lgan xarakter jihatlarini ko‘rishimiz mumkin.

🔍Shahardan Saltilarni kelishini eshitgan Enaxon mehmonlarni qanday kutib olishni o‘ylab o‘zini qo‘yarga joy topa olmaydi. “Mehmon ko‘rki - dasturxon” deganlaridek Enaxon mehmonlarni risolagidek kutib olishni xohlaydi...

✈️ Tanlovga 7 kun qoldi! G'oliblar safida bo'lishni istaysizmi? @MahallaTanlovBot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🔍 Murojaat uchun:
@mahalla_murojaat

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

P.S. Mazkur ma'lumotlar 1-iyul kuni o'tkaziladigan tanlov testlari ichida kelishi mumkin!


Facebook | Instagram | X | Telegram | You tubeё
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍57🔥7👏4👎2
#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

👍 ...Ammo bu yo‘qsul oilaning daromadi arang kun kechirishga yetar edi. Shunday bo‘lsa ham bu oila shahardan kelayotgan mehmonlarni yaxshi kutib olish uchun kengashib o‘z bisotlaridagi borlarini o‘rtaga qo‘yadilar:

🔍“O‘ylab-o‘ylab qo‘limdan kelgani shu bo‘ldiki, o‘limligimga atalgan narsalardan bir ozroq ajratdim. Endi, Ena, sen ham bisotingda boridan bir-ikki narsa ajrat, kelin siz ham bir narsa qo‘shing , ertalab bitta- yarimtani bozorga tushiraylik shularni sotib ul-bul olib kelsin”. Taklif barchaga ma’qul tushib rozi bo‘ladilar.

🔍Cho‘lpon o‘zbek oilalaridagi bu kabi qadriyatlarni me’yoriga yetkazib tasvirlaganki, bu orqali asar qahramonlari xarakteridagi milliy qadriyatlarga hurmat, insoniylik jihatlarini ham
tezda ilg‘ay oladi.

✈️ Tanlovga 5 kun qoldi! G'oliblar safida bo'lishni istaysizmi? @MahallaTanlovBot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🔍 Murojaat uchun:
@mahalla_murojaat

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

P.S. Mazkur ma'lumotlar 1-iyul kuni o'tkaziladigan tanlov testlari ichida kelishi mumkin!


Facebook | Instagram | X | Telegram | You tubeё
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54👎5
#Mahallalaruyushmasi #Mahalladagi_kitobxon

👍 Ro'yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan kitobxonlarimiz 1-iyul kuni "Mahalladagi kitobxon” tanlovining testida ishtirok etishi mumkin.

Tanlov 1-iyul kuni soat 10:00dan 16:00gacha @MahallaTanlovbot manzilida onlayn tarzda o'tkaziladi.

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

🔍 Barcha kitobxonlarga omad yor bo‘lsin!


Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍220👎27🔥23👏13
👍 Shoshiling, atigi 3 kun qoldi

👍 Oramizda kitobxonlar bormi? Mahalladagi kitobxon tanlovi boshlanishiga bor-yo’g’i 3 kun qoldi.

📝 Hoziroq @MahallaTanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Tanlov 1-iyul kuni soat 10:00dan 16:00gacha @MahallaTanlovbot manzilida onlayn tarzda o'tkaziladi.

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

#Mahallalaruyushmasi #Mahalladagi_kitobxon

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍98🔥12👎7👏6
👍 Shoshiling, atigi 2 kun qoldi

👍 Oramizda kitobxonlar bormi? Mahalladagi kitobxon tanlovi boshlanishiga bor-yo’g’i 2 kun qoldi.

📝 Hoziroq @MahallaTanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Tanlov 1-iyul kuni soat 10:00dan 16:00gacha @MahallaTanlovbot manzilida onlayn tarzda o'tkaziladi.

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

#Mahallalaruyushmasi #Mahalladagi_kitobxon

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83🔥7👏6
👍 Shoshiling, atigi 1 kun qoldi

👍 Oramizda kitobxonlar bormi? Mahalladagi kitobxon tanlovi boshlanishiga bor-yo’g’i 1 kun qoldi.

📝 Hoziroq @MahallaTanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Tanlov 1-iyul kuni soat 10:00dan 16:00gacha @MahallaTanlovbot manzilida onlayn tarzda o'tkaziladi.

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchilarimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

#Mahallalaruyushmasi #Mahalladagi_kitobxon

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥63👍60👎14👏14
👍 "MAHALLADAGI KITOBXON" TANLOVIGA START BERILDI

🔍Testni yechish uchun botdan "Test ishlash" tugmasini bosing.

Tanlov bugun soat 10:00dan 16:00gacha @MahallaTanlovbot manzilida onlayn tarzda o'tkaziladi.

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchimiz g'oliblikni qo'lga kiritishadi.

#Mahallalaruyushmasi #Mahalladagi_kitobxon

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍858👎376🔥45👏42
👍 "Mahalladagi kitobxon" tanlovida ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

🔍Kitobxonlarimizning xohish va istaklarini inobatga olgan holda tanlov bugun soat 21:00gacha @MahallaTanlovbot manzilida davom etishini ma'lum qilamiz.

🔍Testni yechish uchun botdan "Test ishlash" tugmasini bosing.

🔍 Eslatib o'tamiz, mazkur tanlovda Respublika bo'yicha eng ko'p to'g'ri va eng tez testlarni yechgan 3 nafar ishtirokchimiz g'oliblikni qo'lga kiritadi.

#Mahallalaruyushmasi #Mahalladagi_kitobxon

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍388👎206🔥18👏10
👍 "Mahalladagi kitobxon" tanlovining g'oliblari aniqlandi!

🔍1-o'rin
🔍Toshmurodova Shabnam
✈️Samarqand viloyati Nurobod tumani "Xalqobod" mahallasi

🔍2-o'rin
🔍Jumaniyozova Mohina
✈️Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumani "O'rta qal'a" OFY

🔍3-o'rin
🔍Hojiyev Alisher
✈️Buxoro viloyati Shofirkon tumani "Iskogare" mahallasi

🔍 Mazkur tanlovni davomli tashkil etishni rejalashtirganmiz, keyinroq to'liq ma'lumot beramiz, bizni kuzatib boring!

#Mahallalaruyushmasi #Mahalladagi_kitobxon

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍543🔥244👎171👏25
👍 "Mahalladagi kitobxon" ko'rik-tanlovi g'olibasiga sovg'alar topshirildi

🔍O'zbekiston mahallalari uyushmasi  tomonidan tashkil etilgan "Mahalladagi kitobxon" tanlovida Nurobodlik Shabnam Toshmurodova g'olib bo'lib, faxrli 1-o'rinni egallagani to'g'risida xabar bergan edik.

🔍Bugun O'zbekiston mahallalari uyushmasi  mas'ullari va tuman hokimi uning xonadoniga borib, g'olibamiz yutug'ini munosib e'tirof etishdi.

🔍Shabnamga bu muvaffaqiyatlar bilan aslo to'xtab qolmasligini, o'z ustida tinimsiz ishlab, bilim olib, yaxshi kasb egasi bo'lishga chaqirishdi.

🔍Albatta Shabnamning bu yutug'ida, kitobxon bo'lib ulg'ayishida ota-onasining hissasi katta. Ana shunday ota-onalar ko'p bo'lishiga tilakdoshmiz!

🔍Shabnamga O'zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan noutbuk, I darajali diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.

#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96👎21👏13🔥9
👍 Nurobod tuman hokimi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari “Mahalladagi kitobxon” tanlovi g'olibasini munosib taqdirladi

🔍Avval xabar berganimizdek, Nurobod farzandi Sh.Toshmurodova O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Mahalladagi kitobxon ko‘rik-tanlovida g‘olib bo'lib, faxrli 1-o'rinni egallagan edi.

🔍Shu munosabat bilan, bugun “Xalqobod” mahallasida tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58👎14👏7🔥5
👍 O'zbekiston mahallalari uyushmasi  tomonidan tashkil etilgan "Mahalladagi kitobxon" tanlovida Buxoro viloyati Shofirkon tumani  "Iskogare" mahallasida yashovchi Hojiyev Alisher Ergashovichning kitobsevar farzandi Ergashova Shahina 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

🔍Uyushmaning Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i, Shofirkon tuman hokimligi vakillari bilan birgalikda Shahinaning xonadonida bo’lib, unga televizor, tashakkurnoma va kitoblar to'plami topshirildi.

#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47👎8🔥4👏4
👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i S.Turmanov Amudaryo tumani hokimligi mas’ullari bilan birgalikda “Mahalladagi kitobxon” tanlovining ikkinchi o‘rin sohibasi Mohina Jumaniyazova va uning oila a'zolarini erishgan yutug'i bilan chin dildan tabrikladi.

🔍Ta'kidlanganidek, kitob bilan do‘st bo‘lish va umuman kitobxonlik inson, ayniqsa yosh avlodning ma'naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔍Boshqarma boshlig'i 8-sinf o‘quvchisi, yosh kitobxonning uy kutubxonasi bilan tanishar ekan, yaratilgan sharoitlar uchun o‘smirning onasiga o‘z minnatdorchiligini izhor qildi. Ma'lum bo‘lganidek, Mohina nafaqat kitobxon, balki musiqaga ham qiziqadi. Pianinoda nozik barmoqlarda chalingan musiqa yig'ilganlarga ko‘tarinki ruh bag'ishladi.

🔍S.Turmanov o‘z navbatida o‘smirning kelgusi o‘qishlari va ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, tanlov g'olibasiga O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va boshqarma tomonidan tayyorlangan qimmatbaho va esdalik sovg'alarni topshirdi.

#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24👎3
👍 "Mahalladagi kitobxon" Respublika ko'rik-tanlovi g'olibasi Shabnam Toshmurodovaga kitob javonlari topshirildi

🔍O'zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan "Mahalladagi kitobxon" tanlovida Nurobodlik Shabnam Toshmurodova g'olib bo'lib, faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritganligi to'g'risida avval ham xabar bergan edik.

🔍Nurobod tuman hokimi S.Berdiqulov g'olibamizni yashash xonadoniga tashrif buyurib, Sh.Toshmurodova bilan muloqot davomida badiiy, bolalar adabiyotlari, milliy va jahon adabiyotlariga oid 200 dan ortiq kitoblari mavjudligini aytib, shaxsiy kutubxonasi uchun kitob javoniga ehtiyoji borligini bildirgan edi.

🔍Tuman hokimligi mas'ullari ishtirokida Sh.Toshmurodovaga kitob javonlari topshirildi.

#Mahallalaruyushmasi #mahalladagi_kitobxon

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥4👎2👏2