O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
34.7K subscribers
4.42K photos
1.43K videos
1 file
2.63K links
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy kanali

📌 Reklama: @mahalla_marketing
Download Telegram
🚛 Endilikda yuk avtomobillari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlansa, jarimaga tortiladi

🔍Ushbu harakat bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida (187 ming 500 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi. Ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.

🔍 Bu haqdagi qonun rasman e’lon qilindi va kuchga kirdi.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 1-noyabrdan nimalar o'zgaradi?

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔍 2024-yil 8-noyabr kunidan xatlov ishlari boshlanadi.

✈️Qonunga muvofiq, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash maqsadida 2024-2025-yillarda xatlov qilinadigan mahallalar reja-jadvali tasdiqlandi.

🔍 Tasdiqlangan reja-grafik Kadastr agentligining kadastr.uz saytiga joylashtirildi.

🔍 Fuqarolar saytga kirib, o‘zining hududida xatlov ishlari qachon amalga oshirilishini bilib olishi mumkin.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 O‘zbekistonda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida davlat budjetidan o‘ndan ortiq turdagi nafaqa va moddiy yordam pullari to‘lab kelinadi

🔍Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi.
🔍Dafn etish uchun nafaqa.
🔍Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”).
🔍O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band qonuniy vakilga nafaqa.
🔍Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi.
🔍Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa.
🔍Nogironlik nafaqasi (I yoki II guruh).
🔍Yetarli ish staji bo‘lmagan keksalarga yoshga doir nafaqa.
🔍Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi.
🔍Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam.

🧠 Ayni paytda moliyaviy yordam tayinlash va to‘lash vazifasini Ijtimoiy himoya milliy agentligi bajarmoqda.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla infratuzilmasi yaxshilanadi

🔍 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-330-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi

✈️ Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

🔍“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi;

🔍2024–2025-yillarda aholini kambag‘allikdan chiqarishning yo‘nalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlari.

🔍Shuningdek, eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro‘yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1-noyabrgacha tasdiqlanadi.

🔍2024-yil 1-dekabrgacha tadbirkorlik faoliyati hamda aholining barcha qatlamlariga yashash va dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2024–2025-yillarda tuman va shaharlarni jadal kompleks rivojlantirish, shu jumladan, ularda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlar tasdiqlanadi.

🔍Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali joriy yil yakunigacha 4 trillion so‘m, 2025-yilda 15 trillion so‘m kreditlar ajratilishi ta’minlanadi.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

✈️ Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

🔍 2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

🔍 2025/2026-o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

🔍 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.

🏦 🏦 Shuningdek, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:

🔍kambag‘al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;

🔍tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Salomat bo'ling!

🔍Uyquchanlik sindromi nima?

🔍Undan qanday qutulish mumkin?

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Toshkentda jamoat transporti uchun yo‘lkira narxi 3000 so‘m etib belgilanmoqda

🔍 Toshkentda avtobuslarda yo‘lkirani naqd pulda to‘lashdan voz kechiladi.

✈️Bu haqda poytaxt hokimining tegishli qarori loyihasi e’lon qilindi.

🔍Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan Toshkentda jamoat transporti (avtobus va metro) uchun yangi tariflar joriy etiladi:

🔍Bitta qatnov uchun yo‘lkira – 3 000 so‘m;
🔍Elektron shaklda to‘lasa – 1 700 so‘m (o‘zgarishsiz).
🔍Yuk tashish – 4 000 so‘m;
🔍Qatnovlar soniga bog‘liq tarif – 1 600 so‘m.

🔍Imtiyozli va bepul tariflar narxi o‘zgarishsiz qoladi.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

✈️“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-402-son, 22.11.2024) qabul qilindi

🔍Qarorga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro‘yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.

🔍 Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

✈️ 30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi.

✈️ Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar budjet hisobidan moliyalashtiriladi.

🔍 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

🔍onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va stasionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi;

🔍Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etiladi;

🔍odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo‘llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha referens-laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

🔍bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.

🔍 2025-yil 1-mayga qadar:

🔍bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimi;

🔍skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Buvijon va buvajonlar diqqatiga!

🔍 Mahallalardagi faol nuroniylarga har oy 577 500 so‘mdan pul beriladi.

🔍Bobo-buvilarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga 10 mln so‘mdan ajratiladi.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM