🔍 Joriy yilning 15-25-avgust kunlari 30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholidan sport sinovlari qabul qilinadi🔍Aholining jismoniy qobiliyat va harakat faolligini aniqlash maqsadida
Sport vazirligi, O'zbekiston mahallalari uyushmasi hamda Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hamkorligida
joriy yilning 15-25 avgust kunlari barcha tuman (shahar)larda
30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholi hamda
mahalla tizimi xodimlaridan ixtiyoriy va maxsus talablar bo‘yicha
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari qabul qilinadi.
🔍Sport sinovlari tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik
sport sifatlarini aniqlashga qaratilgan mezonlar bo'yicha qabul qilinadi.
🔍Sport sinovlarini topshirish istagidagi hamyurtlarimiz
my.sport.uz platformasidan ro'yxatdan o'tib, o'zlari istiqomat qilayotgan tuman (shahar)dagi
sport maktabiga
(mahallasidagi sport obyektiga) tashrif buyurgan holda
sport sinovlarini topshirishlari mumkin.
#Mahallalaruyushmasi #sport_sinovlari✅ Facebook |
✅ Instagram |
✅ X |
✅ Telegram |
✅ You tube