🔍 Yozda oftob urishidan qanday himoyalanish kerak? 🔍 Quyosh urishining asosiy belgilari:
🔍kuchli bosh og‘rig‘i;
🔍terlashning to‘xtashi, teri quruq va qizargan bo‘lishi;
🔍tez va kuchli yurak urishi;
🔍tez-tez nafas olish;
🔍o‘tkir nafas qisishi;
🔍bosh aylanishi;
🔍qusish yoki ko‘ngil aynishi.🔍 Og‘ir holatlarda bemorda alahsirash kuzatiladi. Tana harorati, hatto,
41-42 darajagacha ko‘tarilishi, chuqur behushlik holati kuzatilishi mumkin. Bunday paytda bemorni, eng avvalo, salqin joyga ko‘chirib o‘tkazish lozim. So‘ng gorizontal holda yotqizilib, oyoqlarini sal ko‘tarish, kiyimlarini yechish, yuzini sovuq suvda yuvish va biror xo‘llangan matoni yurak sohasiga qo‘yish kerak.
🔍Shuningdek, unga
salqin ichimlik yoki
qatiq ichirish va zudlik bilan
shifokorga murojaat qilish lozim. Sababi quyosh urgan insonga shoshilinch
tibbiy yordam ko‘rsatish zarur.
🔍Issiqlik urishining oldini olish uchun bir necha tavsiyalarga amal qilish lozim. Xususan, jazirama kunlarda organizm ko‘p suv talab qiladi. Shu bois suvsizlanishning oldini olish uchun kuniga 3
litr miqdorda suyuqlik ichish (sovutilgan ko‘k choy, gazsiz mineral suv, mevali, kam yog‘li sutli ichimliklar) lozim. To‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan saqlanish, undan himoyalovchi kremlar, ko‘zoynaklar hamda soyabonlardan foydalanish kerak.
🔍Yosh bolalar, keksa kishilar va surunkali xastaliklar (yurak-qon tomir, endokrin, nafas olish a’zolari, metobolik va ruhiy xastaliklar) bilan og‘riydigan bemorlar issiqlik urishiga ko‘proq moyil. Shu sababli ular salomatligini muntazam kuzatib borish muhim.
🔍Doniyor ALIMOV,
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori.#Mahallalaruyushmasi #foydali #bilasizmi ✅ Facebook |
✅ Instagram |
✅ X |
✅ Telegram |
✅ You tube