O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
33.4K subscribers
5.06K photos
1.61K videos
5 files
2.96K links
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy kanali

📌 Reklama: @mahalla_marketing
Download Telegram
👍 Eng ko‘p – 20 ta havo shari O‘rta Osiyoda ilk bor Surxondaryo osmonida uchirilmoqda

🔍Ayni daqiqalarda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tayotgan Turizm kompleksi hamda tumandagi “Alpomish” o‘yingohida havo sharlarini uchirish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔍Eng mashhur ushbu turistik tadbirda rang-barang va turli namunalardagi jami 20 ta havo shari Boysun ustidan osmonu falakka qush parvozi balandligida ko‘tarilgan.

🔍Qiziquvchilar sharlar bortida bu betakror, ertaknamo hududning fazoviy manzarasini tomosha qilish, yoqimli kadrlarni foto va video kamera xotirasiga joylash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

🔍E’tiborlisi, eng ko‘p – 20 ta havo shari parvozi O‘rta Osiyoda ilk bor Surxondaryoda, Boysun osmonida amalga oshirilmoqda.

🔍Ma’lumot uchun, havo shari ilk bor 1783 yil Versalda uchirilgan. Shar 500 metr balandlikgacha ko‘tarilib, 4 kilometr masofani uchib o‘tgan. Havo sharining ixtirochilari birinchi bo‘lib ixtirolariga hayvonlarni chiqarib sinab ko‘rishgan.

#Mahallalaruyushmasi #havo_shari

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM