O'zkimyosanoat AJ | Rasmiy kanali
2.19K subscribers
8.98K photos
907 videos
2 files
4.12K links
«O'zkimyosanoat» AJ — O'zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizimdir.
Matbuot xizmati bilan aloqa:
☎️ +99878 140-74-26
📩 [email protected]
Toshkent, Navoiy-38 / +998712007448
Sayt va Tarmoq: https://rb.gy/h0m1
Download Telegram
#Qizilqumfosforit_pressa

📌 SANOAT XAVFSIZLIGI UCHUN MAS’UL XODIMLARNING BILIMLARI SINOVDAN O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasining Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasining davlat inspektorlari ishtirokida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning qozon nazorati obyektlari va ko‘tarish inshootlarining saqlanishi va xavfsiz ishlatilishi uchun mas’ul xodimlarning bilimlar sinovi tashkil etildi.

🔺Unda sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Navoiy hududiy boshqarmasi davlat inspektori R.Xaliullin va X.Farmonovlar tomonidan sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunlar va normativ texnik hujjatlar talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, sinovda ishtirok etgan xodimlarning bilim va ko‘nikmalari mutaxassislar tomonidan savol-javoblar orqali sinovdan o‘tkazildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————-
Telegram Faceebok web-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

💐 NAVRO‘Z SAYLI BO‘LIB O‘TDI

♻️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi.

✔️ Bayramni “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Farrux Samadov ochib berdi. F.Samadov ishchi-xodimlarni yangilanish, yosharish va tinchlik ramzi bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan tabriklab, o‘tgan bir yil ichida korxonamizda qator yutuqlarga erishilganini, bunda har bir xodimning qadrlanishga loyiq o‘z xizmati borligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, barchaning xonadoniga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, sihat-salomatlik hamrohligini tiladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————-
Telegram Faceebok web-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

📌 ENG YAXSHI BEZATILGAN NAVRO‘Z DASTURXONI

Saylda har bir bo‘lim va sexlar o‘zlarining milliy dasturxonini bezatdi. Unda milliy urf-odat, an’ana va qadryatlarni aks ettiruvchi ko’rgazmalar, bahoriy kayfiyatni beruvchi taomlar bilan bezatildi. Qizlar egnida xonatlas, yigitlarimiz ustidagi zar chopon va do‘ppisi esa o’zbekona muhitni yaratdi. Ko‘rilgan tayyorgarliklar asosida, “Eng yaxshi bezatilgan Navro‘z dasturxoni” tanlovi ham o‘tkazildi.

Dasturxonlarga sumalak, ko‘k somsayu, ko‘k chuchvaralar va boshqa ko‘plab milliy taomlar tortiq qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan bezatilgan dasturxonlar baholanib, eng faollari aniqlandi. Tanlovda birinchi o‘rinni Avtotransport sexi, ikkinchi o’rinni Texnik nazorat bo‘limi, uchinchi o‘rin esa Kon-transport sexi qo‘lga kiritdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————-
Telegram Faceebok web-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

ISHCHILAR QADIMIY O‘YINLARDA KUCH SINASHDI

💐Navro‘z bayramini qadimiy qadriyatlar yanada jozibasini oshiradi. Shu bois, jamiyat Navro‘z saylida ishchi-xodimlar o‘rtasida arqon tortish, tosh ko‘tarish va lanka kabi milliy o‘yinlar ham o‘tkazildi. Sex va bo‘limlar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda kuchlilar g‘olib bo‘ldi. Eng qizg‘in kechgan arqon tortish musobaqasida birinchi o‘rinni Fosfor konsentranti ishlab chiqarish sexi jamoasi, ikkinchi o‘rinni Ta’mirlash uchastkasi, uchinchi o‘rinni esa Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari qo‘lga kiritishdi.

Ishchilar uchun yozilgan bayram dasturxoniga doshqozonlarda tayyorlangan milliy palov va sumalak tortildi. Ajoyib qo‘shiqlar va raqslar esa davraga bayramona ko‘tarinkilikni yaratdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————-
Telegram Faceebok web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qizilqumfosforit_pressa
#Onatilim_faxrim

📚21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!💐

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Faceebok Instagram web-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

📌 KORXONA XOTIN-QIZLARI O‘RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, fuqarolarni, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportga jalb etish maqsadida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xotin-qizlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha korxona turniri o‘tkazildi.

🏐 Unda korxonaning bo‘lim va sexlaridan tashkil topgan xotin-qizlar jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa natijasiga ko‘ra:

🥇1-o‘rin - Ma’muriyat jamoasi;
🥈2-o‘rin -Texnik nazorat bo‘limi jamoasi;
🥉3-o‘rin - Transport bo‘limi jamoalari egalladi.

🏆G‘olib jamoalar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Faceebok Instagram web-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

📌 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda gaz xo‘jaligi va qozon nazorati obyektlari hamda ko‘tarish inshootlarini ishlatish, xizmat ko‘rsatish ishlariga rahbarlik qiluvchi muhandis-texnik xodimlarning bilimlari sinovdan o‘tkazish maqsadida “QFK” MChJ doimiy faoliyat koʻrsatuvchi imtihon komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Komissiya ishida Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining davlat inspektorlari ishtirok etdi.

📚 Imtihon yuk ko‘tarish kranlarining tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish qoidalari, bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish, gaz xo‘jaligidagi xavfsizliklar boʻyicha oʻtkazildi.

☑️ 92 nafar muhandis-texnik xodim va 35 nafar muhandislik lavozimlarda amaliyot oʻtagan zaxiradagi ishchi-xodimlar oʻzlarining bilimlarini sinash uchun imtihon topshirgan boʻlsa, ulardan 81 nafarining bilimi ijobiy baholandi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Faceebok Instagram web-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

📚 KUN QAHRAMONI

✍️ “Kun qahramoni” loyihamizning bugungi qahramoni uzoq yillik tajribaga ega, yoshligidan qo‘li qora moy bilan pishigan, yelkasi halol mehnatdan qadoqlangan, ko‘plab yosh mutaxassislarning ilk ustozi sifatida ko‘rilgan Jo‘ra To‘rayev.

Jo‘ra To‘rayev “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexida 23 yildan buyon ta’mirlovchi chilangari va hozirda smena brigadiri bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. U texnikani his qilib, har bir ishga mas’uliyat bilan yondashishga harakat qiladi.

👨‍👦‍👦Usta hozirda oilali, 3 nafar farzandning otasi, 2 nafar nabiraning sevimli bobojonisi.

💬 J.To‘rayev yosh mutaxassislarga vaqt oliy hakam ekanligini, undan unumli foydalangan holda tanlagan ishining haqiqiy ustasi bo‘lish uchun harakat qilish kerakligini aytadi. “Qalbing Ollohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin” hikmatiga qattiq amal qiladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Faceebok Instagram web-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

FAOL YOSHLARNING OTA-ONALARI TASHAKKURNOMALAR BILAN TAQDIRLANDI

💬 Mamlakatimizda davom etayotgan yoshlar oyligi doirasida hamda 30 — iyun-Yoshlar kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyev tomonidan korxonada faoliyat yuritayotgan bir qator tashabbuskor yoshlarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim qilindi.

🤝 Korxona Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va jamiyat rahbariyati vakillari yosh mutaxassislar xonadoniga tashrif buyurib, yoshlarning ota-onalari bilan suhbatda bo‘lishdi. Ularga tashakkurnomalar va sovg‘a-salomlar ulashildi.

♻️ Mazkur tadbir yosh kadrlarni o‘z kasbiga bo‘lgan hurmatini oshirish, mehnat samaradorligini yaxshilash, yurtga muhabbat va daxldorlik xissini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Faceebok Instagram web-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

🌋 YONG‘IN SODIR BO‘LGANDA TO‘G‘RI HARAKAT QILISH BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI


“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ “Tashkura” karyerida avariyali vaziyatlarni chegaralash va bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

✍️ O‘quv mashg‘ulotida uchastka, dispetcherlik xizmati, maxsus ixtisoslashtirilgan xizmatlar, yong‘in qutqaruv qismi, tibbiyot bo‘limi xodimlarining yuzaga kelgan avariyali vaziyatni bartaraf etishga tayyorligini tekshirish, jalb etilgan xodimlarning ixtisoslashtirilgan xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini o‘zlashtirish, avariyani bartaraf etish uchun tegishli vositalar bilan to‘g‘ri ishlash ko‘nikmalarini oshirish amaliyoti ko‘rsatib berildi.

🔺 Mashg‘ulot yakunida kuzatuvchi mutaxassislar tomonidan xulosalar berilib, yuzaga kelgan kamchiliklar va natijalar to‘g‘risida tavsiyalar berishdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Faceebok Instagram web-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

🚊 BUGUN TEMIR YO‘L TRANSPORTI XODIMLARI KUNI

💠 Bugun temir yo‘l transporti xodimlari kuni. Ushbu kun zahmatli, shu bilan birga mas’uliyatli kasb egalari uchun muhim shodiyonadir.

♻️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning Temir yo‘l sexi xodimlari uchun ham erta tongdan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirida ushbu fidoyi, tashabbuskor kasb egalarining bir qismi taqdirlandi. Unga ko‘ra ishdagi yutuqlari, fidoyi mehnati va barchaga o‘rnak bo‘layotgan faoliyati bilan uzoq yillar davomida mehnat qilgan 13 nafar temiryo‘lchilar korxona rahbariyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

💐 64 nafar ahil jamoasi bilan o‘rnak bo‘layotgan, asosiy tarkibi uzoq yillik tajribaga ega ustoz temir yo‘l sohasi xodimlari bilan jam bo‘lgan soha vakillarini bugungi kasb bayrami bilan tabriklaymiz. Ishlariga rivoj, kasb-koriga baraka tilaymiz!

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Faceebok Instagram web-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

📌 “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda jamiyat direktori Rustam Saliyev yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat olib bordi. Unda 50 ga yaqin yoshlar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Uchrashuvda korxonada yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yosh mutaxassislar va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi, ularning mehnati, huquq va majburiyatlari xususida so‘z bordi

💬 Jamiyat rahbari tomonidan yoshlar muammolari, savol va takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan, ish stajlarini tiklash, ish uchun maxsus qo‘lqoplarni sifatlisiga almashtirish, ishchilar yotoqxonasining yuvinish xonalari va jihozlarini qishki mavsumga tayyorlash, avtotransport vositalarini ta’mirlash sexi ishchilarini ish joyini ta’mirlash masalalari ko‘tarildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Facebook Instagram veb-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

📚 KUN QAHRAMONI


✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning bugungi kun qahramoni Kon uskunalari ta’mirlash sexi kran mashinisti Axauova Gulbanu Jaksilikovna.

♻️ G. Axauova ayollar o‘rtasida kam uchraydigan kasb egasi. U kran mashinisti lavozimida uzoq yillik tajribaga ega, korxonada 26 yillik mehnat faoliyatini olib borayotgan zahmatkash xodimalardan biridir.

🚡 Gulbanu Axauova o‘z kasbiga nisbatan ma’uliyatni hushyorlikda, deb biladi. Birgina ishora yoki belgidan adashish kimningdir tan jarohatiga sabab bo‘lishi mumkin, deydi. Hamkasblar davrasidagi birdamlik uning jamoasiga bo‘lgan hurmatini oshiradi.

👨‍👧‍👧 Gulbanu Axauova bir nafar farzandning onasi, nabirasining sevimli buvijonisidir. O‘z kasbi orqali farzandini halol yedirib, o‘qimishli, aql-zakovatli qilganidan faxrlanadi.

📚 Hayotdagi shiori: O‘zing yaxshi bo‘lsang hamma yaxshi!

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Facebook Instagram veb-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

🩸 “MEN DONORMAN” AKSIYASI O‘TKAZILDI


💉 “Qizilqum fosforit kompleksi” direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi tashabbusi hamda Zarafashon shahar tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda “Men donorman” aksiyasi o‘tkazildi.

♻️ Unda korxona ishchi-xodimlari, ko‘ngilli yoshlar ishtirok etdi. O‘tkazilgan ushbu aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, tibbiy-ijtimoiy ko‘maklashish, ko‘makka muhtoj be’morlarga beg‘araz yordam ko‘rsatishdir.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Facebook Instagram veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qizilqumfosforit_pressa

🇺🇿 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan

💐 Davlat bayrog‘i — millat iftixori!

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Facebook Instagram veb-sayt
#Qizilqumfosforit_pressa

📚 KUN QAHRAMONI


♻️ Elektrgazpayvandlash kasbiy ta’limni talab qiladigan dunyoning 50 ta eng istiqbolli va talabgir kasblardan biridir. Bugungi kun qahramonimiz Kon uskunalarini ta’mirlash sexi elektrgazpayvandchisi Tolkin Yerejepov ana shu kasbning mahoratli ustalaridan biri.

⚡️Qo‘l mehnati bilan ishlovchi xavfli, ammo qiziqarli kasbi ortidan 18 yildan buyon halol mehnat qilib kelayotgan Tolkin Yerejep bugun korxonaning faol va jonkuyar xodimiga, hamkasblarining ustoziga aylangan.

👨‍👧‍👧 T. Yerejepov 3 nafar farzandning otasi, oilasining yo‘lboshchisidir.

♨️ Tolkin Yerejepov ishining mas’uliyatli tomoni olov bilan ishlashdagi xafvda ekanligini ta’kidlaydi. Arzimagan xato burilish ham inson salomatligiga, ham mahsulotning sifatiga zarar keltirishi mumkin, deydi u.

Qahramonimiz hayotda mehnatingni halol qilsang, huzurini ko‘rasan shioriga amal qiladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Facebook Instagram veb-sayt