Hydromet.uz
5.56K subscribers
11.3K photos
1.66K videos
5 files
9.13K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
2022 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli donli ekinlarning o‘sib rivojlanishini tahlil qilish va baholash maqsadida Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli Qiziltepa agrometeorologik post kuzatuvchisi Qalandarova Muxayyo kuzatuv dalasida, yillik agrometeorologik reja asosida bug‘doy o‘simligida, oktabr oyining oxirgi o‘n kunligi uchun kuzatuv olib bordi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra bug‘doyda pastki poyalanish qismidan tuproq ustida poyalarning paydo bo‘lishi fazasi kuzatildi, bug‘doy o‘simligining balandligi o‘rtacha 13-15 sm ni, 1 kv metrdagi o‘simlik soni 278 tani tashkil qildi. Bug‘doy dalasini baholaganda yaxshi holatda ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar 2020 yil va ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi.

#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #agrometeorologiya #bugdoy #ekin #qiziltepa #reja #kuzatuv
📌Joriy yilning 11-12 sentabr kunlari O‘zgidromet Direktori Sh.Khabibullayev📍Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi gidromteorologiya markazlari ish faoliyatini o‘rganish maqsadida xizmat safarida bo‘ldi.

☝️Xizmat safari davomida Farg‘ona viloyati gidrometeorologiya markaziga qarashli yangi Oltiariq meteostansiyasining ochilishi, hududlarda soha mutaxassislari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi.

⚡️Shu bilan birga, joylarda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi va soha hodimlariga erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan takliflar va topshiriqlar berildi.

#uzgidromet #andijon #namangan #fargona #xizmat_safari #loyiha #taklif #reja #meteostansiya