Hydromet.uz
5.56K subscribers
11.3K photos
1.66K videos
5 files
9.13K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
SHOSHILINCH AXBOROT 
 
Joriy yilning 16 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18 noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.
16-17 noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda changli bo‘ron bo‘ladi.
16 noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi, 17-18 noyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16-17 noyabrda shimolda, 17-18 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° iliqgacha, shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° sovuqgacha pasayadi.

#uzgydromet #respublika #hudud #noyabr #qor #yomgir
SHOSHILINCH AXBOROT

2021 yil 17 noyabr kuni A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” davoni hududida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 17–22 m/s, kuchayishi 25-27 m/s gacha kutilmoqda, avtoyo‘lda yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

#uzgydromet #respublika #prognoz #hudud #noyabr #shoshilinch_axborot #qor #yomgir #shamol
SHOSHILINCH AXBOROT

2021 yil 17 noyabr soat 8-00 dan 18 noyabr soat 8-00 gacha "Chimyon" tog' zonasining dengiz sathidan 2000 м balandlikda qor ko'chish xavfi e'lon qilindi.

#uzgydromet #respublika #prognoz #hudud #noyabr #shoshilinch_axborot #qor #yomgir #shamol
SHOSHILINCH AXBOROT

2021 yil 19 noyabr soat “08:00” dan 20 noyabr soat “08:00” gacha «CHIMYON» tabiiy hududi bo‘ylab dengiz sathidan 2000 m. yuqorida
QOR KO‘CHISH XAVFI E’LON QILINADI

#uzgydromet #respublika #prognoz #hudud #noyabr #shoshilinch_axborot #qor #yomgir #shamol
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
6-10 DEKABRGA PROGNOZ

Ushbu haftada ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmaydi

#uzgydromet #ob_havo #hudud #quruq #iliq
🚐 Marshrutli kuzatuv natijalariga ko‘ra soat 14:55-18:20 vaqtlar oralig‘ida atmosfera havosi tarkibidagi PM10 va PM2,5 mayda zarrali chang miqdori bo‘yicha 5ta nuqtadan olingan ma’lumotlar quyidagi ko‘rsatkichlarni tashkil etdi:

1. Bo‘stonliq tumani “Xujakent” PM10–82,8 va PM2.5-13,9
2.
Bo‘stonliq tumani “Soyliq” PM10–100,8 va PM2.5-17,8
3.
Bo‘stonliq tumani “Tovoqsoy” PM10–95,9 va PM2.5-18,7
4.
Chirchiq shahri Qibray tumani chegarasi PM10–96 va PM2.5-24,8
5.
Qibray tumani markazi PM10-168,2 va PM2.5-25,4 tashkil etgan.

⬆️PM2,5 - 6 ta nuqtada bir martalik aniqlangan miqdorlar umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlariga solishtirganda 4,5 marotabaga (REMM–5 mkg/m3), PM10-7,3 marotab (REMM 15 mkg/m3) ortgan.

🔴Alohida qayd etish kerak, O‘zbekiston Respublikasi SS vazirligining San.Q. va M. 0293-11-son yo‘riqnomasiga ko‘ra, PM10 bo‘yicha atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yorlardan ortmagan.

#uzgidromet #toshkent #shahar #hudud #viloyat #postlar #atmosfera #havo #modda #ifloslantiruvchi
#rasmiy_munosabat

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 5-6 mart kunlari kuchli shamollar saqlanib qoladi

🌪2022 yil 4-5 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida 20-25 m/s tezlikdagi kuchli shamollar kuzatilib, ba’zi joylarda shamol tezligi 30 m/s gacha kuchaygan. Bundan avval Qoraqalpog‘iston hududlarida quruq
va iliq ob-havo kuzatilgan edi. Kuchli shamollar yerning qurigan yuzasidan qum va chang ko‘tarilishiga hamda ayrim joylarda ko‘rinuvchanlikning 180 m gacha kamayishiga olib keldi.

⚠️O‘zgidromet tomonidan ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, kuchli shamollar va chang to‘zonlar ko‘tarilishi haqida oldindan ogohlantirish berilgandi.

5 mart soat 13:00 holatiga respublika hududida yog‘ingarchilik yog‘moqda, bu esa o‘z navbatida qum va changli bo‘ronlarni atmosfera xavosiga ko‘tarilishini oldini oladi.

#rasmiy_munosabat #qumli_boron #shoshilinch_ogohlantirish #atmosfera_havosi #Qoraqalpogiston #kuchli_shamol #hudud
📣O‘zgidrometda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

🍀30 aprel kuni Gidrometeorologiya xizmati markazida “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirish, hududlarni obodonlashtirish maqsadida umumxalq xayriya obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hashari o‘tkazildi.

👉 Fotogaleriya

#uzgidromet #boshqarmalar #ramazon #hayit #hudud #tozalash #xayriya #hashar
________

📣Всенародный хашар в Узгидромете

🍀30 апреля в Центре гидрометеорологической службы в целях подготовки к празднованию "Процветание соседства - процветание страны", укрепления взаимоподдержки и солидарности, свойственных нашему народу проведен всенародный благотворительный хашар.

👉 Фотогалерия

#узгидромет #рамазан #хайит #благотворительный #уход #чистка #территория #хашар
🔷☘️2022 yil iyun oyi uchun O‘zbekiston Respublikasining lalmi va yaylov hududlari bo‘yicha namlik sharoiti xaritasi

📍Iyun oyida respublika lalmi hududlarning aksariyat qismida qulay namlik sharoitlari normal holatga 81-100% kutilmoqda.
📍Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida va Samarqand viloyatining Nurobod tumanida tuproqning mo‘tadil namligi 50-80% tashkil qilishi kutilmoqda.
📍Navoiy viloyatining yaylov hududi va Ustyurtda tuproq namligining pastligi 50% kam tashkil qilishi kutilmoqda.

#uzgidromet #respublika #lalmi #yaylov #hudud #xarita #tuproq_namligi