Hydromet.uz
5.57K subscribers
11.3K photos
1.66K videos
5 files
9.13K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
#LIVE #brifing
Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Кuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisalari” yuzasidan brifing o‘tkazilmoqda.
Brifingni jonli efirda sahifalarimizda kuzatishingiz mumkin bo‘ladi.

#ozgidromet #aoka #brifing #kuchli_shamol #chang #qumli_boron #meyor
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 4 noyabr kuni kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududlariga Qozog‘iston viloyatining janubiy viloyatlari orqali Ural-Volgabo‘yi hududlaridan sovuq qutb antisikloni front old qismi kirib keldi. Shuningdek, Janubiy Qozog‘istonning markaziy hududlarida (Chimkent viloyati) shimoliy yo‘nalishda kuchli shamollar kuzatildi.

#ozgidromet #aoka #brifing #kuchli_shamol #chang #qumli_boron #meyor
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida mahalliy vaqt bilan 18:21 da atmosfera xavosining ko‘rinuvchanligi 200 metrdan past darajada kuzatilib, havodagi nisbiy namlik omili bilan birgalikda chang-g‘ubor hodisasi qayd etildi. O‘zgidrometning Toshkent shahrida joylashgan havo sifatini ifloslantiruvchi moddalar tahlilini yurituvchi avtomatik statsionar kuzatuv postlarida chang miqdori keskin ko‘tarila boshladi. Avvaliga chang miqdori ruxsat etilgan me’yordan 5 barabarga, keyinroq mahalliy vaqt soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko‘tarilishi qayd etildi.

#ozgidromet #aoka #brifing #kuchli_shamol #chang #qumli_boron #meyor
ShOShILINCh AXBOROT

Joriy yilning 27 yanvar kunida Turkmaniston hududidan iliq havo kirib kelishi, harorat va atmosfera bosimining nisbatan gradientlari vujudga kelishi hisobiga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, natijada mazkur hududda chang bo‘ron va g‘uborlar kuzatilishi mumkin.

Batafsil

#uzgydromet #kontrast #harorat #atmosfera_bosimi #shamol_tezligi #qumli_boron #qumli_gubor
#rasmiy_munosabat

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 5-6 mart kunlari kuchli shamollar saqlanib qoladi

🌪2022 yil 4-5 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida 20-25 m/s tezlikdagi kuchli shamollar kuzatilib, ba’zi joylarda shamol tezligi 30 m/s gacha kuchaygan. Bundan avval Qoraqalpog‘iston hududlarida quruq
va iliq ob-havo kuzatilgan edi. Kuchli shamollar yerning qurigan yuzasidan qum va chang ko‘tarilishiga hamda ayrim joylarda ko‘rinuvchanlikning 180 m gacha kamayishiga olib keldi.

⚠️O‘zgidromet tomonidan ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, kuchli shamollar va chang to‘zonlar ko‘tarilishi haqida oldindan ogohlantirish berilgandi.

5 mart soat 13:00 holatiga respublika hududida yog‘ingarchilik yog‘moqda, bu esa o‘z navbatida qum va changli bo‘ronlarni atmosfera xavosiga ko‘tarilishini oldini oladi.

#rasmiy_munosabat #qumli_boron #shoshilinch_ogohlantirish #atmosfera_havosi #Qoraqalpogiston #kuchli_shamol #hudud