Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzgidromet agentligida Konstitutsiya va Jahon iqlimni muhofaza qilish kuni nishonlandi
6-dekabr kuni Oʻzgidromet agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bagʻishlangan "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi" g‘oyasi ostidagi tadbir oʻtkazildi.
Tadbirni kirish soʻzi bilan O'zgidromet agentligi direktori Sh.Khabibullayev ochib berdi.
So‘ng tadbirda Ubaydulla Mirzayev - Bekobod tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori 1-darajali yurist hamda Abdulla Raximov - Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi so‘zga chiqdilar va a asosiy qonunimizning ahamiyati, uning davlat boshqaruvi va inson huquqlarini taʼminlashdagi oʻrni taʼkidlandi.
Shu bilan birga, tadbirga 8-dekabr - Jahon iqlimni muhofaza qilish kuni munosabati bilan gidrometeorologiya sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik va iqlimiy o‘zgarishlar bilan ta’minlash, tizimni takomillashtirish borasida katta xissa qo‘shgan mehnat fahriylari taklif etildi.
Mehnat fahriylari “Gidrometeorologiya xizmati a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Tadbir bayramona kayfiyat va madaniy-maʼrifiy chiqishlar bilan yodda qoldi.
#KonstitutsiyaKuni #Ozgidromet #ErkinVaFarovonHayotGarovi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM