Hydromet.uz
5.35K subscribers
12.6K photos
1.72K videos
19 files
9.38K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
#live #hududlar

Ayni vaqtda Finlyandiya meteorologiya instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda hududlarda Chaqmoq hodisasini avtomatlashtirilgan tizim orqali kuzatishni tashkil etish maqsadida Farg‘ona gidrometeorologiya markazining Quva meteostansiyasida maxsus portativ uskuna yordamida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
#hududlar_faoliyati
#tadbir

Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Qashqadaryo viloyati Gidrometeorologiya markaziga ekskursiyaga tashrif buyurdilar.

O‘quvchilarga Qashqadaryo viloyati Gidrometeorologiya markazi bosh mutaxassisi A.Tojiyev tomonidan gidrologik va meteorologik jarayonlar, ularni monitoringini olib borish, gidrometeorologik ma’lumotlarning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahamiyati, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan gidrologik postlar, meteorologik stansiyalar va ulardagi zamonaviy uskunalarning ishlashi tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlar_faoliyati

Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan Prezident maktabi o‘quvchilari Samarqand viloyati Gidrometeorologiya markazida tabiiy fanlar bo‘yicha amaliy dars o‘tish uchun keldilar.

Markaz mutaxassislari o‘quvchilarni meteorologik maydoncha va u yerdagi asbob-uskunalar bilan tanishtirdilar.

Amaliy dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
#hududlar_faoliyati

Andijon viloyati gidrometeorologiya markazining Xonobod shaxridagi Qorabag‘sh, Andijonsoy, Shaxrixonsoy va Savay daryolarida joylashgan gidrologik postlarda nivelirovka ishlari amalga oshirildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad - daryolardagi suv sarfi hisobini to‘g‘ri olib borish hamda sel-suv toshqin davrida aholi va tashkilotlarni barvaqt ogohlantirishni ta’minlash.
#hududlar_faoliyati

Toshkent shahar Yashnobod tumani 282-sonli o‘rta talim maktabi o‘quvchilari Toshkent viloyati gidrometeorologiya markazining M-II So‘qoq meteorologiya stansiyasiga ekskursiya uyushtirdilar.
#hududlar_faoliyati

Gidrometeorologiya sohasi haqidagi tushunchalarni oshirish hamda sohadagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Navoiy Davlat Konchilik va texnologiyalar universitetining ilmiy xodimlari va talabalari, Navoiy viloyati Gidrometeorologiya markaziga tashrif buyurdilar.

Soha mutaxassislari talabalarga hozirgi zamonaviy uskunalarning ishlash tartibi bo‘yicha va meteorologik, gidrologik, agrometeorologik kuzatuvlar haqida tushunchalar berdilar.
#hududlar_faoliyati

Qoraqalpoq Davlat Universitetining 3-bosqich Gidrometeorologiya yo‘nalishi talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Gidrometeorologiya markazida yozgi amaliyot ishlarini o‘tashmoqda.

Markaz mutaxassislari talabalar bilan nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini bo‘lishmoqdalar.
#hududlar_faoliyati

Gidrometeorologiya sohasi haqidagi tushunchalarni oshirish, hamda sohadagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, Termiz muhandislik texnologiyalar institutining talabalari Surxondaryo viloyati Gidrometeorologiya Markaziga tashrif buyurdilar.

Soha mutaxasislari talabalarga hozirgi zamonaviy uskunalarning ishlash tartibi bo‘yicha va meteorologik, gidrologik va agrometeorologik kuzatuvlar haqida tushunchalar berdilar.
#hududlar_faoliyati

Joriy yilning 4-iyun kuni Surxondaryo Gidrometeorologiya markazining Denov gidrometeorologiya stansiyasi tomonidan Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan Xangaransoy Boysun gidropostida tegishli xodimlar ishtirokida nivelirovka ishlari olib borildi.
#hududlar_faoliyati

Toshkent viloyati Gidrometeorologiya markazining M-II Dalverzin stansiyasi agrometeorologi tomonidan bedani massasini aniqlash ish jarayoni.