Hydromet.uz
5.34K subscribers
11.5K photos
1.67K videos
5 files
9.19K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
#hududlar_faoliyati

Andijon viloyati gidrometeorologiya markazining Xonobod shaxridagi Qorabag‘sh, Andijonsoy, Shaxrixonsoy va Savay daryolarida joylashgan gidrologik postlarda nivelirovka ishlari amalga oshirildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad - daryolardagi suv sarfi hisobini to‘g‘ri olib borish hamda sel-suv toshqin davrida aholi va tashkilotlarni barvaqt ogohlantirishni ta’minlash.
#hududlar_faoliyati

Toshkent shahar Yashnobod tumani 282-sonli o‘rta talim maktabi o‘quvchilari Toshkent viloyati gidrometeorologiya markazining M-II So‘qoq meteorologiya stansiyasiga ekskursiya uyushtirdilar.
#hududlar_faoliyati

Gidrometeorologiya sohasi haqidagi tushunchalarni oshirish hamda sohadagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Navoiy Davlat Konchilik va texnologiyalar universitetining ilmiy xodimlari va talabalari, Navoiy viloyati Gidrometeorologiya markaziga tashrif buyurdilar.

Soha mutaxassislari talabalarga hozirgi zamonaviy uskunalarning ishlash tartibi bo‘yicha va meteorologik, gidrologik, agrometeorologik kuzatuvlar haqida tushunchalar berdilar.
#hududlar_faoliyati

Qoraqalpoq Davlat Universitetining 3-bosqich Gidrometeorologiya yo‘nalishi talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Gidrometeorologiya markazida yozgi amaliyot ishlarini o‘tashmoqda.

Markaz mutaxassislari talabalar bilan nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini bo‘lishmoqdalar.
#hududlar_faoliyati

Gidrometeorologiya sohasi haqidagi tushunchalarni oshirish, hamda sohadagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, Termiz muhandislik texnologiyalar institutining talabalari Surxondaryo viloyati Gidrometeorologiya Markaziga tashrif buyurdilar.

Soha mutaxasislari talabalarga hozirgi zamonaviy uskunalarning ishlash tartibi bo‘yicha va meteorologik, gidrologik va agrometeorologik kuzatuvlar haqida tushunchalar berdilar.
#hududlar_faoliyati

Joriy yilning 4-iyun kuni Surxondaryo Gidrometeorologiya markazining Denov gidrometeorologiya stansiyasi tomonidan Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan Xangaransoy Boysun gidropostida tegishli xodimlar ishtirokida nivelirovka ishlari olib borildi.
#hududlar_faoliyati

Toshkent viloyati Gidrometeorologiya markazining M-II Dalverzin stansiyasi agrometeorologi tomonidan bedani massasini aniqlash ish jarayoni.
#hududlar_faoliyati

Toshkent viloyati gidrometeorologiya markazi va viloyat FVV ishchi xodimlari bilan hamkorlikda Parkent, Yuqorichirchiq tuman hududlarini sel-suv toshqin xavfi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan texnik obyektlarni joyiga chiqgan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
#hududlar_faoliyati

Andijon Gidrometeorologiya markazi tomonidan dorixonalardagi xar-hil turdagi termometrlarni muvofiqlashtirishdan o‘tkazish xizmati (raqamli termometr-gigrometrlar HTC-1, HTC-2; 50°C-gacha bo'lgan termometrlar) ko‘rsatilmoqda.

Muvofiqlashtirishga buyurtma berish yoki qo‘shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
+998 93 255 56 53
+998 78 298 17 02
+998 50 506 15 02

Ish kunlari : Dushanbadan jumagacha.
#hududlar_faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Babenko Yelena Vladimirovna Andijon viloyati Gidrometeorologiya markazida bo‘ldi.

Tashrifdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiining 2023-yil 31-maydagi PF-81 son farmoni bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish olib borish.
#hududlar_faoliyati
#taqdirlash

Shu yilning 29-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan bir qancha Vatandoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Gidrometeorologiya markazi muhandis-sinoptigi Seytova Zulfiya Jumabayevna "WATAN PIDAYÍSÍ" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Biz Zulfiya Jumabayevani ushbu yuqori e’tirof bilan tabriklaymiz va kelajakda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#hududlar_faoliyati

Bo‘stonliq tumani hududida joylashgan 18-son umumiy ta'lim maktabida tegishli xizmat vakillari bilan birgalikda ''13-oktabr-Xalqaro tabiiy ofatlar xavfni kamaytirish kuni'' yuzasidan o‘qituvchi va o‘quvchilarga tabiiy ofatlarning yuzaga kelishi va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilishi bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
#hududlar_faoliyati

Joriy yilning 23-oktabr, chorshanba kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Gidrometeorologiya markazi hodimlari “Аvtomobilsiz kun” aksiyasida faol ishtirok etdilar.

“Avtomobilsiz kun”ni o‘tkazishdan asosiy maqsad sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlashtirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.

Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga faol ishtirok etishingizni so'raymiz.
#hududlar_faoliyati

Andijon viloyati Gidrometeorologiya Markazida xalqaro tashkilotlar bilan iqlim o‘zgarishiga moslashish va suv resurslarini boshqarish loyihalari muhokama qilindi

Gidrometeorologiya markazida Global yashil o‘sish instituti (GGGI) va Koreya eksportni rivojlantirish assotsiatsiyasi (KEP) vakillari bilan barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.