Hydromet.uz
5.54K subscribers
11.3K photos
1.66K videos
5 files
9.14K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

☁️ Ob-havo holati

🌤☀️ Meteorologiya stansiyasi va uning atrofidagi ob-havoni kuzatish muddatlari va muddatlari orasida kuzatilgan atmosferaning umumiy holati. Bu kuzatishlar maxsus sinoptik kodlarda qayd qilinadi. Bu vaqtda yog'inlar va tumanlarga alohida e'tibor beriladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🌫Advektiv tuman

🌎 Yer sirti nisbatan sovuqroq bo'lgan joyga iliq havo massasining ko'chishi natijasida hosil bo'ladigan yoki havo massasi bilan chetdan keladigan tuman. Advektiv tuman ko'pincha qish vaqtlari okeanlardan keladigan siklonlarning iliq sektorlaridagi iliq nam havoning sovuq joylarga kelishida kuzatiladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

☁️ Patsimon bulutlar

🌥 Bulutlarning xalqaro tasnifidagi 10 turidan biri. Xalqaro nomi Cirrus. Bu uzun choʻzilgan patlar koʻrinishida boʻladi va asosan mayda muz kristallaridan iborat. Patsimon bulutlar troposferaning yuqori qatlamlarida juda past haroratlar taʼsirida front sirti boʻylab koʻtariladigan iliq havo massasi zaminida hosil boʻladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🔅Iliq siklon

☯️Atrofdagi havo haroratiga qaraganda yuqoriroq haroratga ega bo'lgan siklon. Iliq siklon iliq taglik sirtining bevosita ta'siri natijasida rivojlanadigan past, kam harakatchan siklondir.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🫧 Iliq front yog'inlari

💦 Ko'pincha iliq front chizig'i oldida kuzatiladigan burkama xususiyatga ega bo'lgan yuqori qatlamli (As) va yomg'ir qatlamli (Ns) bulutlardan yog‘adigan yog'inlar.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🔹 Nisbiy harakat

🔹Moddiy nuqta yoki jismning biror nisbiy koordinata tizimiga nisbatan va ayni shu koordinata tizimining boshqa qo'zg'almas koordinata tizimiga nisbatan siljishi. Yer sirtiga nisbatan havo harakati, ya'ni shamol ham nisbiy harakat hisoblanadi. Qo'zg'almas yulduzlarga nisbatan bo'lgan harakat esa absolyut harakatdir.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🌧 Radioaktiv yomg'ir

🌧Suvida tabiiy miqdoridan ancha ko'p radioaktiv parchalanish mahsullari bo'lgan yomg'ir.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

➡️ Ko‘rinuvchanlik - Ochiq ufqda biror jismni ko‘rish mumkin bo‘lgan eng uzoq masofa. Aviatsiya xizmatida vertikal va yotiq ko‘rinuvchanlik tushunchalari ham ishlatiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🌬️Sovuq havo bo'lagi

Asosiy sovuq havo massasidan yuqori qatlamlarda ajralib, yuqori  (shimoliy) kengliklardan quyi (janubiy) kengliklar (mintaqalar) ga kirib keladigan sovuq havo massasi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🟤Magnitosfera

🪐Kosmik fazoning Yerga yaqin sohasi. Bunda magnit maydon kattaligi sayyoralararo magnit maydon kattaligi qiymatidan ancha katta, ya'ni Yerning magnit maydoni zaryadlangan zarralar harakatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Magnitosferaning quyi chegarasi taxminan 150-400 km balandliklardan boshlanadi, uning ichki qismida Yerning radiatsion mintaqalari joylashgan. Magnitosferaning yuqori chegarasi - magnitopauza deb yuritiladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM