Hydromet.uz
5.4K subscribers
11.4K photos
1.66K videos
5 files
9.15K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🌫 Yer ustidagi tuman

🌍 Yer yuzasining tunda (kechasi) radiatsion sovushi natijasida hosil bo'ladigan, Yer yuzasidagi bir necha 10 metr qalinlikgacha cho'ziladigan kondensatsiya hodisasi. Yer ustidagi tuman radiatsion tumanlar guruhiga kiradi. Botqoqlik va unga yaqin bo'lgan pastlik joylar yer ustidagi tuman hosil bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🌡Atrof-muhit harorati — atrofdagi havo yoki boshqa muhitning harorati.

🌡Температура окружающей среды: Температура окружающего воздуха или другой среды.

🌡Ambient temperature — Temperature of the surrounding air or any other medium.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

💠Atmosfera [yun. atmos — bugʻ va sphare — shar] — yer va boshqa fazoviy jismlarning gazsimon qobigʻi. Yer yuzasida u asosan azot (78,08%), kislorod (20,95%), argon (0,93%) suv bugʻi (0,2¬2,6%), karbonat angidrid gazidan (0,03%) tashkil topgan.

💠Атмосфера [от rp. atmos — пар и sphare — шар] — газообразная оболочка Земли и других небесных тел. У самой поверхности Земли в основном состоит из азота (78,08%), кислорода (20,95%), аргона (0,93%), водяного пара (0,2-2,6%), углекислого газа (0,03%).

💠 Atmosphere [Greek atmos — steam and sphere — ball] — gaseous outer cover of the Earth and other celestial bodies. At the very earth surface it mainly consists of nitrogen (78,08%), oxygen (20,95%), argon (0,93%), water steam (0,2-2,6%), carbonic acid gas (0,03%).

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

Iliq havo massasi

🫧 O'ziga nisbatan sovuq muhitga tomon harakatlanadigan havo massasi. Iliq havo massasi qo'shni hududdagi havo oqimiga nisbatan yuqori haroratga ega bo'ladi. Iliq havo massasi kirib kelgan hududlarga iliqlik olib keladi. Sovuq taglik sirtga kirib kelgan iliq havo massasi quyi qismida havo bir necha marta 100 m dan 1 km gacha qalinlikda barqaror stratifikasiya xususiyatini ola boshlaydi. Bu bilan iliq havo massasidagi kondensatsiya jarayonini, ya'ni tuman va to'p-to'p qatlamli (Sc) bulutlarning kamayishi, shuningdek turbulentlikning kuchsizlanishi tushuniladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷 |Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

❄️Qor izg‘irini

💨 Kuchli sovuq shamol ta’siridagi qor ko‘chishi. Qor yog'ayotgan vaqtdagi yer bag'irlab esadigan kuchli qor aralash shamol. Qor izg‘irini ko'proq iliq frontlar oldida kuzatiladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

💦Yog'inlar maydoni

Ma’lum joyda yog'inlarning fazo bo'yicha taqsimlanishi. Burkama yog'inlar odatda ma'lum bir tizimdan, jala yog'inlar esa ayrim manbalardan tashkil topadi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🟠Yog'in o'lchagich

Atmosfera yog'inlarini o'lchaydigan asbob. Tuzilishiga ko'ra bir necha xilga bo'linadi. Meteorologiya stansiyalarida yomg'ir o'lchagich, yog'in o'lchagich va plyuviograflar, katta maydonlarda esa radiolokator yordamida o'lchanadi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

💧Yog'inlarning oylik yig'indisi

💧Bir oy davomida o'lchangan yog'inlarning umumiy miqdori. O'rtacha ko'p yillik yog'inlarning oylik miqdori iqlimning asosiy xususiyatlaridan birini tashkil qiladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🔹 Magnit bo'roni

⚡️ Yer magnetizm elementlarning tez, ba’zi vaqtlarda juda kuchli tebranishi. Odatda bir necha soat, gohida bir necha kun davom etishi mumkin. Magnit bo'roni doimiy Quyosh shamolidan kattaroq energiyali Quyosh korpuskulyar radiatsiya oqimlarning ba'zida kirib kelishi bilan bog'liqdir.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

💦 Yog'inlar fizikasi

💧 Atmosfera yog'inlarining fizik xususiyatlari va ularning hosil bo'lish jarayonlari haqidagi ta'limot. Odatda yog'inlar fizikasi bulutlar fizikasining bir bo'limi bo'lib, ba'zida bulutlar va yog'inlar fizikasi atamasi sifatida qo'llaniladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🫧 Tumansimon bulutlar

☁️ Bulutlarning xalqaro tasnifiga ko'ra bulut ko'rinishlaridan biri. Xalqaro nomi "nebulosus". Tumansimon bulutlarda gorizontal ko'ruvchanlik 1,0 km dan ortiq bo'ladi, ammo ko'rinayotgan ob'ektlar qismlarini farqlab ajratib bo'lmaydi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🟠Magnit meridiani

Yerning magnit maydoni kuchlanish vektori yotgan vertikal tekislik. Yer yuzasi bilan kesishib bu tekislik Yer yuzasiga erkin osilgan mil (strelka) magnit o'qining bir xil yo'nalishdagi proyeksiyasi chizig'ini beradi. Bu chiziq magnit meridiani deb ham yuritiladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🌎Yerning kunlik aylanishi

😀Yulduz kuni davomida Yerning o'z o'qi atrofida to'la aylanib chiqish uchun ketgan vaqt, ya'ni so'z bilan aytganda 23 soat, 56 minut, 4,0905 sekund vaqt oralig'idagi Yer aylanishi tushuniladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

☁️ Ob-havo holati

🌤☀️ Meteorologiya stansiyasi va uning atrofidagi ob-havoni kuzatish muddatlari va muddatlari orasida kuzatilgan atmosferaning umumiy holati. Bu kuzatishlar maxsus sinoptik kodlarda qayd qilinadi. Bu vaqtda yog'inlar va tumanlarga alohida e'tibor beriladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🌫Advektiv tuman

🌎 Yer sirti nisbatan sovuqroq bo'lgan joyga iliq havo massasining ko'chishi natijasida hosil bo'ladigan yoki havo massasi bilan chetdan keladigan tuman. Advektiv tuman ko'pincha qish vaqtlari okeanlardan keladigan siklonlarning iliq sektorlaridagi iliq nam havoning sovuq joylarga kelishida kuzatiladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

☁️ Patsimon bulutlar

🌥 Bulutlarning xalqaro tasnifidagi 10 turidan biri. Xalqaro nomi Cirrus. Bu uzun choʻzilgan patlar koʻrinishida boʻladi va asosan mayda muz kristallaridan iborat. Patsimon bulutlar troposferaning yuqori qatlamlarida juda past haroratlar taʼsirida front sirti boʻylab koʻtariladigan iliq havo massasi zaminida hosil boʻladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🔅Iliq siklon

☯️Atrofdagi havo haroratiga qaraganda yuqoriroq haroratga ega bo'lgan siklon. Iliq siklon iliq taglik sirtining bevosita ta'siri natijasida rivojlanadigan past, kam harakatchan siklondir.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🫧 Iliq front yog'inlari

💦 Ko'pincha iliq front chizig'i oldida kuzatiladigan burkama xususiyatga ega bo'lgan yuqori qatlamli (As) va yomg'ir qatlamli (Ns) bulutlardan yog‘adigan yog'inlar.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🔹 Nisbiy harakat

🔹Moddiy nuqta yoki jismning biror nisbiy koordinata tizimiga nisbatan va ayni shu koordinata tizimining boshqa qo'zg'almas koordinata tizimiga nisbatan siljishi. Yer sirtiga nisbatan havo harakati, ya'ni shamol ham nisbiy harakat hisoblanadi. Qo'zg'almas yulduzlarga nisbatan bo'lgan harakat esa absolyut harakatdir.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM