"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
1.99K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.59K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Jizzah #JDPI

⚡️ Jizzax viloyatidagi “Jizzax Politexnika Instituti”da mahalliy elektrotexnika mahsuloti ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi


➡️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 712-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida Jizzax viloyatida “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat” olgan elektrotexnika korxonalari faoliyati “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.

➡️ Xususan, uyushma mas'ullari “Jizzax Politexnika Instituti” DMda amalga oshirilayotgan quyosh panellari va stansiyalarini ishlab chiqarish loyihasi bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Mazkur loyiha 2023-yilda davlat byudjeti hisobidan ajratilgan 5 milliard so‘m mablag‘ evaziga Xitoydan keltirilgan zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari o‘rnatilishi bilan boshlangan bo‘lib, 2024-yildan buyon korxona quyosh panellari va stansiyalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va hozirda mavjud buyurtmalarni bajarib kelmoqda.

➡️ Ishlab chiqarish jarayonlari 1 200 kvadrat metr maydonda tashkil etilgan bo‘lib, korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati o‘rtacha 15 ming kVAni tashkil etadi.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari tashrif doirasida loyihaning mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, yangi rejalari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuqori baholanishini ta’kidlab, ishlab chiqarishni kengaytirish va mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.

‼️ BATAFSIL»

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2
➡️ #Koshona_Biznes_Aziya #kooperatsiya

⚡️ Qibray tumanidagi maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonada kooperatsiya aloqalari kengaytirilmoqda


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari Qibray tumanida joylashgan “Koshona Biznes Aziya” maishiy texnika vositalari ishlab chiqaruvchi korxonasiga tashrif buyurdilar.

➡️ Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – avvalgi kooperatsiya uchrashuvlari va muzokaralarining amaliy natijalarini o‘rganish, shuningdek, korxona bilan yangi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

➡️ O‘tgan yilda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari va mahalliy elektrotexnika korxonalari o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida bugungi kunda “Koshona Biznes Aziya” korxonasida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika mahsulotlari uchun zarur bo‘lgan ayrim butlovchi qismlarni kooperatsiya asosida yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

➡️ Xususan, “Best Mega Tech” korxonasi tomonidan elektr isitgich quvurlari (TEN), “Ideal” korxonasi tomonidan esa minipechlar uchun oyna qismlari muntazam ravishda “Koshona Biznes Aziya” korxonasiga yetkazib berilmoqda.


➡️ Tashrif davomida korxona mutasaddilari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun zarur bo‘lgan boshqa butlovchi qismlarni ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari korxonadagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati va yangi loyihalar istiqbolini yuqori baholab, kooperatsiya zanjirini kengaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdilar.

➡️ Ushbu hamkorlik, o‘z navbatida, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ulushini oshirish, mahsulot tannarxini optimallashtirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi kooperatsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥3
➡️ #Sam_Elektr_Invest #Samarqand

⚡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Samarqanddagi “Sam Elektr Invest” korxonasida bo‘ldi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Samarqand viloyatida kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Sam Elektr Invest” korxonasiga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif davomida korxonaning mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari, istiqbolli loyihalari va quvvatlarni kengaytirish bo‘yicha rejalari o‘rganildi. Shuningdek, hududda barpo etilayotgan yangi ishlab chiqarish binolari va ularning ishga tushirish muddatlari ko‘zdan kechirildi.

➡️ Korxona rahbariyati ishlab chiqarishdagi ayrim muammolar, xomashyo va logistika masalalari, hamda malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj haqida ma’lumot berdi. Uyushma raisi ushbu masalalarni tizimli hal etish va amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

➡️ Tashrif yakunida “Sam Elektr Invest” korxonasining elektrotexnika sanoatidagi o‘rni va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdagi salohiyati yuqori baholanib, kelgusida faoliyatni kengaytirish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib olindi.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #Ishchi_guruh #Samarqand

⚡️ Samarqand viloyatida elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar o‘rganildi


➡️ Joriy yilning 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov hamda sohaga aloqador boshqa mas’ul rahbarlardan iborat ishchi guruh Samarqand viloyati, Urgut tumanida joylashgan yirik elektrotexnika korxonalariga — “Ferexpo”, “Sam Elektro Servis” va “Uzel Electronic” korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif davomida mazkur korxonalar tomonidan 2025-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan yangi ishlab chiqarish loyihalari, ularning amalga oshirish jarayonlari hamda buning natijasida yaratiladigan mahsulotlar bilan yaqindan tanishildi. Har bir loyiha bo‘yicha texnologik yo‘nalishlar, liniyalar, mavjud infratuzilma va ta’minot zanjirlari ko‘zdan kechirildi.

➡️ Korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish, import o‘rnini bosuvchi texnika vositalarini ko‘paytirish, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, hamda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish yuzasidan ham muhim taklif va tashabbuslar bildirildi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Airitom #Eksport

⚡️“Airitom” erkin savdo zonasida qanday elektrotexnika mahsulotlari sotilayotganligini bilasizmi?


➡️Afg’oniston – hali o’rganilmagan ulkan bozor. Janubiy qo’shnimiz bilan savdo aloqalarini rivojlantirish uchun Davlatimiz tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️36 gektarlik hududda joylashgan “Airitom” erkin savdo zonasi Surxondaryo viloyati Termiz tumanida, O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida joylashgan bo‘lib, qiymati $70 million dollarga teng. Bu hududga yiliga 1,5 mln tashrif buyuruvchilar kelishi hamda yillik savdo hajmi 1 mlrd dollarga yetkazish salohiyati mavjud.

⚡️Hurmatli elektrotexnika sanoati tadbirkorlari!


➡️Agar siz ham ushbu erkin savdo zonasida o’z mahsulotlaringizni joylashtirib, eksport imkoniyatlaringizni kengaytirishni istasangiz, “O’zeltexsanoat” uyushmasi sizga yordam berishga doim tayyor.

📞 Murojaat uchun: +99897-700-50-00

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Angren_Energo #yangi_quvvat

⚡️ Angrenda transformatorlar ishlab chiqaruvchi yangi "Angren Energo" korxonasi ish boshladi


➡️ Bugun Angren shahrida Xitoyning "Holy Group" kompaniyasi tomonidan barpo etilgan yangi “Angren Energo” zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

➡️ “Angren Energo” zamonaviy texnologiyalar asosida transformatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi sanoat salohiyatini oshirish, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash hamda eksport hajmini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.


➡️ Marosim doirasida mehmonlar yangi ishlab chiqarish liniyalari, texnologik jarayonlar va korxonaning umumiy ishlab chiqarish quvvati bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Mazkur loyiha O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning yanada mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.

➡️ "Angren Energo" — nafaqat yangi ishlab chiqarish quvvati, balki mintaqada elektrotexnika sanoatini chuqur diversifikatsiya qilish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2
❗️Ташқи ишлар вазирлиги Ўзбекистон фуқаролари учун визасиз кириш мумкин бўлган давлатлар рўйхатини эълон қилди

Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ҳозирги кунда 34 та давлатга визасиз тарзда сафар қилиш имкониятига эга.

📌Қуйида ушбу мамлакатлар рўйхати билан танишинг.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM