⚡️Boysunda ta'lim muassasalari yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda📊Boysun tumanida bugungi kunda 59 ta umumta'lim maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 20 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud. ✔️2024-yil investitsiya dasturi asosida tumandagi
47-maktabda mukammal ta’mirlash,
13-maktabda kapital rekonstruksiya ishlari bajarilmoqda.
🔼Bundan tashqari, “Hunarmandlar” mahallasi hududida 120 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔽2024-yilda 1-mavsum "Tashabbusli budjet" dasturi asosida jami 9 mlrd 530 mln so‘m mablag‘ ajratilib, 8 ta (1-, 3-, 4-, 5-, 7-, 33-, 39-, 47-) maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. ➡️Umumta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida jami
6 turdagi mahsulotlar umumta’lim maktablariga tarqatildi va ta'lim muassasalari joriy ta'mirdan chiqarildi.
#Boysun #yangioquvyili#mukammaltamirlash #yangibogchaTelegram |
Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt