Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.4K subscribers
21K photos
5.96K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#ilmiy_konferensiya
#diffusion_fundamentals

“Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladigan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi boshlandi

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ochib berdi.

Tadbirda Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya va Avstriya kabi davlatlarning dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi 25 nafar universitet Prezidentlari, olimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

Konferensiyaning ilk marta mamlakatimizda o‘tkazilishi mahalliy tadqiqotchi-olimlar uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Xususan, kimyo, fizika, kompyutersozlik va matematika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mahalliy tadqiqotchi-olimlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro miqyosdagi olimlar bilan muhokama qilish orqali yanada yaxshilash imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib oʻtamiz, konferensiya 3 kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ilmiy_konferensiya

Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha Respublika
ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi tizimidagi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan “Raqamli ta‘lim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Unda vazirlik mas'ullari, mutaxassislar, olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, doktorant va magistrlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek amaliyotchi pedagoglar ishtirok etishdi.

Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan maqsad:


ta‘lim tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish,
raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali ta‘lim samaradorligini ta‘minlash,
tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni keng joriy qilishdan iborat.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM