Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faxrimiz
BUXOROLIK 4-SINF O‘QUVCHISI KOREYS TILINI BILISH DARAJASINI BAHOLOVCHI XALQARO SERTIFIKATNI QO‘LGA KIRITDI
Sevara Tursunova Buxoro shahridagi 19-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 4-sinfida tahsil oladi.
Barcha fanlarni a’lo baholarda o‘zlashtirish bilan bir qatorda darsdan so‘ng ingliz va koreys tillarini chuqur o‘zlashtirishga kirishgan bu tirishqoq qizaloq 10 yoshida koreys tilini bilish darajasini belgilovchi TOPIK 1 sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Ayni paytda u ingliz tilini bilish darajasini baholovchi IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-13-2
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

🔴 Ayni damda Dubayda Boks bo’yicha "Osiyo bolalari xalqaro turniri" o’tkazilmoqda.
❗️Unda Andijon tumani 54-maktab o’quvchilari:
➖Islombek Abdullayev,
➖Abrorbek Hodjayev,
➖Rahmatillo Qahhorjonov,
➖Abdurashid Abdufattoyev 1-o’rinni qo'lga kiritishdi.
⚡️O’quvchilarimizni g’alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusi o’qishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Forwarded from Hilola Umarova
Prezident maktabi oʻquvchisi dunyo boʻyicha 14-oʻrinda turadigan Chikago universitetiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi
Tanishing Asilbek Ashurov, u Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi. Asilbek AQShning nufuzli Chikago universitetiga 420 000 AQSh dollar miqdoridagi toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
U Chikago universitetining toʻliq grantini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik oʻquvchi sifatida tarixga kirdi.
Aytish joizki, Chikago universiteti dunyodagi eng nufuzli oliygohlardan biri boʻlib, xalqaro miqyosda oʻzining ilmiy tadqiqotlari, yuqori sifatli taʼlimi va kuchli akademik anʼanalari bilan tanilgan.
QS “World University Rankings” va “Times Higher Education” kabi xalqaro reytinglarda Chikago universiteti doimiy ravishda eng yuqori oʻrinlarni egallab keladi. Hozirda ushbu universitet dunyo miqyosida 14-oʻrinda turadi.
Alohida aytib oʻtish kerakki, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezident maktablari bugun oʻz mevalarini bera boshladi.
Asilbek yagona misol emas. Oʻtgan yillar davomida Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida TOP 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354 000 AQSh dollari miqdoridagi grant bilan oʻqishga qabul qilingan. Maktabning yana bir bitiruvchisi Sayfullo Saidov dunyo reytingida 9-oʻrinda turuvchi “University College London” oliygohiga, shuningdek, dunyo QS reytingida 17-oʻrinda turadigan Prinston universitetiga 350 000 AQSh dollari miqdoridagi toʻliq grant asosida muddatidan oldin oʻqishga qabul qilingan. Qizlarimiz ham faol. Masalan, Namangan Prezident maktabining bitiruvchisi Goʻzal Haydarova hozirda Garvard universitetida toʻliq grant asosida taʼlim olmoqda.
Ushbu nufuzli universitetlar bitiruvchilari orasida taniqli olimlar, Nobel mukofoti sovrindorlari koʻpchilikni tashkil qiladi. Ajab emas, yillar oʻtib oʻquvchilarimiz ham ular orasidan joy olsa.
Fursatdan foydalanib, Asilbek, uning ota-onasi va taʼlim bergan ustozlarini bugungi yutuq bilan yana bir bor tabriklayman.
#xushxabar #faxrimiz #Prezident_maktablari
@hilola_umarova