Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.4K subscribers
21.3K photos
6.01K videos
140 files
12.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#WorldCleanUpDay #ButunjahonTozalikKuni

📢 XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI CHELLENJ E'LON QILADI!

❗️Chellenjda ishtirok eting va noutbuk yutib oling 💻

Atrof-muhit tozaligini keng targ'ib qilish maqsadida o'quvchi-yoshlar o'rtasida #WorldCleanUpDay #ButunjahonTozalikKuni heshtegi ostida chellenj tashkil qilinmoqda.

🔆 Ushbu Chellenjda ishtirok etib, noutbuk yutib olish uchun quyidagi 3ta yo'nalishlarning birida o'quvchilar ishtirokida video lavhani tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylang:

🌱 "Yashil maskan" shiori ostida o'zi yashayotgan mahallasi va ta'lim muassasasida daraxt ko'chatlari ekish;

🍂 "Tozalikka befarq bo'lma" shiori ostida o'z mahallasi hududini tozalash;

🌱 "Obod ta'lim maskani" shiori ostida o'z maktabi hududini tozalash va selfiga tushib ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lish talab etiladi.

Joylangan videoroliklarni havolasini 2021-yilning 25-sentabr soat 16:00 ga qadar ushbu google shaklga https://forms.gle/jaZLZzhUr7gdYykU8 yuborishingiz lozim bo'ladi.

Tozalikka o'z hissangizni qo'shing!
#WorldCleanupDay #ButunjahonTozalikKuni

📢 МИНИСТЕРСТВО НАРОДНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ОБЪЯВЛЯЕТ ЧЕЛЛЕНДЖ!

❗️Примите участие в челлендже и выиграйте ноутбук 💻

В целях пропаганды экологической чистоты среди учеников проводится конкурс под хэштегом #WorldCleanUpDay #WorldCleanUpDay.

🔆 Чтобы принять участие в челлендже и выиграть ноутбук, необходимо снять видео с участием учеников по одному из 3-х следующих направлений и разместить его в социальных сетях:

🌱 Посадка саженцев деревьев на территории дома или учебного заведения под девизом «Зеленое пространство»;

🍂 Уборка территории дома под девизом "Не будь безразличным к чистоте";

🌱 Убрать территорию школы под девизом «Чистая территория образовательного учреждения», сделать селфи и проявить активность в социальных сетях.

Необходимо отправить ссылку на загруженное видео в Google форму https://forms.gle/jaZLZzhUr7gdYykU8 до 25 сентября 2021 года 16:00 часов.

Проявите активность, не будь безразличным к чистоте!
#WorldCleanUpDay #ButunjahonTozalikKuni chellenji g'oliblari aniqlandi❗️

Xabaringiz bor, Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o'quvchi-yoshlar o'rtasida atrof-muhit tozaligini keng targ'ib qilish maqsadida #WorldCleanUpDay #ButunjahonTozalikKuni heshtegi ostida chellenj e'lon qilingan edi.

Chellenjda ishtirok etish uchun jami 490 ta ishtirokchi ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ular orasidan faqat shaklni to'g'ri va to'liq to'ldirgan ishtirokchilarning materiallari ko'rib chiqildi.

☝️Aytish lozimki, yuborilgan materiallar orasida tanlov shartlariga mos kelmagan video lavhalar hamda havolasi google shaklga joylanmagan yoki umuman materiali mavjud bo'lmagan havola yuborilgan holatlar ham mavjud edi.

📣Diqqat! Gʻoliblar bilan tanishing:

"Yashil maskan" yoʻnalishi boʻyicha - Toshkent shahri Olmazor tuman 133-IDUM o'quvchilari;

"Tozalikka befarq boʻlma" yoʻnalishida - Jizzax viloyati Mirzacho'l tumani 18-maktabning o'quvchilari;

"Obod taʼlim maskani" yoʻnalishida: Toshkent shahri Yunusobod tuman 220-maktabning o'quvchilari gʻolib boʻlishdi.

Xalq taʼlimi vazirligi gʻoliblarni samimiy tabriklaydi, shu bilan birga barcha chellenj ishtirokchilarining atrof-muhit tozaligi, tabiatni o‘z holicha asrashdagi tashabbuskorlik va intilishlarini yuksak e’tirof etadi.

Gʻoliblar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan noutbuk bilan taqdirlanadilar.