Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.6K subscribers
21.1K photos
5.97K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Turkiya

Vazirlik delegatsiyasi Ta'lim instituti vasiylik yig'ilishida ishtirok etmoqda

Ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) huzuridagi Ta’lim instituti Vasiylik kengashining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

❗️Unda O‘zbekiston Respublikasi vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi delegatsiyasi ilk bora ishtirok etmoqda.

📍Tadbirning birinchi kuni, 4-avgustda Vasiylik kengashi ekspertlari yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar delegatsiyalari kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqib, fikr-mulohazalar almashishdi.

Ekspertlar yig‘ilishidan so‘ng, delegatsiya rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Turkiya Milliy ta’lim vaziri, professor Yusuf Tekin bilan uchrashdi.

✔️ Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat rahbariyati o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda har tomonlama strategik sheriklik kundan-kunga mustahkamlanayotganligi va ta’lim sohasidagi hamkorlik eng muhim yo‘nalishlardan biri ekanligini alohida e’tirof etishdi.

⚡️Unda, xususan pedagoglar malakasini oshirish hamda ikki davlat yoshlari o‘rtasida almashinuv dasturlarini tashkil etish, maktab
o’quvchilari o'rtasida fan olimpiadalarini va qardosh maktablar dasturini kengaytirish yo'nalishlari muhokama qilindi.

🔴 Hozirda anjumanning asosiy qismi - Vasiylik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Turkiya

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston-
Turkiya Biznes forumi”da ishtirok etdi.

Mazkur forum doirasida “Davlat-xususiy sheriklik. O’zbek-Turk hamkorligining yangi istiqbollari” nomli panel sessiyasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida DXSH asosida hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

❗️Unda Turkiyaning 200 nafardan ortiq yirik investorlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Turkiyaning bir qator yirik kompaniyalari bilan G2B formatida o‘zaro hamkorlik yuzasidan samarali uchrashuvlar tashkil qilinib, ularning yakuni bo’yicha anglashuv memorandumlari imzolandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM