#Toshkent_viloyatiga_tashrif
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo’ldi.
🏫1975-yilda qurilgan mazkur maktab tumanning Beshyuz MFYsi Nafosat ko‘chasida, tuman markazidan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan.
2005-yilda kapital rekonstruksiya qilingan. 240 o‘ringa mo‘ljallangan maktabda bugungi kunda 352 nafar (1,6 koeffitsent) o‘quvchi ta’lim olmoqda.
📝Tashrif davomida ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning toifa va malakalarini oshirishga, chet tili o‘qituvchilariga sertifikat olishda keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar berildi.
🏘Keyingi manzil Beshyuz MFYda faoliyat ko'rsatayotgan 2 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti bo'ldi.
❗️ Ulardan birining sharoitlari qoniqarsiz darajada ekani qayd etilib, jihozlash past darajada va qator antisanitar holatlarni hisobga olib, MTT faoliyatini to'xtatib turish bo'yicha topshiriq berildi.
✅Ikkinchi oilaviy MTT esa 22 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, sharoitlar a'lo darajada. Shu boisdan, uni 50 o'rinli qilish uchun direktor amaliy yordam choralarini ko'rishini ma'lum qildi.
🔸Shuningdek, A.Shin Bekobod pedagogika kollejida davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.
✔️Unda bolalar ta'lim-tarbiyasi hamda ovqatlanishni yaxshilash bo'yicha qator takliflar ilgari surildi.
Kollej faoliyatiga to’xtalganda esa 600 o'rinli o'quv maskanining 140 o'rinda ishlayotganiga tanqidiy baho berildi.
➖ Kollejda pullik xizmatlarni rivojlantirish yo'nalishida, xususan nodavlat MTT lari o'rtasida ko'rik-tanlovlar tashkil etish, bo'sh turgan binolarda MTT ochish kabi tavsiyalar berildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo’ldi.
🏫1975-yilda qurilgan mazkur maktab tumanning Beshyuz MFYsi Nafosat ko‘chasida, tuman markazidan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan.
2005-yilda kapital rekonstruksiya qilingan. 240 o‘ringa mo‘ljallangan maktabda bugungi kunda 352 nafar (1,6 koeffitsent) o‘quvchi ta’lim olmoqda.
📝Tashrif davomida ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning toifa va malakalarini oshirishga, chet tili o‘qituvchilariga sertifikat olishda keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar berildi.
🏘Keyingi manzil Beshyuz MFYda faoliyat ko'rsatayotgan 2 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti bo'ldi.
❗️ Ulardan birining sharoitlari qoniqarsiz darajada ekani qayd etilib, jihozlash past darajada va qator antisanitar holatlarni hisobga olib, MTT faoliyatini to'xtatib turish bo'yicha topshiriq berildi.
✅Ikkinchi oilaviy MTT esa 22 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, sharoitlar a'lo darajada. Shu boisdan, uni 50 o'rinli qilish uchun direktor amaliy yordam choralarini ko'rishini ma'lum qildi.
🔸Shuningdek, A.Shin Bekobod pedagogika kollejida davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.
✔️Unda bolalar ta'lim-tarbiyasi hamda ovqatlanishni yaxshilash bo'yicha qator takliflar ilgari surildi.
Kollej faoliyatiga to’xtalganda esa 600 o'rinli o'quv maskanining 140 o'rinda ishlayotganiga tanqidiy baho berildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM