Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.6K subscribers
21.1K photos
5.97K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehrli_maktab

“Меҳрли мактаб” ўқувчилари устозларига бўлган меҳри ва ҳурматини ўз ижодларида акс эттирди (ВИДЕО)

Эслатиб ўтамиз, Халқ таълими вазирлиги ҳузуридаги “Меҳрли мактаб”да Болалар гематологияси, онкологияси ва клиник иммунология марказида даволанаётган мактаб ёшидаги болалар таҳсил олади.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўнгги_қўнғироқ
#Mehrli_maktab

Bugun poytaxtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jaranglab 2022-2023-o‘quv yili yakunlandi. Tadbir “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etildi.

✔️Jumladan, bugun "Mehrli maktab" bitiruvchilari uchun ham ustozlar va o‘quvchilar ning ota-onalari ishtirokida “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiri tashkil etildi.

❗️Tadbir avvalida bitiruvchi o'quvchilarimiz uchun Maktabgacha va maktab ta'lim vazirining video-tabrigi qo'yib eshittirildi. Shundan so'ng, ustozlar yoshlarni hayotlaridagi yangi sahifalar bilan samimiy qutlab, ularga yangi marralar sari muvaffaqiyat tilashdi.

📌 Maʼlumot uchun, “Mehrli maktab” ni joriy o‘quv yilida 5 nafar 11-sinf bitiruvchilari hamda 8 nafar maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari tamomlamoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Zamin Foundation
Bugun "Mehrli maktab"ning Farg‘onadagi filiali ochilganiga bir oy to‘ldi.

Bu davrda Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan 104 nafar bola ta’lim olishni davom ettirdi. Maktab yoshidagi bolalar uchun yozgi ta’til kunlarida fan to‘garaklari tashkil etilmoqda, art-terapiya amalga oshirilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolajonlarimiz ham zerikib qolmayapti, ular turli rivojlantiruvchi va qiziqarli mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Filial psixologi tomonidan bolalar va ota-onalar uchun reabilitatsiya muolajalari o‘tkazilmoqda, ularga sog‘ayib ketish yo‘lida ko‘maklashmoqda.

"Mehrli maktab" filiali o‘z ishini boshlashidan avval barcha pedagog va tarbiyachilar stajirovkadan o‘tdi, amaliy seminar va o‘quv treninglarida ishtirok etdi.

#mehrli_maktab
__

Сегодня месяц со дня открытия филиала госпитальной школы Mehrli maktab в Фергане.

За это время 104 ребёнка, проходящих длительное лечение в Детском многопрофильном медицинском центре Ферганской области продолжили свое образование. Для детей школьного возраста во время летних каникул организуются предметные кружки, проводится арт-терапия. Нашим дошколятам тоже скучать не приходится на различных развивающих и увлекательных занятиях.

Психолог филиала проводит реабилитационную терапию с детьми и родителями, поддерживая их на пути к выздоровлению.

До начала деятельности филиала Mehrli maktab все педагоги и воспитатели участвовали в стажировочных сессиях, практических семинарах и обучающих тренингах.

#mehrli_maktab

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Биринчи_қўнғироқ
#Mehrli_maktab

Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasida “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi

Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi filiallarida ham “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir bolajonlar ishtirokidagi badiiy chiqishlarga boy holda o'tdi.

"Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri doirasida jajji o‘g‘il-qizlarga Prezident sovg‘alari ham topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Mehrli_maktab

Gospital maktablar pedagoglari malaka oshirishdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Rossiyaning "УчимЗнаем" gospital maktabi bilan hamkorlikda gospital maktablar pedagoglari uchun kasbiy rivojlantirish amaliyot dasturi tashkil etildi.

Unda "Uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun ta’lim muhitini yaratish” ijtimoiy loyihasi va ikki davlat ta'lim tizimidagi gospital maktablar tajribasi muhokama qilindi.

⚡️Shuningdek, "Mehrli maktab" va Rossiyaning A.I.Gersen pedagogika universiteti filiali o'rtasida talabalarning amaliy mashg'ulotlarini o'tkazish to'g'risida memorandum imzolandi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1295

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Mehrli_maktab

"Mehrli maktab" va Buyuk Britaniyaning “Chelsea Community Hospital School” maktabi oʻrtasida hamkorlik o'rnatildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida "Chelsea Community Hospital School” direktori Janette Stеel boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, Toshkent shahridagi "Mehrli maktab" rahbariyati, vazirlik hamda delegatsiya vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Tadbir soʻngida "Mehrli maktab" va “Chelsea Community Hospital School” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
______

✔️ Shuningdek, bugun kunning birinchi qismida “Chelsea Community Hospital School” vakillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogik universitetida bo'lishdi.

Unda mehmonlar yurtimizdagi “Mehrli maktab” pedagoglari va shu yo‘nalishda tahsil olayotgan universitet talabalari bilan o‘zlarining ish tajribalarini o‘rtoqlashdi hamda uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan bolalar bilan ishlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mehrli_maktab

"
Mehrli maktab” faoliyati yanada rivojlantiriladi

Xabaringiz bor, kuni kecha Toshkent shahrida bolalar onkologiyasi va gematologiyasi yo‘nalishida xalqaro kongress o‘z ishini boshladi.

Kongressda 300 nafardan ziyod ishtirokchi, jumladan JSST, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologlar maktabi, xorijiy universitet klinikalari, yetakchi tibbiyot markazi rahbarlari, fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur Kongressda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev hamda Rossiya Federatsiyasining “UchimZnayem” gospital taʼlim loyihasi rahbari Sergey Sharikov ishtirok etib, “Mehrli maktab” faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida taqdimot qildi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi “Mehrli maktab” faoliyatini kengaytirish maqsadida kelgusida hududlarda ham uning filiallarini tashkil etish hamda u yerda tarbiyalanadigan bolalarga sifatli taʼlim berish uchun yetarli sharoitlar yaratish to‘g‘risida fikr yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM